Biokimyo pmd


Katabolizmning umumiy yo‘llari


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Katabolizmning umumiy yo‘llari
Jonli organizm modda va energiya almashinuvi xususiyati bilan
jonsiz tabiatdan farq qiladi. Ovqatlanish va nafas olish organizmni tashqi
muhit bilan bog‘lovchi omil bo‘libgina qolmay, balki modda va energiya
almashinuvining asosiy bosqichlaridan hisoblanadi. Ovqatning asosiy
komponentlari: oqsil, uglevod, yog‘lar, organizm uchun ham energetik
manbai hamda plastik material hisoblanadi. Organizmning kundalik
energiyaga bo‘lgan ehtiyojining 5,5% uglevodlar hisobiga, 15% oqsil
va 30% foizi yog‘lar parchalanishi (katabolizmi) hisobiga qoplanadi.
Katabolizm 3 bosqichdan iboratdir (53-rasm):
53-rasm.  Katobolizmning umumiy yo‘llari sxemasi


195
Birinchi bosqichda uglevodlardan – geksozalar, glyukoza, fruktoza,
galaktoza: oqsillardan – aminokislotalar; yog‘lardan glitserin va yog‘
kislotalari hosil bo‘ladi. Bu jarayonlarda ajraladigan energiya miqdori
deyarli ko‘p emas va ozuqa moddalar umumiy energiyasining taxminan
0,6-1% ini tashkil qiladi.
Ikkinchi bosqichda monosaxaridlar va glitserin piruvatga aylanadi,
yog‘ kislotalari esa – atsetil-KoA ga, aminokislotalar – piruvatga, a-
ketoglutaratga, atsetoatsetat, suksinat va atsetil-KoA ga aylanadi. Bu
bosqichda ozuqa moddalardagi taxminan 30% energiya ajralib chiqadi.
Uchinchi bosqichda hosil bo‘lgan 4 ta oxirgi mahsulot: atsetil-KoA,
a-ketoglutarat, suksinat limon kislotasi siklida CO
2
va H
2
O gacha
parchalanadi. Natijada ozuqa moddalardan qolgan 60-70% energiya
ajralib chiqadi.
1 molekula glyukozani parchalanishi misolida olib qaralsa, jami 38
molekula ATF sintezlanadi, bundan 1-bosqichda – 2 molekula pirouzum
kislotasi va 8 molekula ATF sintezlanadi; 2-bosqichda – 2 molekula
atsetil-KoA, 2 molekula CO
2
va 6 molekula ATF sintezlanadi; 3-
bosqichda – 4 molekula CO
2
va 24 molekula ATF hosil bo‘ladi.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling