Birinchi fasl kirish birinchi bo‘lim
Adabiy tildan shevani farqlash tamoyili
Download 91.98 Kb.
|
I 1 Бадиий матннинг лингвистик экспертизаси 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kim qaysi qavmga oʻxshashga intilsa, qiyomat kunida oʻsha qavmdan boʻlib tiriladi
- Albatta, Robbim oshkora va yashirin fahsh ishlarni harom qildi
Adabiy tildan shevani farqlash tamoyili kabi.
Ekstremizmga qarshi kurashish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha ekspert amaliyotida badiiy matnlar tobora koʻproq tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda: bular nasriy matnlar (masalan, “Qir ustidagi ayol” romani) va dramatik matnlar (masalan, Xoliq Xursandovning “Oʻlding, aziz boʻlding” dramasi (Muqimiy nomidagi oʻzbek davlat musiqali drama teatri) hamda sheʼriy (sheʼrlar, qoʻshiq matnlari, nashr etilgan sheʼriy toʻplamlar va qoʻshiq albomlari hamda kliplar shaklida taqdim etilgan. Koʻpincha, ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan sahifalar) matnlar kabi. Badiiy asar baʼzan ekspertlar eʼtiboriga shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni targʻib qilish, pornografiyani tarqatish hamda matnlarni lingvistik yoki psixolingvistik ekspertiza qilish bilan bogʻliq boshqa toifadagi ishlar bilan bogʻliq holda yuzaga kelgan. O.N.Matveevaning fikriga koʻra, “umuman lingvistik ekspertiza bilan bogʻliq hal etilmagan muammolar maʼlum bir obyekt orqali murakkablashadi. Bunda talqin qilishda uzoq vaqtdan beri mavjud boʻlgan filologik anʼanalar va taxminlar mavjud. Muammo oʻrganilayotgan obyektning oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan qator savollarni oʻz ichiga oladi. Muallifning badiiy asardan foydalanishi uni javobgarlikdan qutqaradimi? Qutqarsa, qanday sharoitlarda? Badiiy matnning lingvistik ekspertizasi doirasidagi malakasi uning filologik talqini anʼanalarigami yoki boshqa taxminlargami asoslanadi? Badiiy asar qahramonlarini, jumladan, muallifni ham real odamlar bilan bogʻlash qay darajada mumkin?35 Albatta, adabiy matnni tahlil qilishda muallif, hikoya qiluvchi va personajni farqlash kerak. Hikoya birinchi shaxs tilidan aytilsa ham, bu bahsli gapni muallifning oʻziga bogʻlash mumkin degani emas. Badiiy matnga xos boʻlgan xususiyat talqinning koʻpligi ham tekshirilishi kerak boʻlgan lingvistik ekspertizaga toʻsqinlik qilishi mumkin. Badiiy matn tahlili boʻyicha mutaxassis oldida shu va boshqa koʻplab savollar turadi. Ekstremistik materiallarning huquqiy ahamiyatli belgilari nifoq va adovat qoʻzgʻatish, milliy, irqiy, etnik, ijtimoiy belgilari boʻyicha aniqlangan odamlar guruhlariga nisbatan zoʻravonlik harakatlariga chaqirish, eksklyuzivlik va ustunlikni targʻib qilish, terrorizmni yoqlash belgilaridir. O.V.Kukushkina, Yu.A.Safonova, T.N.Sekeraj tomonidan taklif qilingan Rossiya Adliya vazirligining eskspert markazlarida tavsiya etilgan ekstremistik matnlarni tahlil qilish metodologiyasi matnda uchta semantik tuzilmani aniqlashga asoslangan boʻlib, undagi maʼlumot turlari: nutq mavzusi, yaʼni unga nisbatan ommaviy bayonotning maqsadi; har qanday ekstremistik maʼno barcha uch turdagi xususiyatlarning kombinatsiyasi boʻlib, ularni tahlil qilishni talab qiladi; bu tahlil prinsipi odatda adabiy matnlarga taalluqlidir va imtihonni tayinlagan organ tomonidan qoʻyilgan savollarga javob berishga imkon beradi. Ammo badiiy muloqotni tahlil qilishda baʼzi qiyinchiliklar paydo boʻladi36. Yangi bilim bazalari, masalan, badiiy matnning mazmunini oʻrganishning nazariy asoslarini ishlab chiqishda ekstremizmga qarshi kurashish bilan bogʻliq ishlar ahamiyatli. Ularni hal qilishda asosiy ekspert vazifalari ajralib turadi. Bunda daʼvat, targʻib, zoʻravonlik tahdidi, kamsitish, haqorat, nifoq, adovat, nafrat qoʻzgʻalishi alomatlari tergovchi soʻrovida koʻrsatilishi zarur. Hozirda millat maʼnaviy kamolotiga toʻsqinlik qilayotgan tahdidlardan biri – ommaviy madaniyat. U ekstremistik ruhdagi keng maʼnoli termin, chetdan kirib kelayotgan milliy va diniy qarashlarimizga yot axloqiy illatlarni oʻz ichiga olgan xurujlar yigʻindisi. Ommaviy madaniyat janridagi badiiy asarlar axloqiy buzuqlik va zoʻravonlik, individualizm, egotsentrizm gʻoyalarini targʻib qilayotgani sir emas. U barcha xalqlarning katta boyligi boʻlgan yoshlarni oʻziga qaratib, ularni maʼnaviy qarashlarni mensimaslikka va yoshlarni yengil hayotga chaqirib, masʼuliyatsiz ruhda voyaga yetishiga sababchi boʻlayotir. Doimo buzuqlikni, faxshni, behayolikni har xil nomlar bilan yoqlashga intiladigan, targʻib qiladigan axloqsiz toifalar boʻlgan. Bunday buzuqliklarni esa islom dini qoralab kelgan. Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning “Kim qaysi qavmga oʻxshashga intilsa, qiyomat kunida oʻsha qavmdan boʻlib tiriladi”37 - degan maʼnoni beradigan hadisi shariflari bor. Islom dini insoniyat hayotiga tahdid qiladigan barcha ishlarni taqiqlagan. Nafs bir ishga odatlansa, chegara bilmay qoladi. Alloh bandalariga shariatni yuborib, nafsni jilovlashni va unga baʼzi ishlarda chegara saqlashni buyurgan. Agar inson ushbu chegaralardan oʻtib ketsa, oʻzi uchun jabr qilgan hisoblanadi. Yaratgan buzuqlik va fahsh ishlar harom ekanini Qurʼoni karimda keltirgan: “Albatta, Robbim oshkora va yashirin fahsh ishlarni harom qildi”38. Bu esa oʻzbek adabiyotidagi baʼzi badiiy asarlarda oʻz aksini topgan. Ammo bu lavhalar badiiy adabiyotda ochiq tasvirlanmasligi, agar tasvirlangandayam ochiq va aynan emas, balki ayrim ishoralar bilan keltirilishi shart. Adabiyot tarixi va sinxron jarayonda Choʻlponning “Novvoy qiz”, Asqad Muxtorning “Fano va baqo” hikoyalari hamda Toʻxtamurod Rustamning “Kapalaklar oʻyini”, Javlon Jovliyevning “Qoʻrqma”, Jamila Ergashevaning “Qir ustidagi ayol” kabi romanlarida baʼzi oʻrinlarda ochiq fahsh tasviri koʻzga tashlanadi. Bunday lavhalar professional yozuvchilar tomonidan ishoralar, peyzaj tasviri orqali beriladiki, bunga misol tariqasida Ch.Aytmatovning “Alvido Gulsari”si yoki boshqa asarlarini koʻrsatish mumkin. Jamila Ergashevaning “Qir ustidagi ayol” romanida shunday lavha bor: “Oʻtiray desa, “xafa qilinmasligi kerak” boʻlgan kishi shu qadar yoqimsiz ediki... U barmoqlarining qaltirayotganini sezdirmaslik uchun qoʻllarini qovushtirib olgancha mehmonning qarshisiga kelib toʻxtadi. Uning keng, goʻshtdor yuzi, qavat-qavat boʻlib osilib yotgan baqbaqalari, tugmalari ochiq koʻylaklari oldida gumbazdek doʻppayib turgan qorni va koʻzlaridagi odamni yerga urar darajadagi bepisand chorlovni koʻrib, badanlari junjikib ketdi. Mehmon esa oʻrnidan turib, lapanglab uning yoniga keldi-da, nozik bellaridan ushlab, ichkariga boshladi... Nozima esa jiqqa terga tushib, harsillab yotgan “bir qop goʻsht”ga xushomad qilib avrash emas, basharasini ham hech qachon koʻrmasam, hansirashlarini hech qachon eshitmasam, der edi”39. Bu tasvirda qahramon iztirobi va personajning intim holati ochiqlangan. Badiiy asarda eng shafqatsiz qotilliklarda hikoyachi oʻziga xos estetikani koʻradi. U asar qahramonlari harakatlarining uygʻunligiga, qotillikni uyushtirish qobiliyatiga qoyil qoladi. Matnda lirik chekinishlar tarzida tuzilgan zoʻravonlik, shafqatsizlik, sadizmga boy qotilliklarning tasviri, ogʻzaki tajovuzkorlik belgilarini oʻzida mujassam etgan, sodir boʻlayotgan voqealarga hikoyachi tomonidan bildirilgan munosabat oʻquvchida bunday harakatlar nafaqat sodir boʻlishi haqidagi gʻoyalarni shakllantirishga qaratilgan. Togʻay Murod qalamiga mansub “Otamdan qolgan dalalar” asarida ham shunday oʻrinlar uchraydiki, bu yovuzlik va ekstremistik harakatning tasviri oʻlaroq koʻzga tashlanadi. Tundan tashqari, sadizmning targʻibi koʻzga tashlanadi: Download 91.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling