Биринчи боб


Download 0.83 Mb.
bet12/26
Sana16.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1501242
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
O\'quv qullanma Karimova M. final

to bell the cat – tavakkal qilmoq.
ugly duckling – irkit o‘rdakcha.
sister Ann – sodiq do‘st.
to fight with the windmills – xayoldagi dushman bilan urishmoq.
Taqdim etilgan misollar frazeologik ekvivalentlardan foydalangan holda tarjima qilingan.
Masalan, ushbu frazeologik birliklar sinonimdir:
to breathe one's last; to cross the river ;
to pass beyond the veil; to go of the hooks;
to join the great majority;
to hop the twig – “o‘lish” degan umumiy ma’nosiga ega.
Frazeologizmlarni umumiy ma’nosiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

  1. Shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari:

the prodigal son – adashgan o‘g‘il
to think one is the cat's whishers (ekvivalent) – yerning kindigi
an open-handed person (ekvivalent) – saxiy odam
to be as hard as nails – qo‘rs
2. Shaxsning ruhiy holati:
to be bananas – banan kabi.
to be at one's best – yaxshi kayfiyatda bo‘lish.
3. Qiymat – insonning mahorati, uning aqliy qobiliyatlari ijobiy va salbiy qiymatlarga ega:
- Jack of all trades – qo‘li gul usta.
4. Odamning yoshi:
- with one foot in a grave – qari odam haqida; Bir oyog‘i go‘rda.
to be still wet behind the ears – yosh odam haqida.
5. Moliyaviy ahvol:
- live from hand to mouth – extremely poor – yalangoyoq
- to be made of money – pichog‘i yog‘ ustida.
6. Tashqi ko‘rinishi:
- the pink of perfection (ekvivalent) – mukammallikning cho‘qqisi.
Til inson ongi tuzilishining ajralmas tomoni, inson ongi jarayonlarining aksidir. Har bir paremiologik birlikning o‘ziga xos tarixi bor, qiziqarli o‘ziga xosligi bor. Shu bilan birga, paremiyalar tilda konseptualizatsiyani yorqin aks ettiradi.
“Konsept” atamasi bugungi kunda juda keng tarqalib, bir qator fanlarga, shu jumladan tilshunoslikka ham kirdi. Ushbu atamaning keng qo‘llanilishi asosan lingvistik semantikaning mavzu doirasi sezilarli darajada kengayishi va tilshunoslikning boshqa fanlar bilan faol hamkorligi bilan bog‘liq. Ushbu hamkorlik natijasida tilshunoslik ma’noning mavhum bir hodisa sifatidagi talqinidan uzoqlashdi.
Har qanday konsept bu ko‘p qirralidir, unda tushunchaga qo‘shimcha ravishda baholovchi, majoziy, hissiy tarkibiy qism mavjud. Bunday holda, konseptual element voqelikdagi obyekt to‘g‘risidagi haqiqiy ma’lumotni bilish uchun asos sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.
O.E. Filimonova fikriga ko‘ra, ko‘p o‘lchovli mental shakllanish – konsept – uchta muhim jihatga ega – obrazlilik, konseptuallik va qiymat. Konseptning obraz tomoni – xotirada aks ettirilgan obyektlar, hodisalar, hodisalarning ko‘rish, eshitish, ta’m bilish orqali yig‘ilgan va boshqa xususiyatlari bilan bog‘liq51.
Konseptning konseptual tomoni – bu uning lug‘aviy belgilanishi, tavsifi, ta’rifi; ushbu konseptning boshqa tushunchalar to‘plamiga nisbati xususiyatlaridir. Konseptning qadriyat tomoni, shaxs uchun ham, guruh uchun ham aqliy ta’limning muhim qismidir. Bu yoki boshqa tushunchani ajratib ko‘rsatish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Konseptning obrazli elementlari insonning dunyoqarashini, voqelikning obyektlari va hodisalariga munosabatini aks ettiradi. Bu elementlar ustunlik qiladigan konseptlar mavjud bo‘lib, ular voqelik to‘g‘risidagi shaxsning individual va jamoaviy g‘oyalarini umumlashtiradi. Bunday tushunchalar odatda hissiy – emotsional deb ataladi.
Ular inson ongida ichki dunyo haqida konseptual doirani tashkil etadi. Emotsional konseptning N.A. Krasavskiy tomonidan berilgan yanada aniq ta’rifida, ushbu konseptning o‘ziga xos turi “ma’lum bir konseptual asosga asoslangan etnik, madaniy jihatdan aniqlangan, tarkibiy-semantik, leksik va frazeologik og‘zaki hosila” deb baholangan hamda konseptga qo‘shimcha ravishda imij va madaniy qadriyatlarni ham o‘z ichiga olishi ko‘rsatilgan52.
Emotsional konsept madaniy konseptning o‘ziga xos turi bo‘lib, uning barcha xususiyatlariga, shuningdek, qo‘shimcha hissiy va qiymat xususiyatlariga ham ega. Bu insonning baholash imkoniyatiga asoslanadi, uning bilim faoliyati uning atrofidagi voqelikni baholay olmaydi. Ya’ni insonning hissiyotlari uning bilimidan kelib chiqmaydi.
Shu bilan birga, madaniy konsept leksik, frazeologik, paremiologik birliklar, nutqiy etiket shakllari bilan ifodalanadigan ko‘p qirrali ma’nolar tarmog‘idir.
Hissiy konseptlar tuzilishiga ko‘ra bir xil emas, chunki ular tabiatan farq qiladigan hodisalarni aks ettiradi. Emotsional konsept muayyan hissiyotni boshdan kechiradigan vaziyatni aks ettiradigan tushuncha sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Zamonaviy lingvistik tadqiqot yo‘nalishlaridan biri bu dunyoning global lisoniy manzarasini tashkil etadigan hissiy tushunchalarni o‘rganishdir.
Emotsional konsept tushunchasining ta’rifi hodisani uning tubida –hissiyotlarning o‘zida o‘rganishni nazarda tutadi. Tuyg‘ular insonning psixik hayotini shakllantiradi. Hissiy konsept, aslida, biz his qiladigan hamda his tuyg‘ularimizni anglaydigan vositamizdir.
Paremiyalar dunyoning hissiy lisoniy manzarasini ham ajratib turadi.
Emotsional konsepsiyaning milliy o‘ziga xosligi ma’lum bir jamiyatning rivojlanishi, shakllanishi davrida tarixiy ravishda shakllangan urf-odatlar bilan belgilanadi.
Bu shaxsning ma’lum bir obyekt yoki hodisa haqida o‘ylashi voqelikning u ko‘rayotgan, unga xos tasvirlariga asoslanadi va uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri verbal shakllanishiga olib keladi. Bu jarayonda paremiyalar o‘rnini “g‘azab” emotsiyasi misolida ko‘rib chiqsak.
Gʻazab – universal tuyg‘u bo‘lib, barcha millatlarda uchrasa-da, o‘ziga xos jihatlarga ham ega. Ingliz tilida g‘azabning quyidagicha ichki bo‘linishlari kuzatiladi:
- kuchli, nazorat qilib bo‘lmaydigan g‘azab – fury, rage;
- yuzaki, inson xarakteriga bog‘liq g‘azab – irritation;
- maqsadga erisholmaslik kabilardan chiqqan, aniq obyekti yo‘q g‘azab –frustration.53
Gʻazablanish ingliz lisoniy ongida hayvonlarga ham xos: ) the dog‘s anger was apparent (it g‘azablangani aniq ko‘rinardi yoki itning jahli chiqqani aniq ko‘rinardi)54.
Albatta, o‘zbeklarda o‘ziga xoslik kuzatilgan o‘rinlar ham, inglizlar bilan o‘xshash tomonlar ham bor:
Gʻazab o‘zbeklarda obyektsiz bo‘lmaydi. Gʻazab insonga xos konsept bo‘lib, hayvonlarga tatbiq etilmaydi.
“Gʻazab” – mavhum tushuncha, aniq otlarning tushunchalariga qaraganda ko‘proq individualdir. Leksikografik manbalarda bu leksemaning ta’rifi quyidagicha keltirilgan:
“1. Feeling of extreme hostility; rage (haddan tashqari dushmanlik);
2. wanting to fight back (qarshilik ko‘rsatish istagi);
3. A strong feeling of annoyance, displeasure (kuchli bezovtalik, norozilik hissi);
4. A strong emotion, state of being angry (kuchli tuyg‘u, g‘azablanish holati);
5. Belligerence aroused by a real or supposed wrong (adolatsizlik sabab kelib chiqadigan jangovar holat)”55.
Umumiy sema ostiga yig‘ilgan maqol va matallar orasida salbiy emotsiya, g‘azablanish holati quyidagilarda ko‘rinadi.
Anger dies quickly in a good man (Gʻazablangan odam o‘ldirilmagan hayvondir).
Anger is a short madness (Gʻazab va nafrat barcha gunohlarning ota-onasidir).
A snappish dog usually has torn ears (Gʻazablanganda adolatli bo‘lish qiyin).
To be angry is to punish yourself for another's sins (Yomon g‘azabdan suyaklar qaqshaydi).
He is a fool who can not be angry but a wise man who will not (Gʻazablangan hech qachon to‘ymaydi).
Jangovar holat, qarshilik ko‘rsatish, kurashish istagi ifodasi ham shu doiraga kiradi:
Evil doers are evil dreaders – Yovuz kimsalar qo‘rqinchlidir.
When guns speak it is too late to argue – Qurollar gapirganda, bahsga hojat yo‘q.
Do not strike a man when he is down, offenders never pardon, he who lives by the sword dies by the sword – Yiqilayotgan odamni urmang.
One fire drives out another – Bir olov boshqasini haydab chiqaradi.
Shunday qilib, “g‘azab” emotsional konsepti nominatsiya, tavsif va ifoda orqali paremiologik darajada gavdalantirilishi mumkin. Konseptni tahlil qilish uning asosiy konseptual va qiymat mazmunini – salbiy hissiy holatni ko‘rsatishga xizmat qiladi. Quyidagi matnda ham aforizmlarning “g‘azab” emotsional konseptini ifodalash holatiga guvoh bo‘lish mumkin:

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling