Биринчи боб
Xushmuomalalik – birovga yaxshi muomalada bo‘lish
Download 0.83 Mb.
|
O\'quv qullanma Karimova M. final
Xushmuomalalik – birovga yaxshi muomalada bo‘lish:Rixsivoy akaning xushmuomalalik odati hamsuhbatiga qattiq gapirishga imkon bermadi.(R. Fayziy “Cho‘lga bahor keldi”)46.
Ingliz tilida so‘zlashadigan jamiyatda madaniyatli odamlar muloyimlikning turli darajalarida – rasmiy, neytral va norasmiy munosabatda bo‘lishadi. “Har bir xushmuomalalik darajasi o‘ziga xos nutq uslubiga mos keladi, shuning uchun barcha muloyim so‘zlar va iboralarni stilistik xususiyatga ko‘ra va shunga mos ravishda rasmiy, neytral va norasmiy nutq uslublariga ajratish mumkin. Rasmiy darajadagi muloyim aloqa rasmiy sharoitda amalga oshiriladi, bunda yoshi ham, jinsi ham, shaxsiy qadr-qimmati ham hisobga olinmaydi, ammo suhbatdoshlarning ijtimoiy mavqei va ular egallab turgan lavozimlar muhim ahamiyatga ega”47. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, maishiy xizmat ko‘rsatish va shu kabi muassasalarda, tashkilotlarda, ishbilarmon doiralarda rasmiy muloyimlik darajasi nihoyatda muhimdir. Suhbatdoshlarning xatti-harakatlari va niyatlarining ijtimoiy holati ularning uyda, do‘stlar davrasida yoki notanish odam bilan tasodifiy muloqotda bo‘lgan nutq harakatlaridan farqli ravishda shakllanadigan nutq xatti-harakati uslubida namoyon bo‘ladi. Rasmiy sharoitda rasmiy xushmuomalalik darajasidan foydalanmaslik, suhbatdoshga nisbatan hurmatsizlik va nizolarga olib kelishi, hatto ularning rasmiy munosabatlariga xalaqit berishi mumkin. Shuning uchun, rasmiy va odob-axloq qoidalari talab qiladigan joylarda xushmuomalalikka qat’iy rioya qilish kerak. “Neytral darajada, notanish odamlar, shuningdek rasmiy yoki oilaviy munosabatlarga ega bo‘lmagan tanish odamlar orasida muloyim muloqot bo‘ladi. Xushmuomalalik darajasi oilada, shuningdek, do‘stlar o‘rtasidagi muloqot uchun xosdir”48. Ingliz an’analari haqida gap ketganda, shuni ta’kidlash kerakki, Angliyada eng mashhur ichimlik choy hisoblanadi. Inglizlar choy tayyorlashda va choy ichishda o‘zlarini juda yaxshi tutadilar.Shu sababli, choy komponentiga ega xilma-xil frazeologik birliklarni ingliz tilida uchrashi ajablanarli emas. Xatto shunday odat borki, inglizlar ertalabki soat 11gacha va yana kechqurun 5 dan 6 gacha choyxo‘rlik qilishadi49.Ingliz tilida “bir piyola choy” iborasi bilan bog‘liq bir nechta idiomatik iboralar mavjud: cup of tea50 – bir piyola choy, shaxs, kibor ayol. Idiomaning kengayishi yangi ma’no ottenkalarini yuzaga chiqishiga sabab bo‘ladi:
Denotativ va konnotativ ma’nolarga qo‘shimcha sifatida, ko‘plab iboralarning ham tarkibiy qismlari odatiy tarkibdan kelib chiqadigan umumlashma ifodaga, tasvirga xosdir: between wind and water – shamol va suv o‘rtasida – “eng himoyasiz joyda”. Ushbu turdagi assotsiativ majoziy birikmalar ham paremiologik fon tarkibiy qismidir. Ko‘pgina idiomalar mashhur adabiy asarlardan, xususan, folklor janrlariga yaqin masallardan kelib chiqqan. Tabiiyki, bunday frazeologik birliklarning dastlabki maydoni asl syujet va tasvirlar bilan chambarchas bog‘liq: Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling