Biologiyadan masala va mashqlar yechish


Download 394.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana09.01.2022
Hajmi394.11 Kb.
#258389
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
'Ochiq dars-11.10.2019 (1)

1-masala.Temurning  tana  massasi  70  kg  bo‟lib,  bir  kunlik  iste‟mol  qilingan 

uglevoddan hosil bo‟lgan jami energiya 2050 kkalga teng. Ozuqadagi kunlik oqsil va 

yog‟  miqdori  teng  bo‟lib,  uglevod  miqdori  ulardan  2,5  marta  ko‟p.  Ovqat  hazm 

qilishga va bir kecha-kunduzda bajarilgan ishga sarflangan energiya miqdorini kkalda 

hisoblab toping?  

Masalaning yechimi:  

Mazkur  masala  8-sinf  Odam  va  uning  salomatligi  darsligidan  o‟rin  olgan 

“Energiya  almashinuvi”  mavzusiga  tegishli  bo‟lib,  uni  ishlash  jarayonida  pedagog 

quyidagilarga e‟tibor berishi lozim: 

1)  Dastlab  pedagog  2050  kkal  uglevod  necha  gr  ekanligini  aniqlashi  zarur. 

Buning uchun darslikda berilgan ma‟lumotlardan 4,1 kkal energiya 1gr uglevodning 

oksidlanishidan  hosil  bo‟lishini  asos  qilib,  2050  kkal  energiyani  4,1  kkal  energiya 

miqdoriga bo‟lamiz va uglevod necha gr ekanligini aniqlaymiz. 

2050 : 4,1= 500 gr uglevodning miqdori. 



2) Endi masala mazmunida noma‟lum bo‟lgan oqsil va yog‟ miqdorini topamiz. 

500 : 2,5 = 200 gr bu esa oqsil va yog‟ning umumiy miqdori. 

3) Uchinchi amal orqali oqsil va yog‟ning alohida massasini topamiz va har biri 

necha kkal energiya hosil qilishini hisoblaymiz. 

a)200 : 2 = 100 grdan oqsil va yog‟ bor ekan. 

b)100 × 4,1 = 410 kkal (oqsil) 

v)100 × 9.3 = 930 kkal (yog‟) 

4) Oqsil, yog‟ va uglevodning umumiy energiyasini aniqlaymiz. 

410 + 930 + 2050 = 3390 kkal umumiy energiya. 

5)Darslikdan bizga ma‟lumki, energiya almashinuvi uch bosqichda boradi ya‟ni: 



birinchi bosqich: asosiy moddalar almashinuviga sarflanadigan energiya; 

ikkinchi bosqich: ovqat hazm qilishga sarflanadigan energiya; 

uchinchi bosqich: bir kecha-kunduzda bajarilgan ishga sarflanadigan energiya.  

Temurning  tana  massasi  70  kg  ligi  masala  mazmunida  berilgan,  bu 

ma‟lumotlarga  tayanib,  asosiy  moddalar  almashinuviga  sarflanadigan  energiya 

miqdorini  aniqlab  olamiz:  (Eslatma:  1kg  tana  massasiga  1  soatda  1  kkal  energiya 

sarflanadi)  

70 × 24 = 1680 kkal energiya asosiy moddalar almashinuviga sarflanadigan energiya 

aniqlangach,  umumiy  energiyadan  ayirsak,  ovqat  hazm  qilishga  va  bir  kecha-

kunduzda bajarilgan ishga sarflangan energiya miqdori kelib chiqadi. 

3390 – 1680 = 1710 kkal  

Javob:  Temur  bir  sutka  davomida  1710  kkal  energiya  ovqat  hazm  qilishga  va 

bir kecha-kunduzda bajarilgan ishga sarflangan. 

 


Download 394.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling