Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda
Elektr yoyidan kuyganda va elektr tokidan shikastlanganda
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
1-yordam
Elektr yoyidan kuyganda va elektr tokidan shikastlanganda (kuyish
maydonidan qat’iy nazar) shikastlanganni tibbiyot muassalariga olib borish zarur, chunki bu vaziyat elektr tokini odam a’zosiga qanday ta’sir etganligi xususiyatlariga bog’liqligi sababli, u doim vrach nazoratida bo’lishi shart. Jarohatlanish sodir bo’lgan vaqtdan bir necha soat, hatto bir necha kun o’tgandan keyin ham yurak urishi to’xtab qolishi mumkin. Kim’yoviy kuyishda to’qimalarning shikastlanish chuqurligi ma’lum darajada kim’yoviy moddalarning qancha vaqt ta’sir qilganliga bog’liq. Eng muhimi mumkin qadar tezlik bilan kim’yoviy moddalarni quyuqligini (kontsentratsiyasini) va uni ta’sir qilish vaqtini kamaytirish. Shuning uchun jarohatlangan joyni ko’p miqdorda sovuq suv bilan 15-20 daqiqa yuvish kerak. Agar kislota yoki ishqor teriga kiyim ustida tushgan bo’lsa, unda oldin kiyimni ustini suv bilan yuvib, ehtiyotlik bilan uni qaychi bilan kesib tashlab, shikastlanganni ho’l kiyimlarni yechib olinadi, so’ng terini suv bilan, yuvish kerak. Agar odam badaniga sulfat kislota yoki ishqor moddasi qattiq (kristall) holatda tushgan bo’lsa, uni quruq paxta yoki toza mato bilan olib tashlab, jarohatlangan joyni suv bilan yuvib, ustiga quruq sterilizatsiya qilingan mato qo’yib bog’lash kerak. Kim’yoviy kuyishda kim’yoviy moddalarni butunlay yuvib tashlashning iloji yo’q. Shuning uchun yuvilgandan keyin, jarohatlangan joyni tegishli neytrallashtiruvchi eritmalar bilan malham sifatida yuvib tashlanadi (yoki bog’lab qo’yiladi). Bulardan keyin beriladigan yordam, xuddi termik kuyishda beriladigan yordamdek bajariladi. Kislota ta’sirida kuygan teri ustini ichiladigan soda eritmasi (bir choy qoshig’idagi soda bir stakanli suvga) bilan malham qilib yuviladi (yoki bog’lab qo’yiladi). Kislota suyuqlik, bug’ yoki gaz holatida ko’z yoki og’izga tekkan bo’lsa ularni ko’p miqdordagi suv bilan yuvib, so’ngra ichiladigan soda eritmasi (yarim choy qoshig’idagi soda bir stakan suvga) bilan yuviladi. Agar teri ishqor ta’sirida kuygan bo’lsa bornaya kislota eritmasi (bir choy qoshig’idagi kislota bir stakanli suvga) yoki sirkaning kuchsiz eritmasi (oshxona sirkani yarim suv bilan aralashtirilgan) bilan yuvish lozim. Ishqorning tomchilari yoki uni bug’i ko’z va og’izga tegsa jarohatlangan joyni ko’p suv bilan ko’p marta yuvish kerak, so’ng bornaya kislota eritmasi (yarim choy qoshig’idagi kislota bir stakan suvga) bilan yuviladi. Agar ko’zga kim’yoviy moddalarning qattiq bo’laklari tushib qolgan bo’lsa, ularni namlangan tompon yordamida olib tashlanadi. Agar ko’z yuviladigan bo’lsa ular ko’zning shilliq pardalarini yaralab, qo’shimcha jarohat berishi mumkin. Agar kislota yoki ishqor qizil o’ngachga tushib qolgan bo’lsa tezda vrach chaqirilishi kerak. U yetib kelguncha shikastlanganni yopib qo’yish kerak, og’riqni kamaytirish uchun qorin ustiga “sovuq” qo’yish kerak. 32 Agar shikastlanganda nafas qaytish bekgilari paydo bo’lsa “og’izdan burunga” usuli bilan sun’iy nafas oldirish kerak, chunki og’izdagi shilliq pardalar kuyib ketgan bo’ladi. Qizilo’ngachga tushgan kislota yoki ishqorni neytralizatsiya qilish yoki oshqozonni suv bilan yuvib, qusishni keltirish mumkin emas, chunki kuydiruvchi suyuqlik qaytayotib, shilliq pardalarni yana jarohatlantirishi va tomog’da shish paydo qilishi mumkin. Shikastlanganning qizilo’ngachiga tushgan kislota va ishqorning kuydirish ta’sirini kamaytirish uchununga uch stakangacha suv berish mumkin. Sut yoki suvga aralashtirilgan tuxumning oqini (12 ta tuxum bir litr suvga) ichirilsa yaxshi natija beradi. Terining ko’p joyi kuygan bo’lsa, shuningdek ko’zga kislota va ishqor tushsa, shikastlanganga birinchi yordam ko’rsatilgandan sng tezda tibbiy muassasalarga yuborish kerak. 9. SOVUQ URGANDA BERILADIGAN YORDAM. Past harorat natijasida to’qimalarni jarohatlanishi – sovuq urush deyiladi. Past harorat ta’sirida to’qima halokat bo’lmay balki ularda hayot harakatlari susayib boradi. To’qimalarni harorati qancha qancha past bo’lsa ularning tiriklik faoliyatini ta’minlovchi almashlash jarayonlar shuncha kamaya boshlaydi (harorat 19 0 C da almashlash jarayonlari deyarli to’la to’xtaydi, 10 0 C da esa qon yurishi to’xtaydi). Almashlash jarayonlarini susayishi to’qimalar hayotiga kerak bo’gan talablarini kamaytiradi, lekin ularni jarohatlanishiga olib bormaydi. Sovuq urgan to’qimalarni bir tekis holatda isitilmasa halok bo’ladi. Sovuq urish sabablari turli xil bo’ladi va ma’lum sharoitlarda (sovuqni uzoq vaqt ta’sir etishi, shamol, yuqori namlik, tor va ho’l poyavzal harakatsiz holat, shikastlanganni umumiy ahvoli yomonligi – kasallik, darmon qurishi, mastlik, ko’p qon yo’qotish va boshqalar) sovuq urishi hatto harorat 3-7 0 C bo’lganda ham sodir bo’lishi mumkin. Barmoqlar, kaftlar, tovonlar, quloqlar va burunlar sovuq urushiga ko’proq duchor bo’ladi. Yordam berilayotganda eng asosiysi – sovuq urgan joylarni tez isitishga yo’l qo’ymaslik, chunki ularga issiq havo, issiq suv, issiq narsalarni va hatto issiq qo’lni tegishi ham zarar yetkazishi mumkin. Shikastlanganni isitiladigan xonaga olib kirishdan a’zoning sovuq urgan qismlarini (ko’pincha qo’l va oyoq) issiqlik ta’siridan ehtiyot qilish kerak. Buning uchun shu joylarni issiqlikni izolyasiya qiluvchi boylamalar (paxta- doka, junli mato va boshqalar) bilan terining sog’ joylariga tegmasdan, faqat oqorgan joylarini o’rab qo’yish kerak. Aks holda qon almashishi buzilmagan badan qismlaridan sovuq urgan joyga issiq o’tib, sovuq urgan joylarni yuza tomondan isitib, yuza to’qimalarni halok bo’lishiga olib keladi. Issiqdan izolyatsiya qiluvchi o’ram qo’yilgandan keyin sovuq urgan oyoq va qo’llarni qimirlamaydigan qilib qo’yish kerak, chunki ularning qon tomirlari juda nozik va qon yurishi tiklanganda qon quyilishi mumkin. Shuning uchun taxtakach va ixtiyoda bo’lgan boshqa materiallar, ya’ni qattiq karton, fanera, taxtalardan foydalanish mumkin. Tovon uchun ikkita taxta ishlatilishi kerak: bittasi boldirdan songacha – boshqasi tovon uzunligicha. Ularni 90 0 li burchakda mahkam qilib o’rnatiladi. 33 Sovuq urgan joylarga boylangan bog’lamalarni issiqlik sezilguncha va ularning sezgirligi tiklanguncha saqlab turish kerak. A’zodagi issiqlikni tiklash jarohatlanganning qon aylanishini yaxshilash uchun issiq shirin choy ichirish lozim. Qattiq sovuq qotish natijasida odam hushini yoqotsa, vrach yetib kelguncha ko’rsatiladigan yordamning asosiy qoidasi – shikastlanganni issiqlikni izolyatsiya qiluvchi o’ram bilan oyoq va qo’llarni o’rab, undan so’ng issiq binoga olib kirishdir. Agar shikastlanganning oyoq kiyimlari muzlab qolgan bo’lsa, ularni yechmay uni palto, paxtalik yoki ixtiyoridagi boshqa materiallar bilan o’rab qo’yish kerak. Shikastlanganni, orab qo’yilgan narsalarni yechmagan holda, tezlik bilan eng yaqin tibbiyot muassasiga olib borish lozim. 10. BEGONA NARSALAR BADANNING TO’QIMA VA A’ZOLARIGA TUSHGANDA KO’SATILADIGAN YORDAM. Begona narsalar tomoqqa, qizilo’ngachga, nafas olish yo’llariga, ko’zga, teri tagiga va boshqa joylarga tushib qolishi mumkin. Tomoqqa, qizilo’ngachga va nafas olish yo’llariga ovqatlanganda baliq qiltanog’i va go’sht suyaklari hamda to’niog’ichlar, knopkalar, mayday mixlar va boshqalar, shuningdek tishni orasida ish vaqtida ushlab turadigan narsalar kirib qolishi mumkin. Bu holda og’riq, nafas olishning qiyinlashishi, yo’tal xuruji va hatto bo’g’ilish paydo bo’lishi mumkin. Begona narsalarni oshqozonga o’tkazib yuborish uchun yeyiladigan qattiq non, quyuq ovqat, kartoshka ham kerakli natija bermaydi. Shuning uchun bunday hodisa ro’y berganda albatta tibbiyot muassasalariga murojaat qilish kerak. Begona narsalarni mayda bo’laklari (metal, tosh, yog’och qirindilari, qum, hasharot va boshqalar) ko’zga tushsa og’riq, yosh oqishi paydo bo’lib, ko’zni Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling