«biotexnologiya» kafedrasi
-amaliy mashg‘ulot:Diktiota va laminariyaning tuzilishi va ko‘payishi
Download 0.86 Mb.
|
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- – Geterogeneratopsida Qabila: Laminariyanamolar – Laminariales Turkum: Laminariya – Laminaria
18-amaliy mashg‘ulot:Diktiota va laminariyaning tuzilishi va ko‘payishi
Bo‘lim: Qo‘ng‘ir suvo‘tlar – Phaeophyta Ajdod: Izogeneratsimonlar – Isogeneratopsida Qabila: Diktiotanamolar – Dictyotales Turkum: Diktiota – Dictyota Ajdod: Geterogeneratsimonlar – Geterogeneratopsida Qabila: Laminariyanamolar – Laminariales Turkum: Laminariya – Laminaria Bu qabila vakillarini vegetativ tallomi bir tekislikda dixotamik shoxlangan bo‘lib, apikal (o‘sish nuqtasi, konusi) vositasida bo‘yiga o‘sadi. Jinssiz ko‘payishi harakatsiz aplanospora (tetrosporalar vositasida, jinsiy ko‘payishi oogomiya usulida boradi. Nasllar almashuvi izomorf . Qabilaning xarakterli vakili sifatida Atlantik okeanining Yevropa qirg‘oqlarida tarqalgan diktiota (Dictiota) bilan tanishamiz. Tallomi lentasimon, dixotamik shoxlangan, shoxlar odatda, bir tekislikda joylashgan. Tallomi substratga silindrsimon ildizpoyadan rivojlangan rizoid yordamida yopishadi. Tallomni har bir lentasimon dixotamik shoxlangan qismida bitta o‘sish hujayrasi bo‘lib, u ko‘ndalanggiga bo‘linib, segmentlar ajratadi. Hosil bo‘lgan segmentlar ham tallomga paralel bo‘lgan ikkita to‘siq bilan bo‘linadi va ichki tomondagi markaziy silindr (o‘zak) hujayrasini tashkil etadi, uni ichki tomonida bittadan hanjarsimon hujayralar joylashadi. Bu hujayralarni ko‘ndalang va uzunasiga bo‘linishi natijasida tallomi eniga o‘sadi. Diktiotaning voyaga yetgan tallomi faqat uch qavat hujayradan tashkil topgan, o‘rta qavat yirik rangsiz hujayralardan tuzilgan bo‘lib, ularda xromatofor juda ham kam uchraydi. Tallomni ust va ost tomonidan xromatoforga boy bo‘lgan mayda hujayralar o‘rab po‘stloqni hosil qiladi. Po‘stloq hujayralaridan bazal meristemaga ega bo‘lgan tukchalar taraqqiy etadi va butun tallom yuzasini qoplaydi. Diktiota ikki uyli o‘simlik. Erkak gametofit (jinsiy nasl) beruvchi individda ko‘p xonali sporangiylar ko‘rinishidagi silindrik shaklli anteridiy taraqqiy etadi. Undan bir xivchinli spermatozoid yetiladi. Urg‘ochi gametofit yuzasida oogoniyalar to‘plami (sorus) hosil bo‘ladi. Urug‘lanishdan keyin lentasimon shakldagi yangi individ hosil bo‘ladi. Bu qabila vakillarini gametofiti (jinsiy ravishda ko‘payuvchi individ) bir-biridan juda ham oz farq qiladi, ular ipsimon o‘simtalar shaklida bo‘lib, reduksiyalangan mikroskopik tuzilishdagi hujayralardan tashkil topgan ba’zilarida jinsiy organlar bo‘ladi. Erkak gametofitda kichkina bir hujayrali anteridiy yuzaga keladi va undan bitta spermatozoid taraqqiy etadi. Urg‘ochi gametofitda bitta oogoniy rivojlanadi, uni ichida bitta tuxum hujayra bo‘ladi. Tuxum hujayra yetilgandan so‘ng, oogoniydan tashqariga chiqadi va urug‘lanadi, shundan so‘ng zigota hosil bo‘ladi. Zigota darhol unadi va o‘sib sporafit nasl beruvchi ko‘p yillik o‘simlikka aylanadi. Sporofit individ 60-100 m uzunlikka ega bo‘lib, morfologik qismlarga ajralgan va murakkab tuzilishga ega. Ko‘pincha laminariyaning sporofiti bargsimon, plastinka, poya va rizoidlarga bo‘lingan bo‘ladi. Rizoidlari bilan suv ostidagi toshlarga, qoyalarga yopishib o‘sadi. Bargsimon plastinkasi bilan rizoidlari orasida interkolyar o‘suvchi zona-meristema joylashadi va uni hisobidan poya va barg plastinkasi bo‘yiga o‘sadi. Ko‘p yillik vakillarida rizoid bilan poya qishlaydi, barg plastinkasi har yili to‘kiladi va har yili bahorda yangi plastinka hosil bo‘ladi. Sporofitda haqiqiy to‘qimalar shakllangan, buni mayda hujayrali tashqi po‘stloq va yirik hujayrali ichki po‘stloqni hosil bo‘lishida ko‘rish mumkin. O‘rtada markaziy o‘zak chigallashgan iplardan tashkil topadi. Ko‘pincha laminariyaning po‘stlog‘ida ko‘ndalang to‘siqlar bilan ajralgan to‘rsimon naychalar bo‘lib, bu naychalarda juda ko‘p teshikchalar joylashgan. Bunday tuzilishga ega bo‘lgan naychalar o‘tkazuvchi to‘qima vazifasini bajaradi. Bu qabilaga laminariya (Laminaria) vakillari misol bo‘ladi. Bu shimoliy dengiz va okeanlarida juda keng tarqalgan. Bularni sporofit nasl beruvchi tallomi o‘lkan bo‘lib, uzunligi bir necha metrga yetadi va bargsimon plastinka, poya, rizoidlarga bo‘lingan. Rizoid va poyasi ko‘p yillik barg plastinkasi har yili to‘kilib o‘rniga yangisi paydo bo‘ladi. Jinssiz ko‘payish vaqtida barg plastinkasini po‘stloq hujayralarida to‘p-to‘p bo‘lib, biruyali sporangiy (soruslar vujudga keladi va uni ichida zoosporalar yetiladi. Bu zoosporalar o‘sib mikroskopik erkak va urg‘ochi (gametofit) o‘simtalarga aylanadi. Qabilaning eng yirik tallomga ega bo‘lgan vakillaridan biri Makrotsistis (Macrosystis) va Nereotsistis (Nereosystis) turlari bilan tanishamiz. Makrotsistis janubiy yarim sharlari dengizlarida tarqalgan bo‘lib, tallomi 60 m uzunlikda, ana shunday tallomni diametri 1 sm gacha bo‘ladi; poyasini pastki qismi silliq, plastinkasimon barglarini ostida havo pufakchalari bo‘lib, bargni suvda qalqib turishida imkon yaratadi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling