Biologiya (Odam va uning salomatligi) 2020 yangi
-mavzu: Ko'rish analizatorlari
Download 1.23 Mb.
|
Biologiya 2019-yil 8-sinf mavzulashgan test kitobcha
53-mavzu: Ko'rish analizatorlari.
1.Ko'z soqqasi pardalari va ularga xos tuzilish belgilarini juftlab yozing:a-oqsil parda; b-tomirli parda; d-to'r parda; e-kamalak parda; 1-qon tomirlari va pigmentli hujayralardan iborat, oldingi qismi kamalak pardani hosil qiladi, 2-yorug'likka sezgir kolbasimon va tayoqchasimon hujayralardan iborat, 3-oldingi qismi tiniq muguz qavatni hosil qiladi, 4-tomirli pardaning oldingi rangli qismi. A) a-2,b-3,d-1,e-4 B) a-1,b-2,d-3,e-4 C) a-3,b-1,d-2 ,e-4 D)a-2,b-1,d-4,e-3 2.Ko'z qismlari va ular funksiyasini juftlab yozing: a-shox parda, b-kamalak parda, d-qorachiq,e-gavhar, f-shishasimon tana, g-kolbasimon hujayralar, h-tayoqchasimon hujayralar, i-sariq dog'; 1-yorug'likni sindirib, sariq dog'ga tushiradi,2-ko'z kosasi bo'shlig'ini to'ldiradi,3-yorug'likni qorachiqqa o'tkazadi, 4-yorug'lik kuchini boshqaradi, 5-ko'z rangini belgilaydi, 6-tasvir hosil qiladi, 7-rangni ajratadi, 8-kuchsiz yorug'likda qo'zg'aladi. A) a-4,b-5,d-3,e-1,f-2,h-8,g-7,i-6 B)a-3,b-5,d-4,e-1,f-2,h-8,g-7,i-6 C) a-6,b-5,d-4,e-1,f-2,h-8,g-7,i-3 D) a-3,b-5,d-7,e-1,f-2,h-8,g-4,i-6 3.Quyidagi javoblardan qaysi biridagi fikrlar noto'g'ri emas? A)ko'rish orqali biz tevarak-atrofdagi narsalar va hodisalarni payqaymiz, ularning harakatini va o'zgarishini kuzatimiz,shakli,rangi, o'lchami va turgan joyini bilib olamiz B)ko'z -yorug'lik ta'sirini sezadigan ko'rish organi bo'lib, eshitish analizatorining periferik qismi hisoblanadi C)oqsil parda ustida joylashgan tomirli parda kamalak parda, kiprikli tana va ko'z kosasinng ichki yuzasini qoplab turadi D)Ko'zning tomirli pardasi ustida joylashgan eng ostki to'r parda bir necha qator bo'lib joylashgan 4.Quyidagi rasmdagi 1-2-3-4-raqamlarda nimalar ifodalanganligini to'g'ri belgilang? A)1-retseptorlar; 2-oqsil parda; 3-ko'rish nervlari; 4-nerv hujayralari B) 1-retseptorlar; 2-kamalak parda; 3-ko'rish nervlari; 4-nerv hujayralari C) 1-retseptorlar; 2-to'r parda; 3-ko'rish nervlari; 4-nerv hujayrala D) 1-retseptorlar; 2-qorachiq; 3-ko'rish nervlari; 4-nerv hujayrala 5.Quyidagi 4- va 6 -raqamda ko'zning qaysi qismlari joylashgan? A)4-ko'z yoshi bezi; 6-qorachiq B)4-ko'z oqi; 6-shoxsimon parda C)4-kamalak parda, 6-qorachiq D)4-kipriklar; 6-kamalak parda 6.Quyidagi rasmda 8-9-11-raqamlarda qaysi qismlar ko'rsatilgan? A)8-gavhar; 9-tomirli parda; 11-ko'rish nervlari B)8-shishasimon tana; 9-tomirli parda; 11-ko'rish nervlari C) 8-shishasimon tana; 9-ko'r dog'; 11-ko'rish nervlari D) 8-shishasimon tana; 9-tomirli parda; 11-kamalak parda 7. Quyidagi rasmdagi 3-raqamda ifodalangan ko'z qismi qayerda joylashgan? A)kamalak parda o'rtasida B)ko'zning tomirli pardasi ostida C)to'r pardaning ko'rish nervlari chiqqan joyi D) t.javob yo'q 8.Qaysi ko'z kasalligi 10% erkaklar va 1% ayollar o'rtasida uchraydi? A)katarakta B)miopiya C)gipermetropiya D)tug'ma daltonizm 9.Quyidagilardan qaysi biri ko'rish markazi hisoblanadi? A)ko'r dog' B)sariq dog' C)kamalak parda D)to'r parda 10.Gavhar va to'r parda oralig'ida nima joylashgan? A)shishasimon tana B)gavhar C)to'r parda D)qorachiq 11.Oqsil parda ostida qanday qism joylashgan? A)tomirli parda B)kamalak parda C)shishasimon tana D) t.j.yo'q 12.Ko'zning tomirli pardasi ostida joylashgan eng ostki parda qaysi? A) tomirli parda B)kamalak parda C)shishasimon tana D) t.j.yo'q 13.Ko'rish markazlari chetlarida qanday hujayralar joylashgan? A)kolbachasiomon B)tayoqchasimon C)tomirli D)yumaloq 14.Qorachiq orqasida ikki tomonlama qavariq shaffof linza------bu ? A)ko'z gavhari B)shishasimon tana C)sklera D)qorachiq 15.Tayoqchasimon (a) va kolbachasimon(b) retseptorlar qaysi vaqtda vazifasini bajarishini to'g'ri moslashtiring? A)a-kunduzgi; b-tungi B)a-tungi; b-kunduzgi C)a,b-kunduzi D)t.j.berilmagan Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling