Biokimyo pmd


ADFning fosforillanishi (substratli va oksidlanishli fosforillanishi)


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

ADFning fosforillanishi (substratli va oksidlanishli fosforillanishi)
Moddalarning oksidlanishi kislorodli (aerob) va kislorodsiz
(anaerob) sharoitda kechishi mumkin. Bularning barchasida energiya
ajralib chiqadi. Bu energiya ATF yoki issiqlik sifatida ajraladi. ATF
sintezi fosforillanish bilan borib, bunda ADFga makroergik bog‘lar
tutuvchi moddalardan yoki kislorodni oksidlanishi natijasida anorganik
fosforni birikishi kuzatiladi. Shuning uchun ADFning fosforillanishi 2
xil yo‘l bilan boradi: oksidlanishli fosforillanish va substratli
fosforillanish.
Oksidlanishli fosforillanish asosiy energiya generatori hisoblanadi.
Oksidlanishli fosforillanish mitoxondriyalarning ichki membranasida
joylashgan nafas zanjirida kechadi. Bir juft proton va elektronlarni nafas
zanjiri orqali o‘tishi natijasida ko‘p miqdorda energiya ajralib chiqadi.
Avval aytilganidek NADga bog‘liq bo‘lgan substratlarning oksidlanishi
natijasida 52,7 kkal energiya ajralib chiqqanligi ko‘rsatilgan. Shunday
21,3 kkal 3 ta ATF sinteziga sarflanadi. Qolgan energiya esa issiqlik
sifatida tarqaladi. Shuni aytish kerakki, 1 molekula ATFni sintezlash
uchun 7,3 kkal energiya talab qilinadi, glyukozani to‘liq aerob sharoitda
oksidlanishida esa 686 kkal energiya ajralib chiqadi va 38 molekula
ATF sintezlanadi. 38 molekula ATF sinteziga esa 277,4 kkal energiya
talab qilinadi. Bu 686 kkal energiyani atigi 40% ini tashkil etadi. Qolgan
60% energiya esa issiqlik shaklida chiqadi va organizmning
temperaturasini muvozanatda ushlashga safarbar etiladi. Hosil bo‘lgan
ATF energiya quyidagi jarayonlarga sarflanadi: kimyoviy, mexanik,
plastik, faol transport, transdegidrogenaza reaksiyalariga.
Substratli fosforillanish esa membranaga bog‘liq bo‘lmay sitozolda
kechadi. Bunda makroergik bog‘lar tutuvchi metabolitlar energiya
manbai hisoblanadi. Bularga asosan 1,3-difosfoglitserat,
fosfoyenolpiruvat, kreatinfosfat, argininfosfat va boshqalar kiradi.
Substratli fosforillanishda kam miqdorda ATF sintezlanadi. Ular


189
yordamchi energetik mexanizmlardir. Jumdalan, glyukozani anaerob
oksidlanishi natijasida 2 molekula sut kislotasi va 4 molekula ATF
sintezlanadi, ya’ni atigi 29,2 kkal energiya ajralib chiqadi. Filogenetik
jihatdan substratli fosforillanish ustun turadi. Ular kislorodsiz sharoitda
oddiy hayvonlarning asosiy energetik manbai hisoblangan. Ammo
energetik qiymati kam bo‘lsada, u katta ahamiyatga ega, chunki yadrosi,
mitoxondriyasi bo‘lmagan eritrotsitlarda, shuningdek, ko‘pchilik
kasalliklarda kuzatiladigan gipoksiya sharoitida hujayraning asosiy
energiya manbai bo‘lib qoladi.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling