Биология ва генетика


Partenogenez - urug‘lanmagan tuxum hujayradan murtak rivojlanishi


Download 0.97 Mb.
bet68/70
Sana24.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1056246
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Bog'liq
Biologiya fani ma\'ruza matni


Partenogenez - urug‘lanmagan tuxum hujayradan murtak rivojlanishi.
Redutsentlar - organik moddalarni parchalovchilar avvalgi holatiga qaytaruvchilar. Ularga bakteriyalar, zamburug‗lar, saprofit o‗simliklar kiradi.
Plazmida - xromosomadan tashqarida joylashgan o‘z-o‘zini replikatsiya qila oladigan nihoyatda kichik halqali DNK molekulasi.
Pleyotropiya - bir genning ikki va undan ortiq belgilarning fenotipda namoyon bo‘lishiga ko‘rsatgan tasiri.
Poliploidiya - uch va undan ortiq xromosoma to‘plamiga ega hujayra, to‘qima, organizm.
Polimeriya - organizm bir belgisining rivojlanishiga bir qancha allel bo‘lmagan genlarning o‘xshash ta'siri.
Populyatsiya - bir turga mansub, ayrim belgi-xossalari bilan farqlanuvchi.
Populyasiya - bir tur arealida tarqalgan, arealning muayyan joyida uzoq muddat mavjud bo‗lgan, erkin chatisha oladigan ayrim belgi xossalari bilan farq qiluvchi, nisbatan alohidalashgan individlar yig‗indisi.
Populyasiya - bir tur arealida tarqalgan, arealning muayyan joyida uzoq muddat mavjud bo‗lgan, erkin chatisha oladigan ayrim belgi xossalari bilan farq qiluvchi, nisbatan alohidalashgan individlar yig‗indisi tushuniladi.
Produtsentlar - anorganik moddalardan tirik organik moddalarni hosil qiluvchilar. Bularga fotosintezlovchi barcha yashil o‗simliklar kiradi.
Profaza - mitoz va meyoz bo‘linishning birinchi fazasi bo‘lib, bunda xromosomalar ko‘rina boshlaydi.
Prokariotlar - shakllangan yadrosi bo‘lmaydigan organizmlar, bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlar.
Rekombinatsiya - meyoz, mitoz bo‘linishi natijasida xromosomalar, genlar- ning yangi kombinatsiyalarini paydo bo‘lishi.
Replikatsiya - DNK molekulalarining ikki hissa ko‘payishi, ikkala komple- mentar polinukleotid zanjirining o‘z-o‘zini aniq paydo qilishi. Bu hodisa interfazaning sintetik davri (S) da matritsa prinsipiga muvofiq bo‘ladi.
Retsessiv - allellar yoki uning tasiridagi belgilardan birini faqat gomozigota holatda namoyon bo‘lishi
Somatik hujayralar - jinssiz hujayralar, ularda xromosomalar to‘plami 2n bo‘ladi.
Spermatogenez - erkak jinsiy hujayralarning rivojlanish jarayoni.
Telofaza - mitoz va meyoz bo‘linishning oxirgi bosqichi.
Transduksiya - xromosoma qismlarining bitta bakteriya hujayrasidan boshqasiga fag ishtirokida o‘tib qolishi.
Transkripsiya -DNK - matritsasi asosida RNKni sintezlanishi.
Translyatsiya - RNK dagi irsiy axborotni oqsil tuzilishiga o‘tkazish.
Xromosoma - hujayra yadrosining ipchalar tuzilishidagi va genlardan tashkil topgan bo‘yaluvchi tana
Zigota - erkak va urg‘ochi gametalarining qo‘shilishidan, ya‘ni urug‘lanish natijasida hosil bo‘ladigan hujayra (murtak).



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling