Biokimyo pmd
-rasm. Mitohondriyalarda protonlari membrana orqali o‘tkazish va ATF sintezi Nafas olish va fosforillanish ingibitorlari
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikrosomal oksidlanish
51-rasm. Mitohondriyalarda protonlari membrana orqali o‘tkazish
va ATF sintezi Nafas olish va fosforillanish ingibitorlari Turli xil moddalar ta’sirida oksidlanish jarayoni fosforillanishdan ajralib chiqadi. Bunda elektronlarni nafas olish zanjiri orqali o‘tishi o‘zgarmay energiya hosil qilmaydi. Bunday moddalar ajratuvchilar deyiladi. Bularga 2,4-dinitrofenol, disulfid moddalar, pirofosfatlar, CO 2 , tiroksin, bakterial toksinlar, salitsilatlar, papaverin, streptomitsin, penitsillin, gramitsidin, strofantin va boshqalar kiradi. Quyidagi fizik omillar ham shunday ta’sir etadi: sovqotish, rentgen va radiofaol nurlar, ochlik, to‘liqish va boshqalar. Shu bilan birga elektronlarni nafas olish zanjirida tashilishini susaytiruvchi moddalar ham bor. Bularga rotenon, amital (flavin fermentlarini spetsifik ingibitorlari); antimitsin A (sitoxrom b ingibitori); sianidlar (sitoxromoksidaza ingibitorlari) kiradi. ATF sintezini ingibirlovchi moddalarga oligomitsin, rutamitsin, auroverdinlar kiradi. Ko‘pchilik gipoksik holatlarda (kamqonlik, tog kasalligi, qon tashilishining buzilishi) to‘qima nafas olish jarayoni buziladi va hujayrada energiya tanqisligi kuzatiladi. Bunday holat gipovitaminozlarda (vitamin PP va B 2 ), infeksion kasalliklarda, intoksikatsiyalarda kuzatilishi mumkin. Mikrosomal oksidlanish Umuman olganda hujayrada 2 xil to‘qima nafas olishi mavjud: fosforillanuvchi nafas olish va fosforillanmasdan (erkin) nafas olish. Fosforillanish bilan nafas olish mitoxondriyaning ichki membranasida 191 kechadi va ATF sintezi bilan boradi. Erkin nafas olish zanjiri mitoxondriyaning tashqi membranasida kechadi va bunda energiya issiqlik sifatida ajralib chiqadi. Ikki turdagi nafas zanjirining bo‘lishi fiziologik ahamiyatga ega. Chunki ba’zi paytlarda organizm ko‘p miqdorda ATFga muhtoj, boshqa paytlarda esa issiqlikka. Bunda organizm bir nafas olish zanjiridan ikkinchisiga o‘tishi mumkin va organizmni adaptatsiya-kompensatsiya (moslashuv) jarayonlar holatini belgilaydi. Turli zaharli moddalarni jigarda zararsizlantirilishi o‘ziga xos yo‘llar bilan ikki bosqichda boradi. Birinchi bosqich endoplazmatik turda boradi, reaksiyalarni oksidazalar va gidroksilazalar katalizlaydi. Ularning kofermenti sitoxrom P-450, b 5 , gem va vitaminlar hisoblanadi. Sitoxrom P-450 ni bir qancha o‘xshash shakllari bo‘lib, ular substratlarga monandligi bilan farqlanadilar. Quyida jigar mikrosomalarida zaharli moddalarni zararsizlantirilishining birinchi bosqichi keltirilgan (52-rasm). Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling