Bioxilma- xillik tushunchasi va uni atrof-muhit muxofazasidagi o’rni
Download 6.25 Mb.
|
Qirqbo’g’imtoifa o’simliklar bo’limi. kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalamitnamolar
- Qirqbo`g`imnamolar
2.3. 4-rasm. Dala qirqbo’g’imi
2.3. 5-rasm. O’rmon qirqbo’g’imi (Equisetum sylvaticum) 2.3. 6-rasm. O’rmon qirqbo’g’imi (Equisetum sylvaticum) 2.4. Qirqbo’g’imsimonlar sinfiga kiruvchi turkum va turlartarkibi. Qirqbo`g`imsimonlar sinfi. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek bu sinf vakillari poyasining rosmana bo`g`im va bo`g`im oraliqlariga bo`linganligi bilan xarakterlanadi. Bu sinf ikkita qabilaga bo`linadi. 1. Kalamitnamolar qabilasi – Calamitalis 2. Qirqbo`g`imnamolar qabilasi - Eqvisetales 1. Kalamitnamolar qabilasiga mansub o`simliklar hozirgi davrida yo`qolib ketgan, poleozoy erasining devon, toshko`mir davrlarida yashagan o`simliklar hisoblanadi. Bularning bo`yi 30-40 metrga yetadigan daraxtlar bo`lgan. Shoxlari yirik va mayda bo`lib, mayda shoxlarida, barglar halqasimon bo`lib joylashgan. Poyasida kambiy ma`lum darajada rivojlangan. Kalamitnamolar (Calamitales)- qirilib bitgan boʻgʻim tanali oʻsimliklar qabilasi; ulkan qirqboʻgʻimlarni eslatadi. Boʻyi 8—12 m, diametri 0,5—1 m boʻlgan. Poyasi boʻgʻimlar (tugunlar) bilan boʻgʻim oraliqlariga ajralgan. Novdalarining boʻgʻimlarida shoxlari yoki bir tomirli oddiy chiziqsimon barglari toʻp-toʻp joylashgan. Kalamitnamolarning sporali qubbalari galma-gal joylashgan mevalaydigan va mevalamaydigan (steril) barglardan iborat boʻlgan. Kalamitnamolaranatomik tuzilishiga koʻra, qirqboʻgʻimlardan ikkilamchi yogʻochining kuchli rivojlanganligi bilan farq qilgan, lekin tanasi oʻzakning barvaqt yemirilishi natijasida qirqboʻgʻimlarning poyasidek gʻovak boʻlgan. Kalamitnamolarning asosiy turkumi— Calamites 3 kenja turkumi boʻlgan. Sodda Kalamitnamolar(osterokalamitlar) devon davrining oxirida paydo boʻlib, toshkoʻmir davrining oʻrtasida qurib bitgan. Ularning oʻrnini asl kalamit egallab, bular ham oʻz navbatida perm davrida yoʻq boʻlib ketgan. Kalamit tropik zonaning past va koʻpincha,botqoq yerlarida juda koʻp tarqalgan edi. 2.Qirqbo`g`imnamolar qabilasiga hozirgi davrda yashayotgan ko`p yillik o`t o`simliklar kiradi. Bu qabila bitta oila- qirqbo`g`imdoshlar (Equisetaceae), bitta turkum qirqbo`g`im (Equisetum), turkum esa 30 ga yaqin turdan iborat. Ulardan keng tarqalgani dala qirqbo`g`imi (Equisetum arvense). (2.4. 7-rasm.) Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling