Birinchi fasl kirish birinchi bo‘lim
Download 91.98 Kb.
|
I 1 Бадиий матннинг лингвистик экспертизаси 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Giyohvandlikni targʻib qiluvchi badiiy matn
Gender diskriminatsiya. Gender diskriminatsiya – bu oʻz vakillarini boshqa guruhlar yoki jins aʼzolari uchun ochiq boʻlgan imkoniyatlardan mahrum qiladigan etnik guruhga nisbatan haqiqiy xatti-harakatlar. Jinsiy diskriminatsiya, koʻpincha, etnik xurofotga asoslangan boʻlsa-da, bu ikkisi alohida bogʻliq hodisalar. Kamsitishning darajasiga qarab, R.Merton shaxsning toʻrt turini ajratib koʻrsatdi:
1) ishonchli liberal – bu hech qachon kamsitishda qatnashmaydigan, xurofotsiz odam; 2) oʻzgaruvchan liberal – bu xurofotsiz odam, ammo baribir jamiyat bosimi ostida kamsitishda ishtirok etadi; 3) doimiy irqchi – jamiyat bosimi ostida kamsitishda qatnashmaydigan xurofotga ega odam; 4) ishonchli irqchi - bu ikkilanmaydigan xurofotlarga ega odam3. Giyohvandlikni targʻib qiluvchi badiiy matn. Bunda lingvistik ekspertizadan oʻtkazish va uning asoratlarini bilish zarur. Giyohvand moddalarni isteʼmol qilishning inson salomatligi uchun bir qancha zararlari mavjud: u inson fikrlash doirasini oʻtmaslashtiradi, tananing turli kasalliklarga chidamliligini yoʻqotadi, xotirani susaytiradi. Shuningdek, bu zararli illat insonni oʻta yalqov, kamgʻayrat, oilaga beparvo, hamiyatsiz, jinsiy zaif qilib qoʻyadi, koʻzni xiralashtiradi, tishlarni ham toʻkib yuboradi. Giyohvandlik kishilarni mardlik va olijanoblik kabi yaxshi sifatlardan mahrum qiladi. Insonni vaʼdasiga vafo qilmaydigan, ishonch bildirilsa, ishonchni oqlamaydigan, gapirsa, yolgʻon gapridagan qiladi. Insondagi masʼuliyat va qard-qimmat tuygʻularini yoʻq qilib, unda qoʻrqinch, xavf-xatar, qabihlik va pastkashlikni paydo qiladi. Unda oʻziga va yaqinlariga nisbatan xiyonat tuygʻulari paydo boʻladi. Yana asosiy ishga qaytib, filologik ekspertiza faqat tegishli maʼlumotga ega boʻlgan va ushbu xizmatlarni taqdim etish uchun ruxsat olgan tajribali mutaxassis tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Filologik ekspertizaning maqsadlari juda boshqacha boʻlishi mumkin. Ayniqsa, sud ekspertizasi haqida gap ketganda, koʻpincha u quyidagilarni tekshirish uchun amalga oshiriladi: a) soʻzning etimologiyasini bilish uchun; b) muayyan soʻz maʼnosining izohi uchun; s) muayyan soʻzning tarixiy takomilidagi taʼriflari uchun; d) ism va familiyaning mazmunidan kelib chiqib, izohini taʼriflash uchun; ye) soʻzning hududiy xususiyatlarini bilish uchun; f) soʻz maʼnosining izohi uchun; g) firma va kompaniyalar nomlarining mohiyati va izohlarini bilish va ularning toʻgʻri yozilishi uchun; h) virtual axborot resurslarining taʼsiri uchun; i) ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan axborot uchun; j) biznes va shaxsiy yozishmalardagi soʻz mazmuni uchun; k) elektron va bosma nashrlar uchun; l) kundalik yozuvlar mazmuni uchun; m) turli janrdagi filmlar mohiyati uchun; n) hujjatlar-shartnomalar, bayonnomalar mohiyatini bilish uchun; o) badiiy adabiyotlarning yovuz ishlarga targʻibotining oldini olish yoki oqibatining muhokamasi uchun; p) sheʼr va qoʻshiqlar mazmunini tekshirish uchun; r) matnlarni tarjimasidagi xatoliklar uchun. s) reklama varaqalaridagi xatoliklar maʼnosi uchun. Xulosa qilib shuni taʼkidlash lozimki, ularda ekstremizmning turli xil koʻrinishlari mavjudligi uchun materiallarning sud-lingvistik ekspertizalarini takomillashtirish koʻp jihatdan shu turdagi ilmiy ish uchun uslubiy dasturni ishlab chiqish sifatiga bogʻliq va u amaliy faoliyat mahsuli hisoblanadi. Shu munosabat bilan taqdim etilgan materiallarda ekstremizmning turli xil koʻrinishlari mavjudligini aniqlash uchun sud-lingvistik ekspertizasini oʻtkazish metodologiyasining tuzilishini tahlil qilish oʻz vaqtida va talab darajasida deb tan olinishi ham kerak. Oʻzbek badiiy matnlari lingvistik ekspertizasi boʻyicha masalaning kun tartibiga qoʻyilishi doirasida aytish mumkinki, jamiyatda bu ilmiy yoʻnalishga kuchli ehtiyoj mavjud. Bu dolzarb muammo oʻzini ilmiy yechimini kutayotir. Download 91.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling