Biokimyo pmd


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

52-rasm. Mikrosomal oksidlanish zanjiri
Bu jarayonlarda reaksiyalarni mikrosomal gidroksilazalar yoki
monooksigenazalar katalizlaydi. Gepatotsitlarda bu jarayonlar
endoplazmatik turda ro‘y beradi. Jigarning bu faoliyatini o‘rganish
Yaponiya olimlari T. Omuza va S. Sato (1964) jigardan mikrosomani
(silliq endoplazmatik retikulum bo‘laklari – vezikulalarni) ajratib olishga
muyassar bo‘lganidan so‘ng rivojlanadi. Endoplazmatik retikulum
donador va silliq xillarga bo‘linadi. Donador endoplazmatik retikulum
oqsil sintezida faol ishtirok etadi (albuminlar, globulinlar, silliq
muskullar oqsili). Membrana yuzasiga ribosomalarni joylanishi
endoplazmatik retikulumni kimyoviy va fermentativ tarkibini deyarli
o‘zgartirmaydi. Ammo donador membrana maxsus funksiyaga ega
bo‘ladi oqsil sintezi markaziga aylanadi.


192
Silliq endoplazmatik retikulum organizmga tushgan begona
moddalarni zararsizlantiradi (dori-darmonlar, zaharlar, ba’zi endogen
substratlar, xolesterin, o‘t kislotalari, to‘yinmagan yog‘ kislotalar, steroid
gormonlar, prostoglandinlar). Uning donador endoplazmatik
retikulumdan asosiy farqi – NADFH-sitoxrom P-450-reduktaza fermenti
bo‘lib, gidroksillash reaksiyalarini amalga oshiradi. Mikrosomalurning
asosiy gidroksillash sistemasiga sitoxrom P-450 va NADFH-sitoxrom
P-450-reduktaza kiradi. Mikrosomalarda gidroksillash reaksiyasi
monooksigenaza fermentlari ishtirokida amalga oshiriladi. Bu reaksiya
sitoxrom P-450 ishtirokida quyidagi bosqichlarda boradi:
1. Sitoxrom P-450 fermenti (Fe
3+
) substrat (S) bilan birikib
fermentsubstrat kompleksi hosil qiladi.
2. Sitoxrom P-450 tarkibidagi Fe
2+
ga qaytariladi. Bu reaksiya
NADFH-reduktaza ishtirokida borib, u ferment-substrat kompleksiga
kislorodni birikishini amalga oshiradi.
3. Bir atom kislorod substratni oksidlanish uchun, yana bir atomi
suv molekulasini hosil qilishga sarflanib sitoxrom P-450 tarkibidagi
temir yana uch valentlikka (Fe
3+
) o‘tadi.
4. Oksidlangan substratning eruvchanligi oshadi va metabolitik
reaksiya osonlashadi. Sitoxrom P-450 substratning keyingi molekulasi
bilan reaksiyaga kirishadi.
Keltirilgan reaksiyada NADFH

bilan ta’minlovchi fermentlar:
izotsitratdegidrogenaza;
glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza;
6-fosfoglyuqonatdegidrogenaza.
Sitoxrom P-450 bilan ro‘y beradigan reaksiyalar oraliq va oxiri
zaharli moddalar hosil bo‘lishi bilan o‘tadi (H
2
O
2
, OH, O
2
-
, CO va
boshqalar). Bu moddalarni zararsizlantirishda hujayra membranasi
tarkibiga kiruvchi antioksidant vitaminlar (A, E, C va boshqalar), erkin
radikallarga qarshi faollikka ega bo‘lgan mikroelementlar (Zn, Cu, Ni,
Se va boshqalar), antioksidant himoya fermentlari
(superoksiddismutaza, glutationperoksidaza, katalaza) va fosfolipidlar
himoya vazifasini bajaradi.
Sitoxrom P-450 ni katalitik faolligi 3 xil yo‘l bilan boshqariladi:
1. Molekula ichida o‘zgarishlar qilib sitoxrom P-450ni substrat
spetsifikligini o‘zgartirish bilan.
2. Molekulalararo ta’sirlar natijasida sitoxrom P-450 reduktaza
fermenti faolligini o‘zgartirishi bilan.


193
3.Sitoxrom P-450 fermenti sintezini kuchaytirish (induksiya) yo‘li
bilan.Uchinchi boshqaruv yo‘li tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Buning
uchun fenobarbital (lyuminal), ziksorin, benzonal kabi dorivor moddalar
ishlatiladi.
Zaharli moddalarni zararsizlantirilishining ikkinchi bosqichi

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling