Biologiya turlari bo


– rasm. Aktiniya bilan zoxid qisqichbaqa simbiozi


Download 1.32 Mb.
bet9/14
Sana09.03.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1255015
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Mamatqulova

8– rasm. Aktiniya bilan zoxid qisqichbaqa simbiozi


Koloniya bo'lib yashovchi korall poliplar(26 – rasm). Tropik dengizlarda koloniya bo'lib yashovchi poliplar keng tarqalgan. Har bir koloniya gidraga o'xshash tuzilgan juda ko'p individdan iborat. Koloniyadagi hamrna poliplarning tana bo'shlig'i o'zaro tutashgan bo’ladi. Shuning uchun bitta polip tutgan oziq koloniyaning barcha a’zolari o’rtasida teng taqsimlanadi. Koloniya bo'lib yashovchi korall poliplar tanasida qattiq ohak skeleti hosil bo'ladi. Polip koloniyasi kurtaklanish tufayli hosil bo'ladi. Koloniyadagi kurtaklar ona organizmdan ajralib ketmaydi, balki o'zi ham kurtaklanib, ko'payaveradi.

Tropik dengizlarning sohil yaqinidagi uncha chuqur bo'lmagan joylarida korall poliplar koloniyasi korall riflari deb ataluvchi orollarni hosil qiladi(27 – rasm). Korall riflaridan qimmatli qurilish materiali (ohaktosh) sifatida foydalaniladi. Qizil korall riflaridan zeb – ziynat buyumlari tayyorlanadi. Suvosti korall riflari xilma – xil baliqlar va boshqa dengiz hayvonlari uchun makon bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun korall riflari tarqalgan joylarda qo'riqxonalar tashkil etilgan.


2.2. Taroqlilar (Ctenophora) sinfi.Bo’shliqichlilarning sistematikasi hamda filogeniyasi.

Tanasi odatda xaltaga o'xshash bo`lib, uning bir chetida og‘iz teshigi (oral qutbi), ikkinchi chetida chiqaruv teshigi (aboral qutbi) joylashgan. Tananing asosiy o‘qi ana shu ikki qutbi orqali o'tadi. Asosiy o‘q orqali ikkita har xil simmetriya yuzasini o'tkazish mumkin. Ana shuning uchun taroqlilarni ikki nurli simmetriyali hayvonlar deyish mumkin. Ammo ko'pchilik organlar (taroq plastinkalar, radial naylar, jinsiy bezlar) asosiy tana o'qi bo ‘ylab 8 tadan joylashadi. Shuning uchun taroqlilarda nurli va sakkiz nurli simmetriya belgilari mujassamlashgan. Taroqlilarda birinchi marta dastlabki embrion yaproqlari va alohida muskul to'qimasi pay­do bo`ladi, taroqsimon plastinkalar yordamida harakat qiladi. Muvozanat vazifasini maxsus aboral organ bajaradi Taroqlilar tanasi sirtida oral qutbidan aboral qutbi yunalishida 8 qator taroqsimon plastinkalar joylashgan. Har bir taroq plastinka asoslari orqali bir – biri bilan yopishgan qator kipriklardan iborat. Taroqchalarni bir me’yorda silkinishi tufayli hayvon harakat qiladi. Mezogleyasi tiniq quyuq moddadan iborat. Mezogleyada muskul hujayralari to‘p bo‘Iib, taroq plastinkalari va paypaslagichlari ostida joylashgan.


Og'iz teshigi ektodermal yassi halqumga ochiladi. Halqum endodermal oshqozon bilan tutashgan. Oshqozon xaltaga o'xshab halqumga perpendikulyar yo‘nalishda yassilashgan. Pay­paslagichlari ana shu yuzada joylashganidan tananing bu qismi pay­paslagichlar yuzasi deyiladi. Oshqozondan beshta nay boshlanadi. Shu jumladan ikkita uchi berk naylar halqumning ikki yoni bo‘ylab og'iz teshi­gi tomonga yo'naladi. Bitta ingichka nay aboral tomonga ko'tariladi. Bu yerda ikki marta shoxlanib, to’rtta kalta va ingichka naylarni hosil qiladi. Ulardan ikkitasining uchi berk, ikkitasi esa ayirish teshigi orqali tashqariga ochiladi. Oshqozonning yana ikkita nayi ikkita paypaslagichlar yuzasi tomonga (tana o‘qiga perpendikulyar yo'nalishda) tarqaladi. Ular shox­lanib, ikkitadan juft va bittadan toq naylarni hosil qiladi. Ikkita juft naylar yana bir marta dixotomik shoxlangach, sakkizta uchi berk meridional naylarga ochiladi. Meridional naylar taroqsimon plastinkalar ostiga joylash­gan. Toq naylar esa paypaslagichlar asosiga keladi(28 – rasm).
Shunday qilib, halqum va oshqozonning yassilashganligi, oshqozondan boshlanadigan naylar va paypaslagichlarning joylashuvi taroqlilarda sim – metriyaning ikki yuzasi borligini, ya’ni ular simmetriyasi ko‘p nurli emas, balki ikki nurli simmetriyaga yaqin turishini ko'rsatadi.
Taroqlilar nerv sistemasi ektodermada joylashgan nerv to‘ridan iborat. Nerv hujayralari taroqsimon plastinkalar ostida tig'iz joylashib, aboral tomonga yo'nalgan nerv zanjirini hosil qiladi. Aboral or­gan murakkab tuzilgan statotsistdan iborat. Uning statoliti kalsiy karbonat zarrachasidan iborat bo`lib, kiprikchalarning bir – biriga yopishishidan hosil bo‘lgan to'rtta kamarchada osilib turadi. Ustki tomondan statolit qopqoqcha bilan yopilgan. Statolit kamarlaridan chiqadigan to'rtta egatcha dixotomik shoxlanib, sakkizta taroqsimon plastinkalarga keladi. Aboral or­gan tana muvozanatini saqlash va harakatni boshqarish vazifasini bajaradi.
Ko‘payishi va rivojlanishi. Taroqlilar – germafrodit hayvonlar, faqat jinsiy ko‘payadi. Jinsiy bezlari kolbasasimon bo‘lib, gastrovaskulyar siste – masining meridional naylari endodermasi ostida joylashgan. Yetilgan jinsiy hujayralar endodermani yorib meridional naylarga, u yerdan og ‘iz orqali suvga chiqadi. Tuxumlari suvda urug`lanadi, to‘liq lekin notekis maydalanadi. Natijada murtakning bir qutbi tez maydalanayotgan mikromerlardan, ikkinchi qutbi sekin maydalanayotgan makromerlardan iborat bo'ladi. Mikromerlar ektodermani, makromerlar endodermani hosil qiladi. Halqumi birlamchi og‘iz – blastopor ektodermasini tana bo‘shlig‘iga botib kirishi tufayli hosil bo'ladi. Gastral bo'shliq endodermasi hujayralarining bir qismi ektoderma va endoderma orasiga (ya’ni blastotsel qoldig'iga) botib kirib butsimon plastinkani hosil qiladi. Bu plastinkadan keyinchalik mezogleyaning hujayra elementlari va paypaslagich muskullari hosil bo`ladi. Shunday qilib, taroqlilarda birinchi marta dastlabki embrion qavati – mezoderma kurtaklari hosil bo'ladi. Bu kurtaklar mezogleyaga botib kirgan butsimon plastinkadan iborat. Taroqlilar metamorfozsiz rivojlanadi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling