Birinchi fasl kirish birinchi bo‘lim


Mavzu bo‘yicha nazorat savollari


Download 91.98 Kb.
bet10/14
Sana25.04.2023
Hajmi91.98 Kb.
#1398663
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
I 1 Бадиий матннинг лингвистик экспертизаси 2

Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:

  1. N.D.Arutyunovaning fikriga koʻra, shaxs qanday tashqi omillar bosimi ostida shakllanadi?

  2. Ommaviy madaniyat janridagi badiiy asarlar matnida qanday g‘oyalar ustunlik qiladi?

  3. Qaysi omillar lingvistik ekspertizaning koʻplab muammolarini hal etilishiga koʻmak beradi?

Test savollari

  1. Badiiy asar tilini tilning aynan estetik vazifasining namoyon boʻlishi tarzida oʻrganuvchi soha filologiya ilmida nima deb nomlanadi?

A)lingvopoetika B)lingvokulturologiya C)ekstarlingvistika D)poetika
2. Rossiya Adliya vazirligining eskspert markazlarida tavsiya etilgan ekstremistik matnlarni tahlil qilish metodologiyasi kimlar tomonidan taklif etilgan?
A) O.V.Kukushkina, Yu.A.Safonova, T.N.Sekeraj
B) L.N.Murzin va A.S.Shtern
C) V.R.Litvinov S.V.Serebryakova A.G.Baranov
D) O.V.Kukushkina va S.V.Serebryakova
3. Adabiy asar matnini o‘rganishda qaysi yo‘nalishlar muhim rol o‘ynaydi?
1)adabiyot nazariyasi 2)adabiyot tarixi 3)poetika 4)lingvistik stilistika 5)til tarixi 6)leksikologiya 7)semasiologiya 8)etimologiya, 9)grammatika
A)1,5,6 B)2,3,5,6 C)1,2,4,5,6 D)javoblarning barchasi

2.1. BADIIY MATNNING EKSTREMISTIK MAZMUNINI LINGVISTIK EKSPERTIZA QILISH MUAMMOLARI
Maqola ekstremizmga qarshi kurashish, adabiy matnni lingvistik ekspertiza qilish bilan bogʻliq muammolarga bagʻishlangan. Ishning oʻziga xosligi badiiy muloqotni tahlil qilish muammolarida, semantik va kommunikativ-pragmatik tahlildan foydalanish usullarida koʻrinadi. Bu muammoni oʻrganish jarayonida tadqiqot obyekti nasriy, dramatik va sheʼriy matnlar hamda ekstremizmga qarshi kurashish bilan bogʻliq hollarda esa ekspert amaliyoti tobora adabiy matnlarga koʻchayotgani kuzatilayotir. Baʼzida badiiy matnda inson omilining sharaf, qadr-qimmat va ishchanlik hurmatini himoya qilish, irqiy kamsitilish, jinsiy kamsitilish; giyohvand moddalar, urush, qotillik targʻiboti, pornografiya tarqatish hamda matnni lingvistik yoki psixologik-lingvistik ekspert qilish, boshqa toifadagi holatlar bilan bogʻliq boʻlgan badiiy matn mutaxassislar tomonidan eʼtiborga olinadi. O.N.Matveevaga koʻra, “Butun tilshunoslik tajribasiga oid hal qilinmagan muammolar shu holatda aniq obyekt bilan murakkablashadi. Uning talqiniga koʻra, bu borada uzoq filologik anʼanalar va tasavvurlar mavjud. Bunda badiiy matnni lingvistik ekspertiza qilish oʻrganilayotgan obyektning oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq bir qator muammolarni oʻz ichiga oladi. Muallifning badiiy shakldan foydalanishi javobgarlikdan ozod etilish-yetilmasligi eʼiborda turadi. Agar shunday boʻlsa, qanday sharoitlarda? Adabiy matnning lingvistik ekspertizasi boʻyicha malakali ekani uning filologik talqini va ilmiybanʼanalariga asoslanganmi yoki boshqa tasavvurlargami? Ertaklar qahramonlari yoki adabiy asar muallifni haqiqiy hayotdagi insonlar bilan qay darajada bogʻlash mumkin?” . Albatta, adabiy matnni tahlil qilishda muallifni, hikoyachini va personajni ajratish zarur. Hikoya birinchi shaxs tilidan bayon qilinsa ham, bu bahsli muammoni muallifning oʻziga bogʻlash mumkin degani emas. Adabiy matnga xos boʻlgan talqinlarning haddan ortiq koʻpligi lingvistik tajribaning oʻtkazilishiga toʻsqinlik qiladi. Bu esa badiiy matnning lingvistik ekspertizasi nuqtayi nazaridan tekshirilishi kerak. Adabiy matnlarni tahlil qilishda bu va boshqa koʻplab savollar mutaxassis oldida paydo boʻladi. Ekstremistik materiallarning huquqiy jihatdan ahamiyatli belgilari nizo va adovatni qoʻzgʻatish alomatlari, milliy, irqiy, etnik, jinsiy kamsitilishga doir ijtimoiy asoslarga koʻra aniqlangan shaxslar guruhiga nisbatan zoʻravonlik harakatlarida, ustunlikni targʻib qilishga, terrorizm, qotillikni yoqlashga chaqiriqlar hisoblanadi. O.V.Kukushkina, Yu.A.Safonova, T.N.Sekerage taklif etgan ekstremistik matnlarni tahlil qilish, semantik sistema matnida uch turdagi maʼlumotlari boʻlgan identifikatsiyaga asoslanadi. Bular: nutq mavzusi, unga munosabat, nutqning bu mavzusi toʻgʻrisida ochiq bayonot berish kabi. Bundan maqsad, har qanday ekstremistik maʼno esa uchala turning alomatlarining kombinatsiyasi boʻlib, ularning tahlilini talab qiladi . Tahlilning bu prinsipi adabiy matnlarga taalluqli boʻlib, nomdor tashkilot tomonidan berilgan savollarga javob berishga qoʻl keladi. Ammo badiiy matnning lingvistik ekspertizasini tahlil qilishda baʼzi qiyinchiliklar yuzaga kelishi ham mumkin.
Badiiy matnni tekshirishda tilning atov birliklari alohida kommunikativ-pragmatik salohiyatga ega boʻladi. Ular oʻz semantikasida aks ettirilgan voqelik obyektlarining modal-baholash xususiyatlarini oʻz ichiga oladi. Matn muallifi adresatga taʼsir etish maqsadida qoʻllagan leksik birliklari nafaqat maʼlumot beruvchi, balki koʻrsatilgan obyektlar toʻgʻrisida emotsional-baho maʼlumotlarini ifodalovchi ekspressiv funksiyani ham, pragmatik funksiyani ham bajaradi.
Ekspert tilshunos semantika va pragmatika oʻrtasidagi munosabatni hisobga olishi kerak. Til belgilarini pragmatik oʻrganishning lingvistik aloqa qoidalari va konvensiyalari, kommunikantlarning nutq harakati, nutqni tahlil qilish kabi jihatlariga alohida eʼtibor berilishi kerak. Ular ogʻzaki nutq mavzusiga bayonotlar shakllantirishda lingvistik vositalarni tanlashni talab qiladi. Bu yoʻnalish doirasida hozirgi diskursiv vaziyat sharoitlari, kommunikantlarning oʻzaro taʼsiri xususiyatlari, xabarning maqsadli belgilanishiga qarab matnli axborotning semantik polifoniyasini oʻrganish imkoniyatlari mavjud. Sud-lingvistik ekspertiza oʻtkazish uchun barcha zarur boʻlgan usullar toʻliq koʻrsatmaydi. Biroq, barcha bosqichlarda sud jarayonining ishtirokchilari uchun yagona tadqiqot usullariga boʻlgan ehtiyoj ortib bormoqda. Umumiy talablarning yoʻqligi esa daʼvogar va javobgarlarning ekspert baholaridan noroziligiga sabab boʻladi. Buning natijasida koʻplab sud jarayonlari kechiktiriladi va keyinga qoldiriladi. Shu sababli, konfliktli nutqiy vaziyatlarga ham lingvistik, ham huquqiy baho berishni sud-lingvistik ekspertiza uchun umumiy tamoyillar va oʻziga xos metodologiyani ishlab chiqishga jamoatchilik ehtiyoji mavjud. Sud ekspertizasi - bu kriminalistika nazariyasida alohida muammo sifatida ajralib turadi.
Badiiy matnning ekstremistik mazmunini lingvistik ekspertiza qilishda situatsion jarayonni hisobga olib, “hodisa” va “fakt” toifalarini farqlash muammosiga qisqacha toʻxtalib oʻtish zarur. Chunki bu muammo lingvistik ekspertiza uchun juda muhim. Hodisa va fakt oʻrtasidagi farqning kiritilishi, ehtimol, aynan tilshunoslar faoliyati bilan bogʻliq boʻlmasa-da, ammo bu zarurat. Bu masalani koʻrib chiqish muhim.
Voqelik hodisaning tavsifi sifatida gavdalanadi. Shu bilan birga farqlashning muhim tabiati fakt va hodisalarning tasdiq yoki inkorga teng boʻlmagan munosabatidir. Hodisalar haqiqat va yolgʻon boʻlishi mumkin. Voqelikka nisbatan ular yo mavjud yoki yoʻq, deb taxmin qilinadi. Bu farq faktning izohlangan hodisa ekanligi, talqindan tashqari yo mavjud, yo mavjud emasligi bilan belgilanadi. Biz faktning talqindan tashqarida mavjud emasligiga rozi boʻlsak-da, voqea-hodisalar talqindan tashqarida mavjud emas degan fikrni ham toʻgʻri hisoblaymiz. Shuning uchun biz faktlar va hodisalarning qarama-qarshiligiga oid bunday fikrni qabul qilmaymiz.
Biror fakt yoki hodisa haqidagi hech qanday bayonotni eksperimental kuzatish orqali tekshirib boʻlmaydi. K.Popper bu xususiyatni koʻrsatib: “Har bir tavsiflovchi bayonot nazariya, gipoteza xarakteriga ega” - deydi. Printsipial jihatdan, hamma narsani voqea yoki faktlar nuqtayi nazaridan qayta shakllantirish mumkin. Baʼzi bir imtiyoz toifasidagi bayonotlarda kuzatuv bayonotlarini ajratib koʻrsatishning hojati yoʻq. Chunki faqat bunday bayonotlar dalilsiz qabul qilinishi mumkin, ular tekshirilishi ham shart emas.
Bunday taxminlarni haqiqiy faktik bayonotlarga nisbatan ham qabul qilish mumkin. Biz shunda, goʻyoki voqea va faktlarning qarama-qarshiligi qabul qilingandek “aslida toʻgʻri” yoki “notoʻgʻri” soʻzini ishlatamiz. Voqelikning nima boʻlgan va nima boʻlmaganini aniqlaydigan kuzatuv bayonotlari ham, anʼanaviy ravishda faktik deb tan olingan va real dunyoga nisbatan ularni isbotlash yoki rad etish mumkinligi qabul qilingan bayonotlar ham xuddi shunday fikrni ifodalaydi. Ularning barchasini ishning haqiqiy holati bilan inkor etish mumkin va bu jihatdan ularning barchasi farazlarga tayanadi. Muammo shundaki, “yolgʻon shakl” tushunchasining koʻlami va mazmunini aniqlab olish zarur. Shuning uchun biz ushbu muammoni qayta shakllantirishga harakat qilamiz va tavsiflar muammosi faktik xarakterdagi muammoga aylanadi.
U yoki bu shaklni munosib yoki nomunosib deb taʼriflaganda, biz aniqlik masalasiga duch kelamiz. Bu munosib yo nomaqbullik asosidagi alohida oʻziga xoslik muammosi bilan bogʻliq. Kriminalistikada kimlik muammosi ham mavjud boʻlib, unga qachon va nima uchun ehtiyoj bor.
Til va nutqning chegaralanishi va uning oʻziga xoslik muammosi empirik tarzda kuzatilgan ikkita faktga borib taqaladi:
a) badiiy nutqning cheksiz oʻzgaruvchanligi;
b) bir tilda muloqot qiluvchilarning oʻzaro tushunish haqiqati;
Agar biz adabiy til va badiiy nutqqa qarama-qarshi boʻlgan nazariyani qabul qilsak, unda qoʻyilgan savolga taxminan quyidagicha javob berishimiz mumkin: ona tilida soʻzlashuvchilar muayyan adabiy nutqni yoki ularning qismlarini umumlashtirishga qodir, yaʼni ular turli badiiy asarlarni oʻxshash deb qabul qiladi. Badiiy matn bir-biridan farq qilmagani uchun bu funksiyani adabiy kod deb atash mumkin.
Badiiy matnda behayo soʻzlar ishlatilib qolishi ham mumkin. Ularni hech qanday shaklda ishlatmaslik haqida axloqiy-lingvistik kelishuv boʻlishi kerak. U “Boshqalarni haqorat qilish yaxshi emas” qabilida boʻlishi mumkin. Qizigʻi shundaki, bu kelishuv har doim buzilishi mumkin. Bu hodisalarni huquq hodisalari bilan bogʻlash lozim. Biror narsa qilmaslik toʻgʻrisidagi kelishuvlar buzilgan yoki buzilishi mumkin boʻlgan muammoli vaziyatga nisbatan aniq belgilanadi. Buzilmagan narsa meʼyorni tartibga solish predmeti boʻlishi mumkin emas. Yuqorida aytilganlar odobli va odobsiz o termini oʻrtasidagi qarama-qarshilik meta-oppozitsiya, yaʼni tilni bilish darajasida emas, balki tilni aks ettirish darajasida ekanligini taʼkidlashga imkon beradi.
Odobsiz soʻzlarga murojat orqali aloqa qilishda har doim ham vijdonga oddiy murojaatlar shaklida aniq yoki bilvosita meta-kontekst (maʼlum bir meta-faoliyat) mavjudligi tushuntirilishi lozim. Bu qasamyod qilishni qabul qilmaydigan odamga har qanday muayyan vaziyatda oʻzini oqlay olishiga imkon beradi. Bundan tashqari, bu meʼyorlar bir-biriga qarama-qarshi boʻlishi mumkin. Shuning uchun aniqlanishi va tavsiflanishi mumkin boʻlgan badiiy nutq kodida lingvistik va axloqiy meʼyorlar haqida ziddiyatli bayonotlar boʻlishi mumkin.
Hozirgi paytda lingvistik ekspertologiyada maʼlumotni kodlashning metallingvistik darajasida lingvistik vositalarga nisbatan faqat bitta mutlaq meʼyor mavjud. Odobsiz soʻzlarni qoʻllash salbiy iboralar, shuningdek, odobsizlikni oʻz ichiga olgan shakllar hisoblanadi.

Badiiy matn zamonaviy jamiyatning baʼzi absurd unsurlari koʻplab janrlarga xos ijtimoiy konvensiyalar boʻlib, stereotiplar bilan yashayotgan jamiyatni ramziy maʼnoda badihaga oladi. Turli xil ijtimoiy normalar tanqidiy baholash inversiyasi paradoksal tarzda qayta oʻylashga majbur etadi. Badiiy matndagi poyetik ifoda etika nuqtayi nazaridan satira yoʻli bilan kulish va baʼzan kulish mumkin boʻlmagan oʻsha mavzularni muvozanatda saqlashga asoslanadi. Biroq, matndagi modal maʼnolarning integratsiyasi, muallif pozitsiyasining mukammalligi, matnda izchillikning turli darajalari – bularning barchasi, adabiy matnning mazmuni va kommunikativ nuqtayi nazarini tashkil etadi va tilshunoslik nazariyasining koʻplab masalalarini hal qilishda muammolarga duch qilib qoʻyadi.


Shunday qilib, ekstremizmga qarshi kurash jarayonida adabiy matnda semantik va kommunikativ-pragmatik tahlilni qoʻllash imkoni mavjud. Badiiy matn – ogʻzaki va yozma nutq birliklarining umumiy kommunikativ vazifani bajarish maqsadiga boʻysundirilishi. Va, biror darajani ifodalash uchun mazmuniy-semantik butunlik tarkibida birikishidir. Har bir adabiy matn oʻziga xos mazmunga ega. Unda aniq bir kommunikativ reja ifodalanadi va u ongli ravishda bajariladigan nutqiy ijod jarayonida shakllanadi. Semantik tahlil esa – eng qiyin matematik muammolardan biri boʻlib, unda asosiy qiyinchilik avtomatik qidiruv tizimlarini va boshqa sunʼiy intellekt sistemasini semantik birliklarni toʻgʻri talqin qilishga, ogʻzaki va yozma nutq tasviri hamda ifoda yoʻsinlarini buzilmasdan oʻquvchilarga yoki tinglovchilarga etkazishga oʻrgatish usuli. Insonning nutqi uning mafkurasini belgilaydi. Inson oʻz nutqi orqali obyektiv olamga boʻlgan munosabatini ifodalaydi. Shu bilan birga, milliy oʻzligini namoyon etadi.
Insonning dunyoqarashi, ongi, shuuri, hissiyoti, idroki, bilimi, hayotiy tajribasi, maʼrifiy qarashlari, umuman, inson ijtimoiy faoliyatida namoyon boʻluvchi falsafiy, axloqiy-yestetik tafakkuri mujassamlangan nutqining tahlili va pragmatik talqini millatning bugungi milliy mustaqillik davrida qaynoq hayot jabhalaridagi oʻrnini belgilashda muhim. Shu maʼnoda inson ijtimoiy faoliyatini oʻzida toʻliq aks ettirgan harakatdagi, jonli nutqning inson mafkurasi bilan bogʻliq lisoniy uygʻunligi tanlangan mavzuning oʻta dolzarbligini bildiradi . Semantik tahlil matnning tarkibiy qismlarini aniqlash bilan bogʻliq boʻlsa, kommunikativ-pragmatik tahlil asosan matnning xarakter-xususiyatiga qaratilgan va oʻquvchiga nutq taʼsiri usullarini oʻrganishni talab qiladi. Shuning uchun bu holatda mutaxassislar nima qilishlari lozim? Ularning vakolatiga kirmaydigan masalalarni ekspertizadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni chiqarib tashlash kerak. Shunday qilib, bizni hatto baʼzi masalalarni koʻrib chiqishda lingvistik ekspertiza qilish mutaxassislar oldida turgan va ilgari surilayotgan amaliy tilshunoslik tomonidan hal qilinadigan koʻplab muammolar mavjudligiga yana bir bor ishontiradi. Ayrim hollarda tadqiqotchilar mavjud muammo hamda oldiga qoʻyilgan savollarga faqat jamoa muhokamasigina toʻgʻri javob berishi mumkin.
Soʻnggi oʻn yilliklarda jamiyatning barcha jabhalarida gumanitar soha boʻyicha adabiy va lingvistik yozma va ogʻzaki nutqni tekshirish holati kuchaymoqda. Hozirda adabiy asar sud muhokamasi faktiga aylanish kutilayotgan ehtimollardan biri. Chunki ularda jinoyat belgilari va soʻz orqali sodir etilgan aybdorlik hissi badiiy matnni tekshirish hamda lingvistik faoliyatni amalga oshirishga ehtiyoj bor.
Badiiy matnni lingvistik tekshirish yoʻnalishining paydo boʻlishiga quyidagicha sabablar mavjud:
1. Oʻzbek tilining sofligi, ommaviy axborot vositalari va rasmiy hujjatlarda oʻzbekcha soʻz va iboralarning toʻgʻri qoʻllanilishi uchun kurash.
2. Shaʼn, qadr-qimmat va ishbilarmonlik obroʻsini himoya qilish boʻyicha bir nechta daʼvolarni koʻrish.
3. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, ularga qarshi kurashish plagiat va qalbaki kitoblar kabi.
4. Ekstremistik faoliyatga ommaviy chaqiriqlar uchun va unga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi yangi qonun hujjatlari nuqtayi nazaridan hamda nafrat yoki adovat, inson qadr-qimmatini kamsitish, haqorat va tuhmat, gijgijlash uchun jinoiy javobgarlikka tortish holatlarida.
5. Turli darajadagi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlariga saylov jarayonidagi “qora piar”ga qarshi kurash.
6. Giyohvandlik va psixotrop moddalarning ommaviy targʻiboti uchun maʼmuriy jazoni joriy etish va boshqalar.
Sud amaliyotida soʻrovlarga javoban lingvistik ekspertiza doirasida quyidagi asosiy vazifalar va ularning roʻyxatini keltirish mumkin:
- bahsli matn, bayonot yoki lingvistik belgini oʻrganish. Bunda hujjat, gazeta maqolasi, telekoʻrsatuv, firma nomi, tovar belgisi va uning semantik mazmunini aniqlash uchun;
- munozarali matn, bayonot yoki lingvistik belgini oʻrganish, adabiy tur-janr nuqtayi nazari, ifodaning kompozitsion yoki leksik-grammatik shaklini aniqlash uchun;
- tijoratga ixtisoslashgan firma nomlari, tovar belgilarining oʻziga xosligini aniqlash uchun;
- individuallik, yangilik, oʻziga xoslik, chalkashlik darajasiga qarab;
- zamonaviy oʻzbek tili meʼyorlarini qoʻllash qoidalarini hisobga olgan holda professional lingvistik bilimlarga asoslangan tushuntirishlar uchun.
- munozarali matnning funksional va stilistik mansubligi nuqtayi nazaridan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va prokurorlar vakillari tez-tez qarorda koʻrsatilishi kerak boʻlgan ekspertiza turini aniqlashga qiynalishadi. Ish materiallarini, dastlab, koʻrib chiqishda ekspertlarning vazifasi qanday tadqiqot (psixologik, lingvistik, sotsiolingvistik, psixolingvistik) usullardan foydalanishida koʻrinadi.
Huquqiy mavzudagi bahsli badiiy matnning lingvistik ekspertizasi fanlararo filologik tadqiqotlarning maxsus sohasi. U toʻgʻridan-toʻgʻri eng qadimiy hududlardan biri greklarga tegishli filologiya – germenevtikaga (yunon tilidan – talqin, tushuntirish) borib taqaladi. Bu badiiy matn tanqidi bilan shugʻullanadigan yoʻnalish. Huquqiy sabablarga koʻra olib boriladigan bahsli matnni germenevtik nuqtayi nazaridan lingvistik tekshirish sohasi sud deyiladi. Lingvistik ekspertiza terminologik jihatdan, qonunchilik va protsessual sud-huquq nuqtayi nazaridan ahamiyatli.
Sud-lingvistik ekspertiza sudning ajrimi va suddan tashqari lingvistik ekspertiza – advokatning, jismoniy, yuridik shaxs hamda jamoatchilikning yozma arizasi asosida amalga oshiriladi.
Sud lingvistik ekspertizasining munozarali badiiy matnga, shu jumladan, munozarali media matnga fanlararo yondashuvi ostida ekspertiza uchun taklif etilgan badiiy matnni har tomonlama tahlil qilish mumkin. Bu nutqning lingvistik madaniyati, stilistika, matn nazariyasi, poyetika, lingvopragmatika, nutq akti nazariyasi, sotsiolingvistika kabi koʻrinishlarida aks etadi. Bu shuni anglatadiki, lingvistik ekspertiza paytida:
– bahsli badiiy matndagi til vositalarining tarkibi tahlil qilinadi;
– asosiy soʻz, iboralar, frazeologik birliklar, shuningdek, grammatik shakllar, ularning variantlari, morfologik va sintaktik kategoriyalar ham tahlilga tortiladi;
– koʻrib chiqilayotgan matnlarda til vositalaridan foydalanishning amaldagi adabiy matn meʼyorlariga muvofiqligi aniqlanadi;
– tanlovning toʻgʻriligi va foydalanish uchun harakatlantiruvchi kuch oʻlchovining matn ichidagi soʻz bilan boʻliqligi kuzatiladi;
– makro va mikro badiiy matnning roli koʻrib chiqiladi va tahlil qilinadi;
– turli yoʻllar va figuralar tahlili, muallifga stilistik jihatdan kerak boʻlgan maʼnolarni taʼkidlaydigan texnikalarga ehtiyoj seziladi;
- mutaxassislarni jalb qilish va badiiy matnni kompleks tekshirish zarurati paydo boʻladi.
Badiiy matnning lingvistik ekspertizasi uchun yuborilgan barcha materiallar bitta matnning emas, balki tarqoq varaqalar, fayllar, videolar, individual tasvirlar va boshqalar toʻplami boʻlishi mumkin. Bunday variantlarda turli bilim sohalari mutaxassislari muhim semantik komponent: etnograflar, tarixchilar, sanʼatshunoslar, psixologlar va boshqalarni jalb qilgan holda keng qamrovli tadqiqot oʻtkazish zarurati tugʻiladi.
Shunday qilib, ogʻzaki matn neytral boʻlishi mumkin yoki umumiy maʼlumotni oʻz ichiga olishi mumkin (“men oʻzbekman”). Badiiy matn va uning tarkibiy qismi unga murojaat qilinganlarning ongi va ongsizligiga maʼlum darajada taʼsir koʻrsatishga qodir. Bu holatda yordam berish uchun motivatsiyalar va kuzatilgan reaksiyalarni tahlil qiluvchi psixologlar chizmalar hamda fotosuratlarning ramziy maʼnosini hisobga oladi. Faqatgina bunday materiallarni har tomonlama oʻrganish bizga toʻgʻri, aniq xulosalar chiqarish imkonini beradi.
Badiiy matnga eʼtiborli boʻlgan maqul. Unda diniy nizo, milliy va boshqa nizolar, adovat va boshqalarni qoʻzgʻatish darajasi mavjudligini aniqlash muhim. Ilmiy adabiyotlarda ekstremizmning koʻplab turlari va shakllari ajratilgan - diniy ekstremizm, etnik ekstremizm va boshqalar. Ekstremizmning barcha turlaridan koʻra diniy ekstremizm muammoliroq boʻlib, tez-tez lingvistik ekspertizani talab qilib turadi. Shunday qilib, tilshunos V.A.Mishlanova “Sudlarning motivatsiyasi qarorlar” deb yozadi va bu fikr keng rezonans (shu jumladan chet elda ham) beradi.
Oʻtgan asrning 80-yillarida Tomsk va Kemerovo universitetlari olimlari tomonidan badiiy matnni koʻrib chiqishgani haqida rus tilidagi nashrlar xabar beradi. Olimlar diniy matnlarni tekshirish uchun tilshunoslik sohasidan voz kechishni taklif qilmaydi. Lekin bu mutaxassislikning lingvistik ekspertizadagi ulushini isbotlashga harakat qiladi. Gumanitar bilimlar sohasi - adabiyotshunoslik, tarix, falsafa, dinshunoslik, etnografiya mutaxassislari cherkov-diniy nutqning potensial ziddiyatli babiiy matnini oʻrganishga jalb qilingan taqdirdagina baholashlar “dalil bazasi” qiymatiga ega boʻladi, deydi.
Elena Igorevna Galyashina ishlarida ogʻzaki ekstremizmning batafsil tavsifi berilgan. Uning taʻrifiga koʻra, ekstremistik matnlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
1) har qanday milliy, konfessiyaga asoslangan yoki boshqa ijtimoiy guruhga nisbatan salbiy munosabatni bildiruvchi bayonotlar;
2) dushmanlik, tajovuzkor yoki kamsituvchi bayonotlar har qanday millat, etnik mansub shaxslarga nisbatan xarakter-xususiyatlar;
3) butun etnik guruhning alohida vakillarining xatti-harakatlari uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni oʻz ichiga olgan bayonotlar;
4) maʼlum bir millatga mansub shaxslarga nisbatan zoʻravonlik harakatlarini qoʻzgʻatishni oʻz ichiga olgan tashviqot xarakteridagi bayonotlar;
5) irqi, dini yoki boshqa ijtimoiy mansubligi nuqtayi nazari;
6) har qanday xalqning irqiy yoki boshqa ijtimoiy guruhga nisbatan dastlabki dushmanligi haqidagi bayonotlar;
7) antagonizm, fundamental nomuvofiqlik haqidagi gaplar: bir milliy, diniy yoki boshqa ijtimoiy guruhning manfaatlari boshqasiga nisbatan toʻqnash kelishi;
8) bir ijtimoiy, etnik, konfessiyaviy yoki boshqa odamlarning oʻtmishdagi, hozirgi va kelajakdagi ofatlar, muammolar haqida bayonotlar:
9) ijtimoiy guruh boshqa millatning etnik yoki boshqa shaxsning mavjudligi va maqsadli faoliyati (harakati) bilan izohlanishi:
9) maqtovga ijobiy baho berilgan bayonotlar har qanday millat vakillariga qarshi genotsid, deportatsiya, repressiya holatida boʻlishi;
10) maʼlum bir millat, etnik guruh, irq vakili sifatida shaxs yoki boshqa ijtimoiy guruh tomonidan kamsituvchi salbiy maʼnolarni oʻz ichiga olgan bayonotlar kabi.
Bu tasnif ishimizda, albatta, bebaho yordam beradi. Biroq ogʻzaki ifodaning oʻziga xos vositalari, shuningdek, ular taqdim etgan badiiy matn boʻyicha alohida bayonotlarga eʼtibor berilishi kerak.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari harakatlariga taʼsir qiluvchi fikrlarni tarqatish vositasi sifatida ayniqsa, qobiliyatlarni chegaralash masalasida soʻnggi yillarda internetning rivojlanishi bilan yangi turdagi resursning ahamiyati sezilarli darajada oshdi. Almashtirish niqobi ostida “Internetdagi fikr-mulohazalarni” tarqatib, ekstremistik tashviqot olib borish, yangi tarafdorlarni yollash va “hamyondorlar” sonini koʻpaytirish imkoniyatiga ega boʻladilar. Shu sababli, keyingi paytlarda ayrim sistemalarning vazifasi ekstremistik mazmunli matnlarni aniqlash uchun ijtimoiy tarmoqlar monitoringiga aylandi. Bunday holatda tergov, surishtiruv organlarining vakillari, baʼzan esa sudyalar ularga qarshi tura oladi. Filologlarda esa uni isbotlash vazifasi bor. Ekspertning vazifasi Jinoyat kodeksining tegishli normasida nazarda tutilgan ishning huquqiy belgilari mavjudligini aniqlashga qaratiladi. Bu esa ekspertni sof huquqiy masalalarni hal qilishga undaydi. Shuning uchun, bu holatda mutaxassislar nima qilishlari kerak? Ularning vakolatiga kirmaydigan masalalarni ekspertizadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarordan chiqarib tashlash bilan javob berishi lozim.
Shunday qilib, lingvistik ekspertiza - mutaxassislar oldida turgan va ushbu amaliy bilim sohasi tomonidan baʼzi masalalarni koʻrib chiqish nuqtasi, yaʼni hal qilinadigan koʻplab muammolar mavjudligiga yana bir bor ishontirish vositasi. Ayrim hollarda faqat jamoa muhokamasi tadqiqotchilar oldiga qoʻyilgan savollarga toʻgʻri javob berish imkoniyatiga ega.

Download 91.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling