Biotsidlar asosiy guruhlarining xarakteristikasi


Download 57.16 Kb.
bet7/16
Sana20.01.2023
Hajmi57.16 Kb.
#1103970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Biotsidlar asosiy guruhlarining xarakteristikasi-fayllar.org

Fungitsidlar
Qishloq xo‘jalik ekinlari va nometall materiallarni zamburug‘-lardan himoyalovchi kimyoviy moddalar fungisidlar deb ataladi. Fungitsidlarning anchasi bakteritsidlik xususiyatiga ega. Biotsidlarning, jumladan fungitsidlarning xususiyatlarini ularning kimyoviy tarkibi va tuzilishi bo‘yicha tasniflarga asoslangan guruhlarda muhokama qilmoq qulay.
Anorganik birikmalar. Anorganik fungitsidlarning aksariyati asosida sellyuloza bo‘lgan materiallar – yog‘och, qog‘oz, tarkibida yog‘och qatlamlari bo‘lgan plastiklar, ip-gazlama va zig‘ir tolalarini
himoyalashda qo‘llaniladi. Ular qatoriga ko‘pincha bor, ftorvodorod va kremniyftorvodorod kislotalarining tuzlari, mis sulfat va natriy dixromat kiradi. Bu tuzlar ko‘pincha bir-biribilan yoki organik birikmalar bilan aralashma sifatida, kam hollarda alohida ishlatiladi.
Natriy kremneftoridNa2SiF6. Yog‘och materiallarini himoya qilishda natriy kremneftorid3,5-4% miqdorda, yoki XMКantiseptik preparati tarkibida 20% gacha miqdorda qo‘llaniladi. Ammoniy
kremneftorid kabi, u ham ochiq havoda yog‘ochdanyuvilib chiqib ketadi va yog‘ochga biochidamlilik bermaydi, ammo yopiq bino ichida himoyalash xususiyatini saqlaydi. Natriy kremneftorid GКJ-11 markali natriy alkilsolikonat asosidagi gidrofobizator bilan birga qog‘oz qatlamli plastiklarni himoya qilish uchun ham ishlatiladi.
Natriy kremneftorid teri ishlab chiqarish sanoatida quruq konservatsiya qilingan xom-ashyoni uzoq vaqt namlash jarayonida 0,75% g/l miqdorida bakteritsid sifatida qo‘llaniladi. Bu birikma (lateks va parda holidagi) lak-bo‘yoq materiallarini faol himoya qila olishi haqida ma’lumotlar mavjud.
Natriy ftoridNaF. U asosan, yog‘och uchun antiseptik sifatida qo‘llaniladi. Natriy ftorid yog‘ochni himoyalash uchun ishlatiladigan ko‘p preparatlarning tarkibiga kiradi: FN-P pastasi (tarkibida 44% NaF mavjud), PAL-F pastasi (46%),PAV-PVA pastasi (46%), XMF preparati (20-30%). Fungitsid sifatida qog‘oz-bakelitplastiklarini himoyalashga ham ishlatilishi mumkin. Natriy ftorid 3-5% li konsentratsiyada КD-4 va КDS markali epoksidkompaundlariga, ularning texnik xususiyatlarini saqlagan holda, chidamlilik beradi.

Insektitsidlar.Insektitsidlar – texnik xom-ashyo va mahsulotlarga shikast yetkazadigan hasharotlarni yo‘qotish uchunishlab chiqariladigan kimyoviy birikmalardir. Hasharotlar organizmiga kirish xarakteriga ko‘ra insektisidlar quyidagi kenja guruhlarga bo‘linadi: 1) hasharotlarning biror qismi bilan kontakt bo‘lganida ularni o‘ldiruvchi kontakt birikmalar; 2) hasharotlarning oziqlanish organlari orqali kirib, ichak orqali ta’sir qiluvchi birikmalar; 3) hasharotlarning nafas olish organlari orqali kiruvchi fumigantlar. Insektitsidlar asosan yog‘och va taxta materiallari, teri va charm xom-ashyolari va ulardan tayyorlanadigan mahsulotlar, jun to‘qimachilik mahsulotlari, arxiv hujjatlari va muzey eksponatlarini termitlar, yog‘och qurtlari, terixo‘r qo‘ng‘izlar va kuyalardan himoyalash uchun ishlatiladi. Bu maqsadda asosan oddiy yoki galogeno‘rinalmashgan karbonvodorodlar va fosforganik birikmalarasosida ishlab chiqarilgan qirib bitiruvchi yoki repellent (qo‘rqituvchi-qochiruvchi) ta’sirli preparatlar qo‘llaniladi. Кeng ommaga ma’lum insektisid preparatlardan biri naftalindir. U kuyaga qarshi vosita sifatida qo‘llaniladi. Insektitsid faolligi yuqoriroq birikmalardan biri n-dixlorbenzoldir. n-Dixlorbenzol teri xomashyosi,kitob va muzey buyumlarini mikroorganizmlar va hasharotlardanhimoyalovchi uchuvchan fungitsid va insektitsid sifatida qo‘llaniladi. U «Antimol» insektitsidi tarkibiga kiradi.
Insektisidlar qatoriga kreozotniham kiritish mumkin. Кreozot dengiz yog‘och qurtlari, termitlar va boshqa yog‘ochni parchalovchi hasharotlarga qarshi samara beradi.
Fosfororganik birikmalar asosida tayyorlangan insektitsid preparatlar ancha keng tarqalgan (19-jadval). Bu guruhga mansub preparatlar dunyoda yiliga 100 000 tonnadan ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi.
Fosfororganik insektitsidlarning ijobiy xususiyatlaridan (xlororganik insektisidlardan farqli o‘laroq) ularningpast xronik zaharliligi va issiqqonli hayvonlar organizmlarida to‘planmasligini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Texnikada bu guruh birikmalari asosan jun, kiygiz, mo‘yna, teri va ulardan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni keratofag hasharotlardan himoyalash uchun ishlatiladi. Bu preparatlarning afzalliklari – tez insektisidlik ta’siri, ishlov berilgan yuzalarda uzoq vaqt davomida qoldiq ta’siri mavjudligi va
issiqqonli hayvonlar va odamlar uchun kam zaharliligidir.

Avitsidlar Qushlardan kimyoviy himoya qilishda ishlatiladigan birikmalar ikki guruhga: katta zarar keltiruvchi qushlarni qirib tashlash uchun qo‘llaniladigan (avisidlar) va qushlarni muayyan obyektlar yoki territoriyalardan qo‘rqitib-qochirish vositalariga (aviarepellentlar) bo‘linadi. Starlitsid DRS-1339 (3-xlor-p-toluidinning gidroxloridi) qushlarga nisbatan tanlab ta’sir qiluvchi zaharlilikka ega bo‘lgan va sutemizuvchilarga nisbatan kam zaharli preparatdir. U chug‘urchuqlar,
qizilqanotli trupiallar va bulbullarga nisbatan samaralidir. Bu kenja guruhga mansub avitsidlardan eng yuqorisamaraga ega bo‘lganlari avitrol-100 (N-oksi-4-nitropiridin) va avitrol-200 (4 aminopiridin) preparatlaridir. Ularning ikkovi ham qushlarga (chumchuqlar, chug‘urchuqlar, kaptarlar, qorayaloqlar, qarg‘asimonlar, baliqchi qush (chayka) lar va b.) nisbatan zaharli, boshqa hayvonlar va odamlar uchun kamroq zaharlidir. Preparatlarning ta’siri 15 daqiqadan so‘ng boshlanadi va 20-30 daqiqa davom etadi. Zaharlangan qushlar vahima ostida chinqiradi va talvasaga tushib, halok bo‘ladi. Bunday hodisa ulardan biri bilan bo‘lganini ko‘rgan gala hosil qiluvchi qushlarning barchasi vahimaga tushadi va uchib ketadi; ular bu dalaga qaytib kelmaydi (repellent ta’sir). Buikki preparat qushlarni bog‘lar, dalalar va aerodromlardan yo‘qotish yoki qo‘rqitib qochirish uchun AQSh da keng qo‘llaniladi. Quruq ob-havo sharoitidarepellentlik ta’sir
bir necha hafta davomida saqlanadi. Avitrol-100 va avitrol-200 preparatlarining ta’siri faqat ishlov berilgan maydonlargagina emas, balki qo‘shni territoriyalarga ham tarqaladi. Кaptarlar va bedanalar bilan o‘tkazilgan sinovlar ko‘rsatishicha, avitrol-200 qushlar organizmlarida to‘planmaydi. Avitrol-200 preparatini 0,34 g/ga me’yorida ishlatish atrof-muhit uchun xavf
tug‘dirmaydi.


Rodentitsidlar
Rodentitsidlar – kemiruvchilar bilan kurashda qo‘llaniladigan biosidlar guruhidir. Biosidlarning bu, nisbatan kichik guruhiga sink fosfid, gliftor, varfarin, ratindan va ba’zi boshqa preparatlar kiradi.
Sink fosfid– Zn3P2. Sink fosfidning kemiruvchilarga ta’siri, aftidan, u hayvon oshqozonidagi xloridkislota ta’sirida parchalanishi va hayvonni zaharlovchi vodorodfosforid ajralib chiqishi bilan bog‘liqdir:
O‘simliklarga qarshi aerodromlar va ularning atrofidagi hududlarda, ishlab chiqarish maydonchalarida, elektr o‘tkazish liniyalari ostida, magistral o‘tkazuvchi trubalar joylashgan yerlarda, temir yo‘llarda va boshqa joylarda quyidagi gerbitsidlarni qo‘llash tavsiya qilinadi:
Imazapir. Bu tanlab ta’sir qilmaydigan, sistemali ta’sirli gerbisid, bir va ko‘p yillik ikki pallali va boshoqli begona o‘tlar, butalar va bargli daraxtlarga qarshi, ta’sir qiluvchimoddasi bo‘yicha0,25-1,7 kg/ga me’yorida qo‘llashga tavsiya etilgan.
Glifosat– N-(fosfometil) glisin. Bu tanlab ta’sir qilmaydigan, sistemali ta’sirli gerbisid, bir va ko‘p yillik ikki pallali va boshoqli begona o‘tlarga qarshi, ta’sir qiluvchi moddasi bo‘yicha 4,3 kg/ga me’yorida, suv o‘tlariga qarshi esa 2,0 kg/ga me’yorida qo‘llashga tavsiya etilgan.


Biotsidlarni qo‘llashdagi talablar va toksikologik nazorat
Har qanday zamonaviy biotsidga qo‘yiladigan talab – zararli biologik faktorlarga nisbatan yuqori samara, u bilan ishlaydigan ishchilarga nisbatan xavfsizlik va atrof-muhitga nisbatan salbiy ta’sir mavjud bo‘lmasligidir. Biotsidlarqo‘llanilishi bilan bog‘liq xavfxatarlar himoyalangan materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda vatayyor mahsulotdan foydalanish jarayonida paydo bo‘lishi mumkin.
Biotsidlar topilishi oson va bahosinisbatan arzon bo‘lishi lozim va ular bilan ishlov berilgan materiallar juda qimmatlashib ketmasligi kerak. Undan tashqari, biosidni qo‘llash materialning fizik-kimyoviy, fizik-mexanik va boshqa xususiyatlariga salbiy ta’sir qilmasligi, eskirishini tezlashtirmasligi, korroziya qo‘zg‘atmasligi, material ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyalarini murakkablashtirmasligi lozim.
Biotsidlarga quyidagi gigienik talablar qo‘yiladi: 1) preparatlar issiqqonli hayvonlar, odamlar va foydali tirik organizmlar uchun kam zaharli bo‘lishi lozim; 2) kuchlikumulyativ hamdakanserogenlik, mutagenlik, embriozaharlilik va allergenlik xususiyatlari bo‘lmasligi kerak; 3) atrof-muhitni ifloslantirmasligi zarur.



Download 57.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling