3. Odam va uning salomatligi o’quv kursini o’qitishda masala va mashqlardan
foydalanish metodikasi
Umumiy o‟rta ta‟lim maktablari o‟qituvchilari o‟quvchilarda ilmiy
tushunchalarni shakllantirishda qо„llaniladigan masalalar va mashqlar ixtisoslashgan
xarakterga ega ekanligini hisobga olishlari muhim sanaladi chunki ayrim masalalar
sinfdagi barcha о„quvchilar tomonidan bajariladi, boshqalari esa biologiyadan yaxshi
о„qiydigan, biologiya bilan chuqur shug„ullanishni xohlaydigan о„quvchilarga
beriladi. Shuning uchun о„qituvchi masala va mashqlardan foydalanish borasida
о„quvchilarning individual xususiyatlarini, о„zlashtirish darajalarini ham hisobga
olishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. О„qituvchi yuqoridagilarni hisobga olgan
holda qachon va qayerda masala-mashqlardan foydalanishni, uni bajarish uchun
qancha vaqt ajratishni aniq bilishi kerak.
O’qituvchi yoki o’quvchi biologik masala va mashqlar yechish uchun:
O‟quv material mazmunini puxta egallagan bo‟lishi;
Fanlararo bog‟lanishlarni amalda qo‟llay olishi;
Ilmiy va ommabop materiallardan foydalanish yo‟llarini bilishi;
biologiya o‟quv kursining barcha bosqichlaridan masala va mashqlarning zanjirini
tuzishi hamda uzluksiz ravishda ishlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |