Bioxilma- xillik tushunchasi va uni atrof-muhit muxofazasidagi o’rni


Download 6.25 Mb.
bet4/10
Sana08.11.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1757003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qirqbo’g’imtoifa o’simliklar bo’limi. kurs ishi

II.Asosiy qism
2.1.O’zbekiston hududining floraviy tuzilishi.
Insonnig kundalik hayotida o'simliklarning ahamiyati juda katta. Chunki o'simliklar muhim tabiiy geografik omil sifatida yer yuzasida suv oqimiga, bug'lanishga, tuproqda nam saqlashga, atmosferaning quyi qismidagi havo oqimiga, shamol kuchi va yo'nalishiga, hayvonlarning hayotiga ham ta'sir etadi.
O'simliklar shahar, qishloq mikroiqlimiga ta'sir etib, havosini tozalab, uni kislorod bilan boyitib turuvchi sanitarlik vazifasini bajaradi.
O'simliklardan har xil kiyim bosh, ichimliklar tayyorlashda keng foydalaniladi. O'simliklar chorva mollar uchun asosiy ozuqa manbai, insonlarga estetik zavq beradi.
O'simliklar jamiyat uchun (agar undan oqilona foydalanib, muhofaza qilib, kayta tiklab turilsa) behisob oziq-ovqat manbai, texnika xomashyosi, tibbiyotda dori-darmon tayyorlash, qurilish va boshqa sohalar uchun, qurilish va boshqa sohalar uchun homashyo resursidir.
1. O'simlklar – bu qayta tiklash mumkin bo'lgan tabiiy resurs hisoblanib, Yer shari geografik qobig'ida muhim rol o'ynaydi. Chunki o'simliklar sayyoramiz yuzining go’yoki bir «kimxob» sifatida qoplab olib, tuproq hosildorligini oshirishda, atmosferani toza saqlashda, daryolarning gidrologik rejimini tartibga solib turishda, inson va hayvonot dunyosi uchun ozuqa moddalar etkazib berishda va inson hayoti uchun normal gigienik sharoit yaratishda muhim vazifani bajaradi.
Yer sharida o'simliklar turi juda ko'p bo'lib, ularning juda oz qismidan kishilar xo'jalik faoliyatlarida foydalanmoqdalar.
2. Inson xo'jalik faoliyatida yangi o'rmonzorlar tashkil etish, madaniy o'simliklarni ko'paytirish, yaylov va o'tloqlar sifatida yaxshilash va territoriyasini kengaytirish hisobiga o'simliklar maydonini ko'paytirib boradi. Buning ustiga ilg'or agrotexnikani qo'llab ekilgan ekinlarda yashil massalar miqdoritabiiy o'simliklarga nisbatan yuqori bo'ladi, yashil o'simlik massalarining miqdori botqoqlik va zahkash erlarni quritish, tuproq sho'rini yuvish, yerlarni sug'orish, o'simliklarga mineral va organik o'g'itlar solish, o'simlik kasalliklariga va zararkunandalariga qarshi kurashish, madaniy o'simliklarni yangi navlarini yaratish orqali ko'paytirib boriladi. Bularning hammasi insonning o'simliklar dunyosiga ko'rsatayotgan ijobiy ta'siridir.
Yog'och bizning asrimizda universal materialga aylanib, undan xalq xo'jaligini turli sohalarida, jumladan oziq-ovqat yetishtirishda, kimyo va yoqilg'i sanoatida, mudofada, madaniy ishlarida, har xil dorilar tayyorlashda ham keng foydalanilmoqda. Agar bundan 30 yil ilgari yog'ochdan 4-5 ming xil narsa tayyorlangan bo'lsa, hozir undan 20 ming xil narsalar ishlanmoqda.
Fan va texnika taraqqiy etgan sari hozirgi zamonda yog'och kimyo sanoatining xomashyo resursiga aylanib qoldi. Kimyoviy yo'l bilan yog'ochdan qog'oz, sun'iy shoyi va jun, tutunsiz porox, sellyuloza, fotokinoplyonkalar, nitrolak, sun'iy charm, plastmassalar, etil va metil spirti, uksus kislotasi, glyukoza, yonuvchi gaz, sun'iy kauchuk va boshqa juda ko'p mahsulotlar olinmoqda. 1 m3 yog'ochni kimyoviy yo'l bilan qayta ishlaganda quyidagi mahsulotlarni olish mumkin: 200 kg sellyuloza yoki 200 kg qog'oz, yoki 6000 m3 sellofan yoki 5-6 l yog'och spirti, yoki 20 l sirka kislotasi yoki 70 l vino spirti, yoki 160 km sun'iy tola.
O'rmonlar kishilik hayotida oziq-ovqat manbai hamdir. Chunki juda ko'p daraxtlar sifatli meva (kedr, grek va pekan yong'og'i, non daraxti, kakao daraxti, yovvoyi olma, olcha, do'lana, bodom, pista va boshqalar) beradi. So'nggi paytlarda o'rmondan kimyoviy yo'l bilan yog'ochdan qand moddasi ham ajratib olinmoqda.
1 t yog'ochdan gidrolizlash yo'li bilan 550-650 kg gacha qand olish mumkin. Shuningdek, yog'ochdan oqsil va vitaminlarga boy bo'lgan achitqilar ham olinmoqda.
O'zbekistonda dorivor o'simliklar juda ko'p bo'lib, eng muhimlari shalfey, etmak, ermon, itjumrut, gazanda, suvqalampir, qoqi o't, momaqaymoq, na'matak, itburun, bangidevona, rovach, yantoq, zira va boshqalar. Shuningdek O'zbekistonda yovvoyi holda o'suvchi foydali o'simliklardan pista, bodom, do'lana, olcha, yong'oq, shashir, tog'asiz, qamish kabilar ko'plab o'sadi. 
O’zbekistoning o’simlik olami 4000 tadan ortiq o’simlik turlarini o’z ichiga oladi. O’simliklar turlarining 20% qismi – endemik turlardir (boshqa hech qayerda uchramaydi); ularning ko’pchilik qismi tog’larda o’sadi. Dashtlar va sahrolarning o’simlik olami asosan o’ziga xos butalardan tarkib topgan. Pasttekisliklarda daraxt, buta, o’tsimon o’simliklar kuchli rivojlangan. To’qaylar uchun qamish va qandim o’simliklari xosdir.
Tog’ oldi tekisliklarining manazarlarida o’tlar o’sadi, daraxtlar yo’q, butalar asosan suv oqadigan joylarda uchraydi. Bu yerda piyozlilarning har xil turlari, lolalar, ravoch, safsargul o’sadi. Balandroq joylashgan tekisliklar – bu qora-qo’ng’ir tuproqlardagi quruq, turli o’t o’simliklari o’sadigan dashtlardir. Toshli joylarda butalar ham o’sadi – bodom, kavrak, turli o’tlar.
Qir-adirlarda va past tog’li joylarda asosan qimmatbaho daraxt turi – zarafshon archasi o’sadi. Shuningdek bargli daraxtlar turlari ham keng tarqalgan: do’lana, chinor, jiyda, yovvoyi olma turlari, yong’oqlar, pista, qayin, terak, olcha turlari ham o’sadi. Past tog’li joylar butasimon o’simliklarga juda boy: archasimon butalar, na’matak, tavolga, yovvoyi uzum, zira juda mo’l. O’tlarning turlari ham juda xilma-xil: marmarak, zizifora, ravoch, shovul, lola va boshqa lolaguldoshlar, piskom piyozi (qimmatbaho dorivor o’simlik).



Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling