Birinchi fasl kirish birinchi bo‘lim


Download 91.98 Kb.
bet3/14
Sana25.04.2023
Hajmi91.98 Kb.
#1398663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
I 1 Бадиий матннинг лингвистик экспертизаси 2

Etnik kamsitish. Etnik kamsitish – bu etnik dominant guruh aʼzolarining qobiliyatlari bilan teng boʻlgan etnik ozchilik aʼzolariga imtiyozlar berish, obroʻ-eʼtibor va hokimiyatini asossiz ravishda rad etish.
Irqchilik. Irqchilik – bu odamlar oʻrtasidagi ijtimoiy ahamiyatga va jismoniy farqlarga ega bir irq yoki etnik guruhning boshqasidan ustunligiga ishonishga asoslangan xurofot, munosabat va jarayon.
Irqchilik ham indvidual, ham institutsional darajada mavjud boʻlishi mumkin.
Institutsional irqchilik – bu jamiyatning tuzilishi va faoliyatiga asoslangan irqchilik, yaʼni ijtimoiy institutlar. Yaʼni bir etnik guruhni qoʻllab-quvvatlaydigan va boshqalarni kamsitadigan siyosat olib borish (politsiya). Institutsional irqchilik irqchilikning bexosdan, ongsiz koʻrinishlari toifasiga kiradi. Institutsional irqchilikning namoyon boʻlishi nafaqat IIV xodimlariga xos, balki u boshqa jamoat va xususiy muassasalar faoliyatida ham aniqlangan. Shunday qilib, institutsional irqchilik turli irqiy va etnik guruh vakillarining ijtimoiy tengsizligini koʻpaytirishga katta hissa qoʻshadi. Institutsional irqchilik tushunchasi – jamiyatning tashkiliy tuzilmalariga asoslangan irqiy va etnik tengsizlikni koʻpaytirishning tizimli jarayonlarini taʼkidlaydi. Ushbu konsepsiyaning zaifligi unndagi ilmiy qatʼiylikning yetishmasligi. Nima boʻlganda ham irqchilik koʻplab sabablar va koʻrinishlarga ega boʻlgan koʻp qirrali hodisa va analitik ravishda institutsional va indvidual irqchilikni farqlash juda muhim.
Hozirgida odamlarning tabiiy tengsizligi haqidagi gʻoyalarga asoslangan klassik irqchilik siyosiy va intellektual hayotning atrofiga oʻtgan boʻlsa-da, zamonaviy jamiyat hayotidan yoʻqolmadi. Eski irqchilik oʻrnini turli irqiy guruhlarning madaniy tengsizligi gʻoyalari bilan bogʻliq yangi irqchilik egalladi.
Yangi irqchilik madaniy ustunlikni emas, balki irqlarning farqlarini koʻrsatadi va boshqa madaniyatga nisbatan dushmanlik odatiy va hatto odamlar uchun madaniy nomuvofiqlikka javoban ular oʻz qoidalari bilan yashash istagini tabiiy his qilganda zarur. Yangi irqchilik shakllaridan biri ksenofobiya – begona, gʻayrioddiy narsalardan qoʻrqish.

Download 91.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling