2.2. 1rasm. Dala qirqbo’g’imi yozgi poyasi(Equisetum arvense).
2.2. 2-rasm. Dala qirqbo’g’imibahorgi poyasi (Equisetum arvense).
Bu o`simlik bizning sharoitimizda cho`l mintaqasidan to tog`gacha bo`lgan yerlarda, buloq, ariq, ko`l va daryo bo`ylarida o`sadi. Bo`yi 20-35 (100 sm). Dala qirqbo`g`imi 2 xil novda hosil qiladi. Bahorgi (generativ) novda– qo`ng`ir rangda va yozgi–o`suvchi (vegetativ) novda–yashil rangda bo`ladi. Bahorgi novdadagi barglar reduktsiyaga uchragan. Novdaning uchki qismida spora hosil qiluvchi boshoqlar hosil bo`ladi. Boshoqlar sporangiyaforlardan tashkil topgan. Sporangiyaforlar 3 qismdan iborat: a) olti qirrali qalqon, b) oyoqcha, v) 8-10ta sporangiylar. Sporangiylar ichida shakl jihatdan teng bo`lgan elaterali sporalar hosil bo`ladi. Sporalar 3 qavatdan tuzilgan: a) ichki (itina), b) o`rta (ekzina), v) tashqi (perina). Sporalar etilib tashqariga sochilishdan oldin, tashqi perina qavatdan qoshiksimon ipcha-o`simta (elatera) o`sib chiqadi. Uning vazifasi sporalarni sochilib turushiga yordam beradi. Sporasi tashqi morfologiyasi bo`yicha bir xil bo`lsa ham, ichki fiziologiyasi va bioximiyoviy tarkibi jihatdan har-xil. Shu sababdan yangi rivojlangan gametofit ayrim jinsli bo`ladi. (2.2. 2-rasm)
3. Ahamiyati: Dala qirqbo`g`imi dorivor o`simlik sifatida xalq tabobatida ko`p ishlatiladi. Uning poyasi tarkibida ekvizetonin, saponin, nikot alkaloidlar, kislotalar, smola, oshlovchi va boshqa moddalar bor.
Xalq tabobatida qirqbo`g`im damlamasi qon to`xtatuvchi, dori sifatida, o`pka sili, buyrak, yurak kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Bulardan tashkari yer ustki qismi idishlarni tozalashda ham ishlatiladi. Chunki uning poyasi har-xil zarracha va qumlarni o`ziga singdirib olishi xususiyatiga ega. (2.2. 3-rasm)
2.2. 3-rasm. O’rmon qirqbo’g’imi (Equisetum sylvaticum)
Bu bo'lim vakillari poyasining bo'g'im va bo'g'im oraliqlariga bolinganligi bilan spora hosil qilib ko'payuvchi o'simliklardan farq qiladi. Bo’g’imlaridan chiqqan barglar mayda, poyada to‘p-to‘p bo’lib, mutovkasimon joylanishga ega bolib, ko'pincha mana shunday holda tafovut qilinadi. Bu bo’limning asosiy ajdodlari: Gieniyasimonlar - (Hyeniopsida), Ponabargsimonlar - (Sphenopnyllopsida), Qirqbo‘g‘imsimonlar - (Equisetopsida).
Do'stlaringiz bilan baham: |