Bioneorganik birikmalar
Aluminiy-organik birikmalar
Download 433.41 Kb.
|
BIONEORGANIK BIRIKMALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oraliq metallar
Aluminiy-organik birikmalar. Davriy sistemaning III gruppa elementlari ichida aluminiyning organik birikmalar muhim ahamiyatga ega. Aluminiy-organik birikmalar litiy yoki magniy-organik birik,alar asosida olinadi:
3 R-Li+AlCI3 R3 Al+3LiCl Nemis olimi K.Siglerning ishlari aluminiy-organik birikmalar kimyosida yangilik bo’ldi. K. Sigler (1955) vodorod ishtirokida alkenlarga aluminiy ta’sir ettirib (3-20 MPa,m 60-100 da) trietil aluminiyni sintez qildi: 3 CH2=CH2+Al+1,5H2 (C2H5)3 Al Bu reaksiya natijasida olingan Al (C2H5)3 stereoregular polimerlanish reaksiyalari uchun eng arzon va muhim kompleksn katalizatorlaridan biri hisoblanadi. Oraliq metallar (Ti, Cr, Mn, Fe, Co, Ni, Pd, Pt) ning bog’lanishli (Me-C1) organik birikmalari juda beqaror bo’lib, ular tezda ozod uglevadorod radikallariga parchlanib ketadi. Lekin oraliq metallar bir qator organic moddalar, ionlar va radikallar bilan barqaror birikmalar hosil qiladiki, bularning tuzilishini odatdagi valentlik nazariyasi asosida tushuntirib bo’lmaydi. Bunday birikmalarga -kompleks deyiladi. -komplekslarda turli oksidlanish darajasiga ega bo’lgan metall elektroakseptor, organic molekula, ion yoki radikallar esa elektrodonor hisiblanadi va ularni ligandlar deyiladi. Uglerod (II) oksidi, alkinlar, allil va siklopentadiyenil radikallari hamda tropiliy kationlari ligandlar bo’lishi mumkin. Birinchi bo’lib platina Pt (II) ning -kompleksi 1827-yilda V.Seyze tomonidan olingan: C H2=CH2+K2 [ PtCl4] +H2O K [C2H4PtCl3]*H2O+KCl PdCl2 ning etilin bilan suvsiz muhitda dimerli -kompleksi hosil qilingan: 2 PdCl2 +CH2= CH2 (C2H4PdCl2)2 -komplekslarning tuzilishlari roentgen struktor tahlili usuli bo’yicha to’liq o’rganilgan . Sanoatda sirka aldegidini olinishi, etillining PdCl2 bilan -kompleks hosil qilish orqali sodir bo’ladi. Download 433.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling