Klassifikatsiyasi. Taroqlilar paypaslagichlilar (Tentaculata) va pay – paslagichsizlar (Atentaculata) kenja sinfiga bo'linadi. Ko'pchilik turlari paypaslagichlilarga kiritiladi. Ayrim paypaslagichlilar tanasi yassi tasmaga o‘xshash uzun bo‘ladi. Masalan, zuhro kamari (Cestis veneris)ning uzunligi 1,5 m ga yaqin (46 – rasm). Ayrim taroqlilarning tanasi tana o`qi bo'ylab yassilashgan bo‘lib, ularning suzishi va og‘iz tomoni bilan o‘rmalashini yengillashtiradi (masalan, Seloplana – Coeloplana). O'troq yashovchi Tjalfiella taroqlisi yosh davrida boshqa taroqlilarga о‘xshash, lekin o‘troq yashashga o‘tgandan so'ng og'zining o‘rta qismi substratga yopishib ketadi, og‘izning ikki cheti cho‘zilib, oziq tutadigan uzun nayga aylanadi. Ktenoplana taroqlisining taroqsimon plastinkalari bor(29 – rasm).
Paypaslagichsizlarning paypaslagichlari bo`lmaydi. Ularga misol tariqasida Shimoliy va Uzoq sharq dengizlarida keng tarqalgan beroyo (Beroe cucumis)ni ko‘rsatish mumkin. Ular boshqa taroqlilar bilan oziqlanadi.
9 – rasm. Har xil taroqlilar.
A – sidippi (Cydippe). В – zuhro kamari (Cestus veneris). D – o'rmalovchi taroqli seloplana (Coeloplana). E – o'troq taroqli (Tjalfiella). F – paypaslagichsiz taroqli beroyo (Beroe cucumis).
Tuban ko’p hujayralilarning sistematikasi
№
|
Tip
|
Kenja tip
|
Sinf
|
Kenja sinf
|
Turkum
|
Tur
|
1.
|
Plastinka –
simonlar – Placozoa
|
|
|
|
Trixoplas – Trichoplaks
|
Trichoplax adhaerens
Trichoplax reptans
|
Do'stlaringiz bilan baham: |