Biologiya fani o'qituvchisi: Jo'rayeva Hilola Sana
Darsdan kutiladigan natija
Download 13.97 Kb.
|
Ochiq dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’tgan mavzuni takrorlash
- Yangi mavzu bayoni
Darsdan kutiladigan natija: O’quvchilar yangi mavzu orqali yangi bilim egallaydi,erkin fikrlashga o’rganadi, nutqi ravonlashadi, esda saqlab qolish qobiliyati yaxshilanadi, fanga yanada qiziqishi kuchayadi.
Darsning borishi: a.Tashkiliy qism b.O’tgan mavzuni takrorlash d.Yangi mavzu maqsadi,qanday borishi bilan tanishtirish O’tgan mavzuni takrorlash O`quvchilarni uchta guruhga bo`lib olish. O`tilgan mavzu yuzasidan savol javob qilish. Ko`rgazmali qurollar “Baliq skeleti”orqali o`tilgan mavzuni so`rab, uyga vazifani tekshirish. 1. Ko`rgazmali qurollar orqali o`tilgan mavzusini so`rab mustahkamalash. 2. Interfaol usullardan Yangi mavzu bayoni. Gul – yopiq urug‘li o‘simliklarning generativ organi. Generativ organlar o‘simliklarning ko‘payishiga xizmat qiladi. Gul – shakli o‘zgargan novda. U gulband, gulqo‘rg‘on, changchi va urug‘chidan tashkil topgan. Gul novdaga gulband bilan birikadi. Gulbandning kengaygan yuqori qismi – gulo‘rinda gulning barcha qismlari joylashadi. Gulqo‘rg‘on gulkosa va gultojdan iborat. Gulkosa ko‘pincha yashil kosachabarglar (shakli o‘zgargan barglar)dan tashkil topgan bo‘lib, gulni tashqi tomonidan o‘rab turadi. Gultoj gulkosa ichida joylashgan rangli tojibarglar yig‘indisidir.Gulqo‘rg‘on ichida changchi va urug‘chi joylashganTol, terak, tut, yong‘oq kabi o‘simliklar gulining gulqo‘rg‘oni yo‘qolib ketgan yoki tangachaga aylangan. Changchi changdon va changchi ipidan tashkil topgan. Changchi iplari changdonni gulo‘ringa biriktirib turadi. Changdonda ko‘plab chang donalari yetiladi. Urug‘chi bir yoki bir nechta mevabarg (shakli o‘gargan barg) dan hosil bo‘lgan organ. Urug‘chi tuguncha, ustuncha va tumshuqchadan iborat. Tuguncha ichida urug‘kurtak, urug‘kurtakda esa murtak xalta joylashgan. Murtak xaltada tuxum hujayra va markaziy hujayra yetiladi. G‘o‘za, olma, bug‘doy kabi o‘simliklar guli urug‘chi hamda changchilarga ega. Bunday gul ikki jinsli gul deyiladi. Faqat changchi yoki urug‘chiga ega gul bir jinsli gul bo‘lib, gulda faqat changchilar bo‘lsa changchili gul, faqat urug‘chi bo‘lsa, urug‘chili gul deyiladiMakkajo‘xori, qovoq, bodring, yong‘oq kabi o‘simliklarda changchili va urug‘chili gullar bir tupda joylashgan bo‘lib, ular bir uyli o‘simlik deyiladi. Ismaloq, tol, terak kabi o‘simliklarning changchili gullari bir tupda, urug‘chili gullari boshqa tupda joylashgan. Bunday o‘simliklar ikki uyli o‘simliklar deb ataladi. Gul tuzilishining sxema bilan ifodalanishiga gul diagrammasi deyiladi. Gul tuzilishinil lotin alifbosi harflari, belgilar va raqamlardan foydalangan holda ifoda etish gul formulasi deyiladi. Gul formulasini ifodalashda quyidagi harflar va belgilardan foydalaniladi. Gullar o‘simlikda yakka va to‘pgulda yig‘ilgan holda joylashadi. Yakka gulli o‘simliklarga lola, binafsha va behi misol bo‘ladi. Ma’lum tartibda bir-biriga yaqin joylashgan bir nechta gullar yig‘indisiga ega shakli o‘zgargan novda to‘pgul deyiladi. To‘pguldagi gullar yakka gullarga qaraganda yaxshi changlanadi. To‘pgul poyasi gulpoya yoki to‘pgul o‘qi deyiladi. Gullari asosiy gulpoyada joylashgan to‘pgul oddiy to‘pgul deyiladi. Bir qancha oddiy to‘pgullarning yig‘indisi murakkab to‘pgulni hosil qiladi O`quvchilarning o`tilganlar haqidagi bilimlarini boyitish. Darslik bilan ishlash. Qo'shimcha mashqlarni bajarish orqali o`tgan mavzular haqida o`quvchilarga yangi ma’lumotlar berisGulning tashqi qoplam- gulkosachabarg har xil shakldagi mayda bargchalardan iboratboladi. Agar ular doira bo'ylab bir qator joylashgan bolsa, qo'shqavat yoki ikki qavatli gulkosachabarg deyiladi. Qo'shqavatkosachaning tashqi doirasi ostki kosacha (qo'shimcha kosacha) deyiladi (masalan, gulxayridoshlarda). Gulkosachaning rangi,odatda, yashil, ammo gulkosachabarglar gultojibarglarningrangida boiishi mumkin. Masalan, anor gulida gulkosachabarg va gultojibarg to'q pushti rangda bo'ladi. Shunday qilib, gultojibargning asosiy funksiyasi changlovchi hasharotlarni o'ziga jalb etish bo’lib, bunga gultojibarglarining ochiq rangli, xushbo'y hidli va gul shirasining bo’lishi bilan erishiladi. Gul ichida shakli o'zgargan barglar - changchilar ham joylashgan, ular uchlarida changdonlar bo’lgan changchi iplaridan tashkil topgan. Changchilar yig'indisi androtsey deb ataladi. Changchilar erkin holda turadigan yoki bir-biriga qo'shilib o'sgan boiishi mumkin. Changdonlar ichida chang boiadi, u o'simliklarn ing changlanishi uchun zarur. Olma va nok kabi o'simliklarda gulkosachabarg meva pishgunga qadar saqlanadi. Download 13.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling