Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
konyugatsiyalanish, ya’ni glyukuron yoki sulfat kislota unumlari,
glutation, atsetillanish, aminokislotalarini biriktirish bilan boradi, reaksiyalarni jigar endoplazmatik turi fermentlari katalizlaydi. Konyugatsiya yo‘li bilan aminokislotalar almashinuvi jarayonida hosil bo‘lgan fenol, krezol, indol, skatol va boshqa zaharli moddalar zaharsizlantiriladi. Konyugatsiyaga uchragan moddalarning molekulalarida gidrofil guruhlar hosil bo‘ladi, moddaning suvda eruvchanligi ortadi. Natijada organizmdan chiqarib yuborilishi osonlashadi. Yo‘g‘on ichakda triptofan aminokislotasidan hosil bo‘lgan skatol, indol, jigarda indoksil va indoksilsulfatga aylanadi va kaliyli tuzlari, bo‘lmish indikan miqdorini siydikda tekshirish amaliyotda ichakdagi chirish jarayonining borishi, jigarning zararsizlantirish faoliyati haqida ma’lumot beradi. Turli dorivor moddalar ham jigarda metabolik o‘zgarishlarga uchraydi. Masalan: lyuminal (fenobarbital) yuqorida ko‘rsatilganidek oksidlanishga va konyugatsiyaga uchrab oksifenobarbitalglyukuronidi shaklida zararsizlantirilsa, atsetilsalitsilat kislotasi (aspirin) esa o‘ziga xos o‘zgarishlarga uchraydi. Dastlab aspirin deatsetillash reaksiyasi natijasida salitsilat hosil qilib, so‘ng UDFGK ishtirokida salitsilatglyukuronidga aylanadi. Hosil bo‘lgan moddani oksidlanishi, gomogentizinat kislotasini glitsin kislotasi bilan birikishi salitsilpiruvat kislotasini hosil bo‘lishga va organizmdan chiqarilib yuborilishiga olib keladi. Organizmda ayrim metabolitlar (salitsilat, o‘t kislotalari, benzoat va nikotin kislotasi) glitsin bilan birikib juft kislotalarni paydo qilib, ularni zararsizlantirishini amalga oshirgani uchun, bu usuldan jigarning zararsizlantirish qobiliyatini aniqlashda foydalaniladi. Bu usul birinchi bo‘lib, Kvik tomonidan tavsiya qilingani uchun uning nomi bilan ataladi. Ayrim moddalarning zararsizlantirilishi metillanish yoki demitillanish bilan ham boradi. Vitamin PP – nikotinamid metilnikotinamid holida zararsizlantirib chiqariladi. Jigarda turli xildagi biologik faol moddalar (adrenalin, noradrenalin, gista’min, serotonin, tironin) aminooksidazalar ta’sirida oksidlanib zararsizlantiriladi, estrogen, androgen, kortikosteroid gormonali esa oksidlanib ketosteroidlar holatida siydik bilan chiqarib yuboriladi. 194 Yangi tug‘ilgan bolalar va chaqaloqlarda jigarning kse- nobiotiklarning zararsizlantirish qobiliyati yetilmagan bo‘ladi. Masalan: bir oylik bolalarda konyugatsiyalovchi glyukuroniltransferaza, atsetilovchi va deatsetillovchi fermentlarning faolligi katta yoshdagilarga nisbatan to‘rt-besh marotaba past bo‘ladi. Shuning uchun, bolalar organizmida hosil bo‘lgan zaharli moddalarning va berilgan dorivor moddalarning metabolizmi sust kechadi. Shu sababli bolalarga tavsiya qilinadigan dorilarning miqdori ularning yoshiga qarab belgilanadi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling