Bioxilma- xillik tushunchasi va uni atrof-muhit muxofazasidagi o’rni
Bo’lim vakillarining tuzilishi va tarqalish areali
Download 6.25 Mb.
|
Qirqbo’g’imtoifa o’simliklar bo’limi. kurs ishi
2.3. Bo’lim vakillarining tuzilishi va tarqalish areali.
Dala qirqbo'g'imi ko‘p yillik, ildizpoyali o‘t o'simlik bolib, u asosan botqoq, o'tloq, daryo va ariqlar bo‘ylarida uchraydi. Poyasining balandligi 10-50 sm. Poyaning yer ostki qismi ildizpoyaga aylangan. Ildizpoya ham o‘z navbatida yer ustki qismi kabi bo'g'imlarga bolingan. Ildizpoya bo‘g‘imlarida tuganak va mayda ildiz tutamlari hosil boladi. Tuganaklar zaxira ozuqa moddalar saqlashga moslashgan. Ildizpoyadan o‘sib chiqqan yer ustki novdalar ikki xil: erta bahorgi va yozgi. Bu novdalar tashqi morfologik tuzilishi jihatidan bir-biridan alohida ajralib turadi. Erta bahorgi novdalar qoramtir yoki qo‘ng‘ir rangda boladi. Bu novdalarning bo‘g‘imlarida shaklan o'zgarganini bir-biri bilan qo'shilib, naysimon qin hosil qilgan o'lkir uchli mayda barglari borligidan bilish mumkin. Novdalarning uchki qismlarida bir nechta sporofillardan (sporangiofor) tashkil topgan, shakli duksimon tuzilishga ega bolgan mikrosporali boshoqchalar vujudga keladi. Har bir sporofil 3 qismdan - olti qirrali lappak, qisqa oyoqcha va uning 25 atrofida joylashgan 8-10 ta sporangiydan iborat. Sporangiylar ichida shakl jihatdan teng bo'lgan elaterali sporalar hosil bo'ladi. Sporalar elateralar yordamida tashqariga tarqaladi. Shuning bilan bahorgi novdalar quriydi. Bundan so'ng, ildizpoyadan hosil bo'lgan yozgi (vegetativ) novdalar ham o'z navbatida bo'g'im va bo'g'im oraliqlariga bo'lingan. Har bir bo'g'imda halqasimon tarzda joy olgan yon novdachalar bor. Bular ham o'z navbatida bo'g'imlardan tashkil topgan. Bo'g'imlarda hosil bo'lgan barglar mayda bo'lib, ular deyarli xlorofil donachalarga ega emas. Shu tufayli assimilyatsiya jarayoni novda va yon novdachalarda amalga oshadi. Yozgi novdalar to kech kuzgacha saqlanib qoladi va kelgusi yilni yer ustki qismi uchun ozuqa moddalar to'playdi. Dala qirqbo'g'imi vegetativ va sporalar yordamida ko'payadi. Vegetativ yo'l bilan ko'payganda ildizpoya va tuganaklar ishtirok etadi. Sporalar yordami bilan ko'payishi otalik va onalik gametofitlari hosil bo'lishi bilan boradi. Sporalar sirtdan bir-biridan farq qilmasa ham, lekin ular ichki tuzilishi - fiziologik jihatidan farq qiladi. Shuning uchun sporalar nam yerga tushgandan so'ng, ba'zi birlari o'sib otalik gametofit, boshqalari esa onalik gametofitlarini hosil qiladi. Lekin bu doimo saqlanib qoladigan farq bo’lmay, tashqi muhit ta'sirida otalik gametofitlarida arxegoniylar, onalik gametofitlarida esa anteridiylar hosil bo'lishi ham mumkin. Har ikkala gametofit tasmasimon uzun yoki qisqa bo'laklarga bo'lingan yashil ko'rinishda bo'ladi. Otalik gametofitlari onalik gametofitlariga nisbatan kichik. Ularda anteridiylar yuzaga kelib, ko'p xivchinli spermatozoidlar yetiladi. Onalik gametofitida arxegoniylar rivojlanadi. Arxegoniy tuxum hujayrasini otalanishi natijasida zigota hosil bo'lib, undan yangi qirqbo'g'im o'simligi, ya'ni sporofit nasl o'sib chiqadi. Otalanish suv yordamida rivojlanadi. (2.3. 5-rasm) Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling