Birinchi fasl kirish birinchi bo‘lim
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari
Download 91.98 Kb.
|
I 1 Бадиий матннинг лингвистик экспертизаси 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Test savollari
- 1.2. Badiiy matnning lingvistik ekspertizasi muammosining oʻrganilishi
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
Poetik matn nima? V.N.Komissarovning fikricha, har qanday badiiy matnning bosh maqsadi nima? Tadqiqot natijalari asosida tuzilgan ekspert xulosasi qanday prinsiplarga mos kelishi talab etiladi? Test savollari 1. Yangi irqchilik shakllaridan biri bo‘lgan ksenofobiya nima hisoblanadi? A)Odamlardan qo‘rqish B) begona, gʻayrioddiy narsalardan qoʻrqish C)Internet ma’lumotlaidan qo‘rqish D)Davlatga ishonchsizlik 2. qaysi tilshunos olim insonlarni ishonchli va oʻzgaruvchan liberal; doimiy va ishonchli irqchi toifalariga ajratgan? A) R.Merton B) A.N.Baranov C) V.A.Mishlanova D) O.N.Matveeva 3. Gender diskriminatsiya nima? A) odamlar oʻrtasidagi ijtimoiy ahamiyatga va jismoniy farqlarga ega bir irq yoki etnik guruhning boshqasidan ustunligiga ishonishga asoslangan xurofot, munosabat va jarayon. B) odamlar oʻrtasidagi ijtimoiy ahamiyatga va jismoniy farqlarga ega bir irq yoki etnik guruhning boshqasidan ustunligiga ishonishga asoslangan xurofot, munosabat va jarayon. C) dominant guruh aʼzolarining qobiliyatlari bilan teng boʻlgan etnik ozchilik aʼzolariga imtiyozlar berish, obroʻ-eʼtibor va hokimiyatini asossiz ravishda rad etish. D) oʻz vakillarini boshqa guruhlar yoki jins aʼzolari uchun ochiq boʻlgan imkoniyatlardan mahrum qiladigan etnik guruhga nisbatan haqiqiy xatti-harakatlar. Jinsiy diskriminatsiya, koʻpincha, etnik xurofotga asoslangan boʻlsa-da, bu ikkisi alohida bogʻliq hodisalar. 1.2. Badiiy matnning lingvistik ekspertizasi muammosining oʻrganilishi Badiiy matnni lingvistik tahlil qilishda, birinchidan, maqsad va kutilayotgan natija ahamiyatli. Matnni lingvistik tekshirishning filologiya fanlari tizimidagi oʻrni oʻta muhim. Badiiy matn va adabiy tilni lingvistik tahlil qilish ular orasidagi mushtarak va ayro jihatlar hamda tahlilning uslubiy turlarini ekspertiza qilish kun tarkibidagi masalalardan. Badiiy matnning lingvistik ekspertizasi – muhim faktlarni aniqlash va ekspertga qoʻyilgan savollarga javob berishga qaratilgan nutq jarayoni hamda ularni adabiy turlar kontekstida oʻrganish. Badiiy matnning lingvistik ekspertizasi obyekt haqidagi tavsifning haqiqatini (yoki yolgʻonligini) yoki imkoniyatini (yoki imkonsizligini) aniqlashda muhim. Badiiy matnning lingvistik ekspertizasi xususida fikr yuritar ekanmiz, buning uchun lingvistik nazariyalarga asoslangan holda lingvistik obyektlarni oʻrganish metodologiyasini ishlab chiqish zarur. Lingvistik tekshiruv obyekti – nutq faoliyati mahsulotlari: soʻz, matn va boshqalar. Badiiy matnning lingvistik ekspertizasini oʻtkazish uchun amaliy zarurat bor. Koʻpincha, sud ishlarini koʻrib chiqish va hal qilish jarayoni huquqiy dalillarni aniqlash uchun ahamiyatli. Aksariyat hollarda bu termin “lingvistik ekspertiza” “sud-lingvistik ekspertiza” tushunchasi bilan bir maʼnoda qoʻllanadi. Bu amaliy filologiya uchun obyekt vazifasini oʻtaydi. UzA muxbirining professor B.Mengliyev bilan “Oʻzbek tili oʻladimi?” suhbat-maqolasida mutaxassis tomonidan shunday fikrlar ilgari suriladi: “... yuridik shaxslarning ushbu fan yoʻnalishlariga homiylik xizmatini joriy qilish va buning uchun ularga imtiyoz va qulayliklar yaratilishi kerak. Tilshunoslik fan va ishlab chiqarish uzviyligi tizimida bunday yoʻsinda ish yuritishga hali oʻtgani yoʻq. Masalan, informatsion texnologiyalar uchun oʻzbek tilining lingvistik bazasini yaratish yoki til va maʼnaviyat yaxlitligi haqida gap ketar ekan, maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat samaradorligi uchun zarur tilshunoslik tadqiqotlariga tegishli muassasalardan hanuz birorta ham buyurtma berilgani yoʻq desak, xato boʻlmaydi. Holbuki, yangi asrda faqat amaliy tatbiqqa ega, natijalarini isteʼmolchilar soʻraydigan va ularga ijtimoiy-iqtisodiy samara taklif etadigan tilshunoslik oʻz kuchi bilan yashashga haqli”4. Mutaxassisning fikriga monand, biz ilgari surayotgan gʻoya, yaʼni badiiy matnning lingvistik ekspertizasi ham amaliy tilshunoslik va adabiyotshunoslikda ilmiy yechimini kutayotgan bir hodisa. Dalillarga asoslangan vositalardan biri sifatida lingvistik ekspertiza qonuniy ahamiyatga ega. Bunda faktlarni aniqlash uchun vakolatli organ tomonidan ekspert tayinlanadi. Unga faoliyatning (badiiy yoki lingvistik matnning) huquqiy tabiati bilan bogʻliq muayyan vazifalar yuklatiladi. Bunda koʻndalang turgan vazifalar quyidagilardir: ogʻzaki yoki yozma matnning semantik mazmunini talqin qilish uchun hujjatni oʻrganish; ularning poetik oʻziga xosligi, shuningdek, qarama-qarshi belgilar bilan aralashtirish darajasi (fonetik, semantik, badiiy va grafik xususiyatlarga koʻra) ni oʻrganish; ogʻzaki belgini oʻz ichiga olgan yetakchi unsurni ishlab chiqish. Badiiy matnning lingvistik ekspertizasi huquqiy maqsadni hisobga olgan holda quyidagi guruhlarga ajratiladi: shaʼni, qadr-qimmati va obroʻsini himoya qilish masalalari, mualliflik huquqi boʻyicha bahsli matnlarni tekshirish; tuhmat ayblovi aks etgan matnlarni oʻrganish; haqorat qilish, hurmatsizlik ayblovlari orqali adabiy nutq jarayonini tekshirish. Shulardan kelib chiqib, hozirgi ishda badiiy matnga lingvistik tadqiqot obyekti sifatida qaraladi va uning lingvistik aspektdagi oʻziga xosligiga eʼtibor qaratiladi. Badiiy matnning lingvistik ekspertizasi tushunchasi matn ekstralingvistik va lingvistik maʼnolarning koʻp darajali tizimini aniqlashda turli xil yondashuvlarlarga asoslanishi ham oʻrganiladi. Badiiy matnning lingvistik ekspertizasi jarayonida har qanday soʻzga, bir tomondan dunyo haqida, boshqa jihatdan nutq faoliyati subyektining ruhiy holatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar kodlanadi. Nutq jarayoni subyekti dunyoning bir qismi boʻlganligi sabab, uning ruhiy holatlari haqidagi maʼlumotlar obyektiv boʻladi. Aksincha, kriminal dunyo maʼlum bir guruh aʼzolari tomonidan qabul qilinganligi va shu bilan qayta ishlanganligi sabab, nutq xabarida kodlangan dunyo haqidagi maʼlumotlar ham subyektiv maʼlumot hisoblanadi. Albatta, bunday formulalar ishlarning haqiqiy holatiga hech narsa qoʻshmaydi, faqat subyektiv va obyektiv soʻz yoki matnlardan foydalanish xususiyatiga ega boʻladi5. Shuni ham taʼkidlash lozimki, ishlab chiqilayotgan nazariy omil uni “tomon” yoki “jihat” toifasiga nisbatan haqiqat deb tan olinishini talab qilmaydi. Taqdim etilgan lingvistik nazariyani yuqoridagi maʼnoda taqdim etishning iloji ham yoʻq. Ishda koʻndalang turgan ilmiy muammoning tabiati lingvistik ekspertizada yuzaga keladigan aniq amaliy ishlarni hal qilishga qaratilgan. Haqiqiy shaklda tuzilgan barcha ekspert muammolarini istisno qilishga harakat qilinadi. Masalan, “tahdid nima?” yoki “haqorat nima?” va ularni haqiqat yo yolgʻon faktlar bilan bogʻliq muammolar sifatida koʻrsatishga uriniladi. Matnning tilshunoslikda oʻrganilishi XX asrning 60-70-yillarida boshlandi. A.A.Potebnya, nutq faqat gaplardan emas, balki gapdan katta birliklardan iborat ekanligini6 qayd etdi. Matnning mazmuniy taʼrifiga bagʻishlangan koʻplab olimlarning fikri mavjud. I.R.Galperinning taʼkidlashicha, matn nutq yaratilish jarayonining ishi, yozma hujjat shaklida obyektivlashtirilgan, sarlavha va turli xil leksik, grammatik, jihatdan birlashtirilgan bir qator maxsus birliklardan (superfeys birliklari) iborat. U mantiqiy va stilistik nuqtayi nazardan bogʻlanadi hamda pragmatik munosabatga ega7. Matnning asosiy xususiyatlari maxsus lingvistik birlik sifatida toʻliqlik, izchillikda (grammatik va semantik) namoyon boʻladi. I.R.Galperin matnning informativlik, prospekt, retrospektivlik, artikulyativlik, bitishuv, modallik, davomiylik, toʻliqlik, subtekst kabi kategoriyalari8ga ishora qiladi. U matnning toʻliqligi va mazmuni toifalariga alohida eʼtibor qaratib, toʻliqlik mutlaq tushuncha ekanligini va faqat fikrning matn tarkibida tugallanishi kerakligini taʼkidlaydi (suhbatdoshlar oʻrtasidagi aloqani toʻxtatish). Uning fikrini toʻldirgan holda L.M.Loseva yozadi, “Bu tushunchani toʻgʻri anglash uchun barcha matnlarga xos xususiyatlardan kelib chiqish kerak, yaʼni: 1) matn – bu yozma xabar; 2) matn –tarkibiy tugallanganligi bilan ahamiyatli; 3) badiiy matn – muallifning xabarga munosabatini ifodalaydi”9. L.N.Murzin va A.S.Shtern esa matnni oʻz navbatida turli darajadagi birliklardan iborat boʻlgan gaplar qatori deb taʼriflaganlar. Ushbu tadqiqotchilar matnning ikkita asosiy xususiyatini koʻrib chiqadi – bu izchillik va yaxlitlik. Bundagi bogʻlanish matn xususiyati bilan bogʻliq, uning ikki turi mavjud: ichki ulanish (ichki, semantik) va qoʻshimcha ulanish (tashqi, qamrab oluvchi, matnning mohiyatli tomoni, birinchi navbatda tovush va harf)10. Olimlarning fikriga koʻra, matn tarkibiy qismlarining uygʻunligi (hech boʻlmaganda belgi orqali) yoʻnaltirilgani va muallifning niyati bilan uygʻunligida koʻrinadi. Butunlik, oʻz navbatida, matnni tegishli pragmatik munosabatlarda ifodalash bilan bogʻliq. Chunki I.R.Galperin matnning retrospektivasi haqida yozgan risolasida, u niyatlarning navlarini nazarda tutgan. Baʼzi hollarda keyingi komponentlar avvalgilari bilan uygʻun (retrospeksiya), boshqalarida esa, aksincha, avvalgilari keyingilari bilan bogʻliq (prospekt) boʻladi deydi11. M.Lotmanga koʻra, badiiy matn dunyoning muayyan modeli, sanʼat tilidagi maʼlum bir xabar, u modellashtirish tizimiga aylanish xususiyatiga ega12. Mallif obrazi badiiy matn ichidagi jarayonni tashkil qiladi. Bunda sanʼat asarlari aks ettirilgan muayyan obyekt haqidagi nuqtayi nazar muallifning maqsadi hisoblanadi13. Shunday qilib, muallif adabiy asar matnida dunyoni shaxsiy idrok etishini ifoda etadi va atrofdagi real hayotga baho beradi degan xulosaga kelinadi. Zamonaviy til va adabiyotshunoslikda matn tushunchasi koʻp qirrali taʼlim jarayonining vizual belgilar ketma-ketligi boʻlgan ogʻzaki yoki yozma nutq mahsuli sifatida olimlar eʼtiborini tobora koʻproq jalb etmoqda. Lingvistik ekspertizaning soʻnggi yutuqlari, ayniqsa, kognitiv tadqiqotlar ushbu konsepsiyani sezilarli darajada toʻldiradi. Badiiy matn orqali nutqni nafaqat yozma ravishda, balki ogʻzaki shaklda ham amalga oshirish mumkin deb qaraladi. Matn ekspertizasining shakllanish evolyutsiyasi muammosi tilshunoslik, adabiyotshunoslik, poetika kabi koʻplab fanlarning atrofida birlashadi va yangi “badiiy matnning lingvistik ekspertizasi”deb nomlangan maxsus sohasini tashkil etadi. Biroq, bu jarayonda matnning tarkibiy-semantik va kommunikativ-semantik tashkil etilishining murakkabligi bilan izohlanadi. Mazkur tushunchada turli xil matn turlari va shakllari mavjudligi sababli “badiiy matn” terminining barqaror taʼrifi mavjud emas. Mazkur tadqiqot oldidagi muammo ham shundan iborat. K.E.Shteyn matnga “Gorizontal va vertikal bogʻlanishlar asosida paydo boʻladigan garmonik birlik ... hammasi bir tizimga keltiriladigan uygʻun sistemadir va bu uygʻunlikka faqat uning dekodlanishiga hissa qoʻshadigan teng darajada uygʻun qurilmani yaratish orqali kirish mumkin”14, deydi. Tadqiqotchi badiiy matnning maxsus estetik tuzilishi haqida yozib, bu muallifga xuddi shu soʻzlardan foydalangan holda individual badiiy olamni yaratishga imkon beradi, deydi15. V.R.Litvinov esa badiiy matnni insoniyatning ogʻzaki maʼno ifodalovchi komponenti deya qabul qilingan mustaqil hodisasi sifatida tushunadi. Muallif maʼlum bir badiiy matnni yaratadi. Ammo matnni, aslida, nima haqida ekanini oʻquvchiga havola qiladi. Shunday qilib, oʻquvchi oʻzi ishtirokida matn hodisasini yaratadi16. Tadqiqotchining fikriga koʻra, badiiy matn oʻquvchining badiiy niyati tushunchasini aniqlashda oʻta ahamiyatli. Chunki oʻquvchi uchun matn oʻtmishda yozilganidek, hozirgi paytda ham mavjud17. S.V.Serebryakova ham badiiy matnni tarkibiy qismlarini murakkab shakliy-grammatik va semantik jihatdan ajralmas kommunikativ birlik sifatida talqin etadi. Muayyan badiiy matn doirasida uning tarkibiy qismlari maxsus tizimli aloqalarga kirishadi, natijada ular yangi, shartli tarzda pragmatik va stilistik taʼsirga ega boʻladi18. Matnni anʼanaviy tushunadigan olimlarga toʻxtalsak, A.G.Baranov matnga turli koʻrinishdagi (yozma, ogʻzaki yoki yelektron) ogʻzaki nutq sifatida qaraydi. Tadqiqotchining taʼkidlashicha, matn muloqotning moddiy koʻrinishidir. U matnning taʼrifini, uning xususiyatidan kelib chiqib, koʻproq tadqiqot pozitsiyalari va uslubiy munosabatlarga bogʻliq boʻlishini aytadi19. V.A.Kuxarenko matnga maʼlum bir mantiqiy-semantik birlikni ifodalash uchun birlashtirilgan ikki yoki undan ortiq toʻliq jumlalar sifatida qaraydi. Bu nutq zanjirining semantik, kommunikativ va tarkibiy tugallanganligi bilan ajralib turadigan qismi, deydi. Matnning asosiy kategoriyalari sifatida V.A.Kuxarenko bogʻlanganlik kategoriyasi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan artikulyativlik kategoriyasini ham keltiradi20. Tadqiqotchi matnning rasmiy izchilligini birdamlik tushunchasi yoki tashqi birlashma deb ifodalaydi21. Matn tadqiqotlari sohasidagi mavjud tajribani umumlashtirib, I.P.Shishkina va Ye.A.Goncharova matnning quyidagi taʼrifini taklif qilishadi: “Matn uning yaratuvchisi nuqtayi nazaridan toʻliq, ammo semantik va qasddan aytganda, koʻp talqinlarga ochiq boʻlgan lingvistik belgilarning chiziqli ketma-ketligi, grafik (yozma) yoki tovush (ogʻzaki) tarzda ifodalangan, semantik jihatdan oʻzaro taʼsiri yuzaga kelgan strukturaning indvidual elementlari oʻrtasidagi leksik va grammatik munosabatlar aks etgan kompozitsion birlikni yaratadi”22 deydi. Lingvistik ekspertiza metodi muammosi eng muhim va hal qilinmagan muammolaridan biri, “hozirgi vaqtda lingvistik ekspertizani oʻtkazish amaliyoti asosan oʻz-oʻzidan, individual va subyektiv ravishda amalga oshiriladi. Asosan, mutaxassis tilshunoslar, adabiyotshunoslar, jurnalistlar bir tomondan, uning kasbiy-filologik tajribasiga, boshqa tomondan, badiiy asar va matbuotdan olingan huquqshunoslik sohasidagi baʼzi bilimlarga tayanadi. Shunga qaramay, bunday ekspertizaga ehtiyoj ortib bormoqda23. Ekspert tadqiqotlarida amalda qoʻllaniladigan usullarning xilma-xilligi ikkita asosiy turga qisqartirilishi mumkin. Bu turlar bir-biridan tadqiqot obyekti haqidagi empirik maʼlumot manbai bilan farq qiladi. Birinchisi, introspektiv usullar – axborot manbai tadqiqotchining sezgisi orqali; ikkinchisi, eksperimental usullar – axborot manbai maʼlum bir subyektlar sinfining lingvistik ong maʼlumotlari orqali. Matn inson ongida koʻplab kognitiv tuzilmalar manbai sifatida mavjud. Matnni talqin qilish dunyoning poetik omillarida aniqlangan inson tajribasini tushunishga olib keladigan kognitiv faoliyat turiga undaydi. Badiiy matn esa bunday murakkab lingvistik shaklning namunasidir. E.I.Goroshkoning taʼkidlashicha, ekspertiza keng maʼnoda jinoiy, fuqarolik va hakamlik muhokamalarida maxsus bilim va tajribaga ega boʻlgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Jinoyat sodir etish holatlari gumon qilinuvchining shaxsiyati va ruhiy holati toʻgʻrisida protsessual ahamiyatga ega. Qoʻshimcha maʼlumotlarni olishga qaratilgan sud-tergov jarayoni deb tushuniladi24. E.I.Galyashina ekspertiza atamasini yanada kengroq koʻrib chiqadi. Ekspertiza – davlat, jamoat tashkilotlari va alohida fuqarolar manfaatlari bilan bogʻliq masalalarni hal qilishda mutaxassislar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarni anglatadi. Imtihonlar inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida amalga oshirilishi mumkin. Ular sud va sudsiz boʻlishi mumkin. Masalan, qonun loyihasining lingvistik ekspertizasi, patent ekspertizasi va boshqalar25. Ushbu ish doirasida biz yangi dalillarni olishning mustaqil protsessual shakli sifatida tushuniladigan sud ekspertizasini tahlil qilamiz va mavjud dalillarni aniqlashtiramiz (tekshiramiz). Sud ekspertizalari davlat sud-ekspert muassasalari va boshqa bilimdon shaxslar tomonidan surishtiruv organlariga, surishtiruv olib boruvchi shaxslarga, tergovchilar va prokurorlarga yordam berish maqsadida oʻtkaziladi. A.N.Baranovning taʼkidlashicha, ilmiy tadqiqotlar har doim ekspertizaning asosidir. Ammo ekspert xulosasi juda oʻziga xos faktik xususiyatga ega, dissertatsiyalar va odatdagi innovatsion ilmiy tadqiqotlar kabi malakaviy ishlardan sezilarli darajada farq qiladi26. Badiiy matnni lingvistik ekspertizadan oʻtkazishda lingvistik bilimlardan foydalaniladi. E.I.Galyashina shunda yozadi: sud-lingvistik ekspertizasi – bu lingvistik faktlarni aniqlash uchun maxsus lingvistik bilimlardan foydalanishga boʻlgan keskin ehtiyoj27. Shuning uchun sud amaliyoti ekspertlarning ruxsati uchun yangi masalalarni koʻtaradi, yangi ekspert metodlarini ishlab chiqishni va ogʻzaki yoki yozma matnni tahlil qilishning zamonaviy, kompyuterli usullaridan foydalanishni talab qiladi. E.A.Koltunova lingvistik ekspertizani turli xil lingvistik va ekstralingvistik parametrlarni birlashtiradigan lingvistik tadqiqotlarning maxsus turi sifatida belgilaydi. Shu bilan birga, matnni tashkil etish leksik-semantik va leksik-grammatik parametrlarni va ularning sintaksis xususiyatlari sifatida sharhlaydi28. Aslida, lingvistik ekspertizaga matnda ogʻzaki bayon qilingan axborot asosida kriminalistik ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning lingvistik belgilarini aniqlash tartibi sifatida qarash kerak. K.I.Brinev lingvistik ekspertiza qilishni ekspertga berilgan savollardan kelib chiqadigan, yaʼni obyekt haqidagi bayonotlarning haqiqat-yolgʻonligi haqidagi kategorik xulosalar – deydi. Masalan, unda inson haqida salbiy maʼlumot borligi-yoʻqligini aniqlash uchun “matnda inson haqida salbiy maʼlumot bor” boʻlgan munozarali matnni ayon boʻladi29. Tushunilganidek, sud-lingvistik ekspertiza tabiatini, tilshunos ekspert yoki mutaxassis xulosalarini ishda koʻrib chiqilgan ilmiy masalalar doirasida shakllantirish kerak. Sud-lingvistik ekspertizasi – bu turli xil lingvistik va ekstralingvistik parametrlarni birlashtiradi. Ushbu soha mutaxassis tomonidan olib boriladigan sud yoki surishtiruv organlari buyrugʻi orqali bajariladigan lingvistik tadqiqotlarning maxsus turi. Bu tadqiqot qonun hujjatlarida belgilangan protsessual qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Fuqarolik yoki jinoyat ishida dalillarga asoslanadi. Sud ekspertizasi jarayonida faktlar va holatlar aniqlanadi. Unda chaqiriqning lingvistik belgilari, tajovuzkorlik va salbiy baholash belgilariga asoslanadi. Uning koʻrsatkichlari ekspert tomonidan berilgan savollarda aks eiadi. Shundan kelib chiqib, badiiy matn ekspertning xulosasi, u tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning borishi va natijalarini aks ettiruvchi yozma hujjatdir. Mutaxassisning xulosasi tilshunoslik boʻyicha mutaxassisga berilgan lingvistik masalalar boʻyicha har qanday manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar, yaʼni sudlanuvchilar, daʼvogarlar, advokatlar ishlariga berilgan yozma hukmdir. Ekspertiza oʻtkazish qaror qabul qilishda, shuningdek, bevosita tekshiruv vaqtida xatolarning oldini olishga yordam beradi. U mojaro matnida aniqlanishi kerak boʻlgan holatlar va faktlar turini belgilaydi. Ekstremizm, haqorat, insonning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish, tuhmat holatlarida koʻzga tashlanadi. Ekstremistik tabiaili matnlarni oʻrganish kelajakda huquqiy ahamiyatga ega boʻlgan qaror qabul qilishga imkon beradi. Obyekt haqidagi axborot manbasiga nisbatan ekspert tadqiqotlarini bevosita va bilvosita turlarga ajratish mumkin. Birinchidan, ekspert toʻgʻridan-toʻgʻri maʼlumot manbasini tahlil qiladi. Masalan, buni bahsli fonogramma yoki ziddiyatli bosma matnda koʻrish mumkin. Ikkinchidan, axborot bilvosita manbalar orqali tahlil qilinadi. Lingvistik imtihonlarning obyektiga koʻra; ovozli nutqni tekshirish; yozma matnni tekshirish; ogʻzaki-vizual kabi imtihonlar mavjud. Ogʻzaki-vizual tekshiruvlar tadqiqot obyekti sifatida murakkab tashkil etiladi. Bu tovar belgilarining yaqinlik darajasini baholashda zarur. Ular ramzlar, grafemalar yoki “harfga oʻxshash” elementlar jihatidan turli koʻrinishlarda namoyon boʻladi. Baʼzi hollarda ogʻzaki-vizual tekshirish butun video ketma-ketlikni ogʻzaki elementlar bilan birgalikda tahlil qilishni talab qiladi. Keng maʼnoda matn adabiy soʻzlaridan iborat boʻlishi shart emas. Chizmalar, fotosuratlar, diagrammalar, jadvallar tez-tez matn deb ataydigan jumlalar bilan hech qanday aloqasi boʻlmagan tarkibiy qismlarni oʻz ichiga oladi. Huquqiy lingvistik ekspertizaning yana bir tasnifi Ye.I.Goroshkoga tegishli, ularni huquqiy holatiga qarab ajratib turadi. Ekspertiza, agar u dastlabki tergov doirasida amalga oshirilsa, sud-tergov (tergov), agar u sud tergovi doirasida amalga oshirilsa, aslida suddir30. Jinoyat-protsessual qonunchiligi asosiy va qoʻshimcha ekspertizani ajratib turadi. Agar asosiy tekshiruv paytida olingan natijalarning aniqligi yoki toʻliqligi yetarli boʻlmasa, qoʻshimcha tekshiruv tayinlanadi. Ushbu ekspertiza asosiy tadqiqotni oʻtkazgan ekspertga yoki boshqa ekspertga topshirilishi mumkin. Belgilangan vaqtga koʻra, birlamchi va takroriy sud ekspertizalari farqlanadi. Takroriy tekshiruv ziddiyatlarning mavjudligi, yaʼni birlamchi ekspertiza maʼlumotlarida yoki ekspertning vakolatiga shubha paydo boʻlgan hollarda tayinlanadi. Bunday hollarda qayta ekspertiza qilish boshqa ekspertlar komissiyasiga berilishi shart. Rasmiy parametrga koʻra, A.N.Baranov lingvistik ekspertizani ikkita katta guruhga ajratadi: rasmiy va tashabbuskor. Rasmiy tekshiruvlar sud buyrugʻi yoki surishtiruv organlari tomonidan amalga oshiriladi va u dalil maqomiga ega boʻladi. Tashabbuskor tekshiruvlar esa har qanday manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslarning, jumladan sudlanuvchilar va daʼvogarlar, advokatlar, xususiy firmalar, davlat tashkilotlari, patent advokatlari va boshqalarning tashabbusi bilan oʻtkaziladi. Tashabbus imtihonlari qonuniy dalil sifatida faqat sud qarori yoki surishtiruv organlari tomonidan tan olinishi mumkin. Tashabbus (norasmiy) tekshiruvlarga, koʻpincha, mutaxassisning xulosasi deb qaraladi31. Lingvistik ekspertiza huquqiy va patent ekspertizasini qoʻllash doirasi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, huquqiy ekspertiza institutsional asoslarga koʻra quyidagilarga boʻlinadi: shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish; tuhmat qilish; etnik nafratni qoʻzgʻatish; pornografiya holatlarini ekspertiza qilish kabi. Ekspertiza qilishda, materialni yoritish mezoniga koʻra yaxlit, yaʼni butun-matn va xususiy tekshiruvlar farqlanadi. Xususiy tekshiruvda soʻzlar, iboralar va bayonotlar maʼnolari qonunlarning matnlari ichida talqin qilinadi. Unda soʻzlar va sintaktik konstruksiyalarning omonimiyasi, polisemiyasi va sinonimiyasi ochib beriladi. A.N.Baranovning taʼkidlashicha, til tahlili darajalariga koʻra “qoʻl yozuvi ekspertizasi (qoʻl yozuvi tahlili), fonetik (shu jumladan, fonologik va intonologik), morfologik (koʻpincha, savdo belgilarini tahlil qilishda), sintaktik, matnli, shu jumladan lingvistik stilistik (frazema va ortiqcha frazema darajasi), diskursiv ekspertiza (ikkinchisida ogʻzaki va haqiqiy kommunikativ vaziyatning ogʻzaki boʻlmagan tarkibiy qismlari: bosma (shifrlangan) ogʻzaki matn va audiovizual seriyalar tahlil qilinadi, bu imo-ishoralarni, yuz ifodalarini va vizual seriyalar va ogʻzaki sharhlar oʻrtasidagi muvofiqlashtirishni oʻz ichiga oladi32. Ekspertiza oʻtkazayotgan shaxslar soniga koʻra, u individual va komission boʻlishi mumkin. Shaxsiy va komissiya imtihonlari miqdoriy jihatdan qarama-qarshi: bitta ekspert bitta imtihonni tayyorlashda qatnashadi. Bir xil mutaxassislikdagi ikki yoki undan ortiq mutaxassislar komissiya imtihonini tayyorlashda qatnashadilar. Komissiya ekspertiza murakkab hollarda, yaʼni oʻrganish xolisligini oshirish maqsadida tayinlanadi. Keng qamrovli komissiya imtihonini oʻtkazishda turli mutaxassisliklar mutaxassislari ishtirok etishadi. Murakkab ekspertiza masalalarini shakllantirish muammosi boshqa masala. Bu batafsil muhokama qilinishi lozim. Ishda ekstremistik mazmundagi matnlarni tekshirish metodologiyasi muammosiga batafsil toʻxtalish maqsad qilingan. Buning uchun, avvalo, ekstremizmning mohiyatini aniqlash lozim, chunki bu hodisaning belgilarini bilmasdan, tilshunos mutaxassis qoʻpol xatoga yoʻl qoʻyishi mumkin. Ekspert xulosasini tuzishda lingvistik bilimlardan tashqariga chiqmaslik kerak. Bu kategoriyaning lingvistik jihatdan qay darajada ekanligi, sud-lingvistik ekspertizasi va ekspert xulosasi matnini tayinlashda “ekstremistik” taʼrifini savollar kelib chiqib qoʻllash joiz. E.I.Galyashinaning taʼkidlashicha, ekstremistik materiallar quyidagi xususiyatlarga ega: - turli ommaviy axborot vositalaridagi hujjatlar yoki maʼlumotlar; - ushbu materiallar nashrga moʻljallangan boʻlishi kerak; - ekstremistik faoliyatga chaqiriqni oʻz ichiga olgan materiallar; - ekstremistik faoliyatni amalga oshirish zarurligini asoslovchi yoki materiallar; - milliy yoki irqiy ustunlikni oqlaydigan yoki har qanday etnik, ijtimoiy, diniy guruhni toʻliq yoki qisman yoʻq qilishga qaratilgan harbiy yoki boshqa jinoyatlarni sodir etish amaliyotini asoslaydigan nashrlar kabi33. E.I.Galyashina haqli ravishda taʼkidlaydiki, agar nashrda irqiy va milliy ustunlikning asoslanishi, yaʼni faktlar, jiddiy ishonarli dalillar bilan qoʻllab-quvvatlanishi mavjud boʻlsa, bunday ustunlikni oqlash mumkin. Shuni taʼkidlash kerakki, sud-lingvistik ekspertiza davomida muayyan faoliyatga tegishli murojaatlarni (bevosita va bilvosita) qidirish amalga oshiriladi. Bizning fikrimizcha, nafaqat, diniy qarashlar, yaʼni odamlar orasiga nifoq solishga qaratilgan murojaatlarni oʻz ichiga olgan bayonotlarni ham qidirish lozim. Tadqiqotning dolzarbligi badiiy matnlarning lingvistik ekspertizasida oʻsib borishi bilan belgilanadi. Zamonaviy oʻzbek jamiyatining tergov va sud amaliyotida internet aloqasi orqali ekstremistik kayfiyatlarning oshishi koʻplab kuzatilmoqda. Oʻzbekiston hududida taqiqlangan mafkuraviy qarashlar internetda shu kunlarda keng tarqalmoqda. Diniy-terroristik tashkilotlar ekstremistik mazmunli matn bahslashish uchun mustahkam asos yaratadi. Bu esa qabul qiluvchini erkin fikrlash imkoniyatidan mahrum qiladi. Ekstremistlarning taʼsiri ostida boʻlgan odam ruhan qaram va uning doimiy manfaatlar toʻqnashuvida jamiyat bilan oʻzaro salbiy taʼsir koʻrsatadigan nutq manipulyatori hisoblanadi. Download 91.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling