Biologiya (Odam va uning salomatligi) 2020 yangi
-Organizmda energiya sarfi
Download 1.23 Mb.
|
Biologiya 2019-yil 8-sinf mavzulashgan test kitobcha
33-Organizmda energiya sarfi.
1.Moddalar va energiya almashinuvi bosqichlari tartibini aniqlang:a-oraliq va oxirgi mahsulotlar hosil bo'ladi,b-oxirgi mahsulotlar chiqariladi,d-hazm mahsulotlari so'riladi, e-ichakda ovqat hazm bo'ladi,f-organizm uchun zarur bo'ladigan moddalarga aylanadi, g-hazm mahsulotlari hujayralarga yetkaziladi,h-hujayrada organik birikmalar parchalanadi. A)b,d,g,f,h,a,e B) a,d,g,f,h,e,b C) e,d,g,f,h,a,b D) f,d,g,e,h,a,b 2.Energiya sarfi bosqichlarini tartib bilan ko'rsating: a-birikmalar parchalanib,kimyoviy energiya elektr energiyasiga aylanadi, b-issiqlik energiyasi tana haroratini doimiy saqlashga sarflanadi va atrof-muhitga tarqaladi, d-elektr energiyasi nerv impulslari holida axborotni nerv markazlariga va muskullarga uzatadi, e-energiya kimyoviy bog'lar holida saqlanadi, f-muskullar qisqarganida elektr energiyasi mexanik va issiqlik energiyasiga aylanadi. A)a,e,d,f,b B) e,a,f,d,b C) b,a,d,f,e D) e,a,d,f,b 3.Tushunchalarni ularga mos iboralar bilan birga juftlab yozing: a-ovqatlanish me'yori, b-ovqatlanish ratsioni,d-ovqatlanish rejimi,e-to'g'ri ovqatlanish, f-energiyaning saqlanish qonuni,g-semirish; 1-ovqatlanish me'yori, rejimi va ratsioniga rioya qilinishi, 2-ovqat tarkibida organizm uchun zarur mahsulotlarning bo'lishi, 3-bir sutkada yeyiladigan ovqat shu vaqtda sarflanadigan energiya o'rnini qoplashi,4-ovqatlanish me'yori buzilishi bilan bog'liq kasallik,5-bir sutkalik ovqatlanish soni va vaqtini hamda ovqat ratsionini aniqlab berish, 6-energiyani bordan yo'q,yo'qdan bor bo'lmasligi,faqat shaklan o'zgarishi. A)a-3,b-2,d-6,e-1,f-5,g-4 B) a-3,b-2,d-5,e-1,f-6,g-4 C) a-1,b-2,d-5,e-3,f-6,g-4 D) a-4,b-2,d-5,e-1,f-6,g-3 4.Katta yoshda odam ovqat ratsionida oqsillar 15%,yog'lar 18%,uglevodlar 67% ni tashkil etadi.Agar odamning bir sutkalik energiya sarfi 2500 kkal bo'lsa,uning ovqat ratsionida oqsil,yog' va uglevodlar miqdori qanchadan bo'lishi kerak? A)74,5 g oqsil, 99,4 g yog', 336,6 g uglevod B) 75,4 g oqsil, 89,5 g yog', 332,6 g uglevod C) 74,5 g oqsil, 89,4 g yog', 332,6 g uglevod D) 74,5 g oqsil, 89,6 g yog', 333,6 g uglevod 5.O'g'il va qiz bolalar organizmi tinch holatda 1 soatda 150 kj va 130 kj energiya sarflaydi. Ularning energiya sarfi dars tayyorlayotganida 30% ga, sport bilan mashg'ul bo'lganida 400% ga ortadi.Bolalar 3 soatdan dars tayyorlab, 2 soatdan sport bilan shug'ullanishganda qancha energiya sarf qilishini hisoblang? A)o'g'il bolalar 1985 kj; qiz bolalar 1547 kj B) o'g'il bolalar 1785 kj; qiz bolalar 1547 kj C)o'g'il bolalar 1885 kj; qiz bolalar 1577 kj D) o'g'il bolalar 1895 kj; qiz bolalar 1547 kj 6.Nima sababdan og'ir mehnat qilib charchaganda shirin choy ichish tavsiya etiladi? A)chunki muskullarni suvga bo'lgan ehtiyoji ortadi B)chunki asosiy energiya choy tarkibidagi ayrim oqsillardan ajralib chiqadi C)chunki muskullarda glukoza sarflanib energiya hosil qiladi D)B va C javoblar to'g'ri 7.Bir dona tuxumda yog'lardan ajralib chiqadigan energiyani (kkal) aniqlang ? A)112,53 kkal B)114,5 kkal C)175 kkal D)187,5 kkal 8.Quyidagi ma'lumotlardan nechtasi noto'g'ri emas: 1-kechki ovqat uyquga yotishdan 3 soat oldin yeyiladi, 2-sutkasiga 4 marta ovqatlanish kerak, 3-12-14 yoshli o'quvchilarda energiya sarfi 1900 kkal, 4-o'simliklar tarkibidagi kraxmal ichak va oshqozon devori muskullarining qisqarishiga yordam beradi,5- 1 kaloriya 1 litr suvni 1 °C ga isitish uchun sarf bo'ladigan energiyaga teng,6-soat 11:00 da bo'ladigan ikkinchi nonushta buterbrod yoki bulochka bilan choy yoki kofedan iborat bo'ladi,7-katta yoshli odam bir sutkada 100-120 g oqsil va 80-120 g yog' iste'mol qilishi lozim,8-o'lim semirish dardiga uchragan kishilar orasida boshqalarga qaraganda uch baravar ko'p uchraydi. A) 5 tasi B) 3tasi C)6 tasi D) 2 tasi 9.Mehnat faoliyatining turiga qarab odamlarning bir sutkada sarflaydigan energiya miqdorini to'g'ri juftlashtiring: a-og'ir jismoniy mehnat bilan mashg'ul kishilar; b-qisman mexanizatsiyalashgan mehnat kishilari; c-mexanizatsiyalashgan mehnat kishilari; d-aqliy mehnat kishilari; e-12-14 yoshli o'quvchilar; j-8-11 yoshli o'quvchilar. 1-1900 kkal; 2-2400 kkal; 3-2200-2900 kkal; 4-2950-3200 kkal; 5-3450-3700 kkal; 6-3900-4300 kkal. A)a-1;b-2;c-3; d-4;e-5; j-6 B) a-1;b-5; c-3; d-4;e-2; j-6 C) a-6;b-5;c-4; d-3;e-2; j-1 D) a-5;b-2;c-3; d-4;e-1; j-6 10.Katta yoshli odamlarda oziq moddalardan ajraladigan energiya(kkal) miqdori 8-11 yoshli bolalarning oziq moddalardan ajraladigan energiyadan qanchaga farq qiladi? A)600-700 kkal B)800-700 kkal C)900-1000 kkal D)1100-700 kkal 11. 5-7 yoshli bolalarda sutkalik ovqat ratsionidagi oqsillardan ajralgan energiyani (kkal) aniqlang? A)266,5-307,5 kkal B)2400-2800 kkal C)265,6-308,5 kkal D)1800-2300 kkal 12. Otabek bir kecha kunduzda ovqati tarkibida 100 yog’, 80 g uglevod va 80 g oqsil iste’mol qilsa, otabekni tushligidan ajralgan energiya miqdorini hisoblang.(ratsional ovqatlanish qoidasining yuqori foiziga amal qilgan) A) 566 kkal B) 634,4 kkal C) 446,8 kkal D) 700 kkal 13. Agar Sardorning bir kecha kunduzdagi ovqatidan ajralgan energiya umumiy 1750 kkal ga teng bo’lsa, va ovqati tarkibida oqsil va uglevod miqdori teng bo’lsa, va yog’dan ajralgan energiya 930 kkal ni tashkil qilsa, Sardorning ovqati tarkibidagi oqsildan ajralgan energiya miqdorini hisoblang. A) 410 kkal B) 500 kkal C) 340 kkal D) 236 kkal 14. Dilnozaning bir kecha kunduzdagi ovqati tarkibidagi oqsil va yog’ umumiy 250 g ni tashkil qiladi,uglevod esa 60 g ni tashkil qiladi. Yog’dan va oqsildan ajralgan energiyani farqi 315 kkal ga teng bo’lsa, yog’dan ajralgan energiya umumiy ovqatdan ajralgan energiyani necha foizini tashkil qiladi? A) 67 % B) 52 % C) 78 % D) 48 % 15. Botirning tana massasi 85 kg ga teng. Botir ratsional ovqatlanishni miqdor qoidasiga amal qilmasadan tushki ovqtalanish paytda normadagiga nisbatan 6 % ko’p ovqat ite’mol qildi. Botirni bir kecha kunduzdagi tushki va qo’shimcha ovqatlanishdan ajralgan energiya umumiy 1170,96 kkal ni tashkil qilsa, Botirni tushki ovqatidan ajralgan energiya, umumiy ovqatdan ajralgan energiyani necha foizini tashkil qiladi? A) 56,7 % B) 67,8 % C) 40 % D) 42,4 % Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling