Biologiya turlari bo


– rasm. Gidra (Hydra oligactis)


Download 1.32 Mb.
bet7/14
Sana09.03.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1255015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Mamatqulova

6 – rasm. Gidra (Hydra oligactis).
A – erkak gonadalari. Вurg'ochi gonadalari. D – kurtaklanayotgan gidra.

Ssifomeduzalar (ssifos – grekcha "kosacha")ning tanasi dildiroq tiniq moddadan iborat bo'lib, shakli to'nkarib qo'yilgan kosacha yoki soyabonga o'xshaydi. Meduzalar barcha dengiz va okeanlarda keng tarqalgan, ayrim vakillari chuchuk suvlarda ham uchraydi. Meduzalar suvda erkin qalqib yuruvchi bo'shliqichlilardir (23 – rasm). Tipik vakili – aureliya, ya'ni dengiz likopchasi (Aurelia aurita) keng tarqalgan.
Dengiz likopchasining og'iz teshigi soyabonining ostki tomonining o'rtasida joylashgan. Og'zi atrofi to'rtta yirik paypaslagichlar, soyabon chetlarida esa juda ko'p ingichka va kalta paypaslagichlar osilib turadi. Tana devori barcha bo'shliqichlilarniki singari ikki qavat bo‘lib joylashgan hujayralardan iborat, lekin ektoderma bilan endodermani ajratib turuvchi hujayrasiz qavat – mezogleya juda kuchli rivojlangan.
Meduzalar soyabon devoridagi muskullarning qisqarishi tufayli harakatlanadi. Soyabon kengayganda uning osti suvga to'ladi, qisqarganida esa suv uning ostidan kuch bilan siqib chiqarilishi natijasida reaktiv harakat paydo bo'lib, meduza sovabonining qavariq tomoni bilan oldinga suzadi.
Meduzalar gidraga nisbatan ancha murakkab tuzilgan hayvonlardir. Ularning ichki bo'shlig'i birmuncha ixtisoslashgan qisqa halqum, to'rt kamerali oshqozon va tarmoqlangan uzun radial naychalar sistemasidan iborat. Meduzalar yirtqich hayvonlar. Ular turli qisqichbaqasimonlar, chuvalchanglar, baliq chavoqlari va boshqalar bilan oziqlanadi. O'z o'ljasini otiluvchi ipchalar yordamida falajlaydi va og’zi atrofidagi yirik paypaslagichlari yordamida og'ziga olib keladi. Oshqozonda hazm suyuqligi ishlab chiqaruvchi bezlar joylashgan. Bezlarning suyuqligi ta’sirida oziq parchalanib, hazm bo'ladi va naychalar sistemasi orqali tanasining hamma qismiga tarqaladi.
Meduzalarning nerv hujayralari soyabon chetida to'planib, nerv tugunlarini hosil qiladi. Ularda yorug'likni sezish, hid bilish kabi xususiyatlar mavjud. Ular ayniqsa, bosimning o'zgarishiga sezgir bo'ladi. Meduzalarning dovul ko'tarilishini oldindan payqash xususiyatidan foydalanib, dovul to'g'risida oldinroq xabar qiluvchi "Meduza qulog'i" asbobi ixtiro etilgan.



Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling