Biologiyadan masala va mashqlar yechish
Tayanch so’zlar va iboralar
Download 394.11 Kb. Pdf ko'rish
|
'Ochiq dars-11.10.2019 (1)
Tayanch so’zlar va iboralar: Ta’lim – tarbiya, o’quvchilar bilish faoliyati, mantiqiy
fikrlash, odam va uning salomatligi, masala, mashq, ko‘nikma, malaka, nostandart test, nostandart topshiriqlar, hujayra, organoid, oqsil, nuklein kilota, lipid, metobolizm. 1.Ta’lim tarbiya samaradorligini oshirishda masala va mashqlarning о‘rni
Ta‟lim – tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishning eng muhim omillardan biri o‟quvchilar bilish faoliyati va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oshirish hisoblanadi. Ta‟lim jarayonida о„quvchilar tomonidan biologik bilimlarni egallashlarida eng samarali usullardan biri masalalardan foydalangan holda mavzu mazmunini yoritib berishdir. Hozirgi vaqtda har qanday maktab o‟qituvchisi oldida, shu jumladan, biologiya o‟qituvchilari oldida turgan muhim vazifa o‟quvchilarga fanlardan chuqur bilim berish bilan birga ularning mantiqiy fikrlash, oldin o‟zlashtirgan bilimlarini yangi material bilan o‟zaro bog‟liqligini sabab - oqibatlarini anglash, taqqoslash, umumlashtirish kabi qobiliyatlarini rivojlantirish sanaladi. Odam va unig salomatligidan masala va mashqlar hamda turli topshiriqlardan foydalanish natijasida: o‟quvchilarning bilish faoliyati faollashadi; fan asoslarini o‟rganishga bo‟lgan qiziqishlari ortadi; o„quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi; mantiqiy fikrlashlarini rivojlantiradi; o‟quv kursidan olgan bilimlari mustahkamlanadi; biologik jarayonlar va hodisalarning mazmun mohiyati ochib beriladi; avval o‟zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo‟llash; fanlararo bog‟lanishlarni amalga oshirish; nazariya va amaliyot uyg‟unligini ta‟minlash imkoniyati yaratiladi. Odam va uning salomatligi kursida masala va mashqlar juda katta ilmi-amaliy ahamiyatga ega bo„lishiga qaramasdan, bu muammo nazariy jihatdan barcha biologiya o„qituvchilariga manzur bo„ladigan darajada hal qilinmagan. Masala va mashqning tatbiq etishda o„qituvchi va o„quvchi faoliyatining turlari hamda o„quvchilar bilish faoliyatini asos qilib olish kerak, o„quvchilar bilish faoliyatini harakteri o„qituvchining rahbarlik faoliyatiga hamda qaysi darsda qanday masala yoki mashqlardan foydalanish usuliga bog„liqdir. Masalan, o„qituvchi biror mavzu bo„yicha o„quv materialini tushuntiradi va video yoki proektor yordamida shu mavzuga oid rasmlarni ko„rsatib boradi, o„quvchi o„qituvchi so„zlarini tinglab, idrok etadi va rasmlarni ko„zdan kechiradi. Agar o„qituvchishu mavzu mazmun va mohiyatini ochib beradigan
biror masala yoki mashqlarni o„quvchilarga havola etsa, o„quvchilar xotirasida bu mavzu mazmun mohiyati uzoq vaqt saqlanib qoladi. O„quvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish xarakteri o„qib, bilib olish vaqtida masala va mashqlarni tatbiq etish o„quvchilar tafakkuri va hatti – harakatlaridagi mustaqillik hamda faollik darajasini belgilab olishdan iborat. Odam va uning salomatligi kursida o„quvchilarga asosan bilimlarni tayyorholda yoki yangi o„zlashtirgan bilimlarni tasdiqlovchi va aniqlashtiruvchi dalil sifatida olinadigan masala va mashqlar o„quvchilarni ancha mustaqil izlanishlarini oshirishga imkon beradi. O„quvchilarning ko„proq mustaqil fikr yuritishga qaratilgan masala va mashqlar, o„quvchilar tomonidan kuzatishlar olib borishga, mantiqiy fikr yuritishga va xulosalar chiqarish yo„li bilan o„quvchilar o„zlari yangi bilimlar olishini ko„zda tutiladi. Masala va mashqlardan foydalanishda o„quvchilar imkoni boricha ko„proq mustaqil faoliyat ko„rsatsalar, masala - mashqlardan odam va uning salomatligi o„quv fanidagi mavzularni atroflicha tushunib olishga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.Har bir masala yoki mashq didaktik maqsadiga va o„quv materialini mazmunining xususiyatlariga qarab qo„llaniladigan bo„lsa, ta‟lim va tarbiyaiy ahamiyati yanada yuqori bo„ladi. Odam va uning salomatligi kursida foydalaniladigan masala va mashqlar mavzu mazmunini ta‟limiy va ta‟sirchanlik ahamiyatini kuchaytiradi. Ta‟lim jarayonida qo„llaniladigan har qanday usul yoki pedagogik texnologiyalar ma‟lum sharoitlarda o„quv – tarbiya jihatidan yaxshi ta‟sir ko„rsatishi mumkin, lekin imkoniyati bor joyda masala va mashqlardan ko„proq foydalanish juda o„rinli hisoblanadi. Odam va uning salomatligidan foydalaniladigan masala va mashqlar qo„llash usuliga qarab uch guruhga ajaratiladi:
Sinfda barcha o„quvchilar bilan birga ommaviy bajariladigan masala va mashqlar.
O„z bilimini odam va uning salomatligi kursidan chuqurlashtirish uchun harakat qilayotgan va o„zlashtirish darajasi yuqori bo„lgan o„quvchilar bilan birgalikda bajariladigan masala va mashqlar. Biologiya bilan alohida qiziqadigan o„quvchilar bilan sinfdan tashqari mashg„ulotlarda va fakul‟tativ mashg„ulotlarda individual ravishda qo„llanila-digan murakkab masala va mashqlardir.
Download 394.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling