Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/34
Sana19.06.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1620483
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
1-yordam



Birinchi tibbiy 
yordam. 



1. UMUMIY QOIDALAR. 
Birinchi yordam – bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda 
saqlab qolish uchun qilinadigan jamlama tadbirlardir. Bu yordamni, tibbiyot xodimlari 
kelgunga qadar, shikastlangan kishi oldida turgan odam (o’zaro yordam) yoki 
shikastlanganni o’zi (o’z-o’ziga yordam ko’rsatish) berishi kerak. 
Shikastlanganni hayoti va undan keyingi davolash birinchi yordam qanchalik 
tez va bilimdonlik bilan bajarilganiga bog’liq, shuning uchun har bir xizmatchi birinchi 
yordamni qanday berishni bilishi va o’ziga hamda boshqa shikastlanganlarga yordam 
berishni amalda bilishi shart. 
Energetika korxonalari va tashkilotlarida ishlovchi hamma xodimlar vaqti-vaqti 
bilan shikastlanganlarga birinchi yordam berishni amalda o’rganishlari va birinchi 
yordam berish usullari to’g’risida yo’riqnoma olishlari lozim. Mashg’ulotlarni o’z ishini 
yaxshi bilgan tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda korxonaning texnik muxandis 
xodimlari o’tkazishi kerak. 
Korxonada o’qishni tashkil qilish uchun korxona (tashkilot) rahbarlari va sex 
boshliqlari javobgar. 
Birinchi yordam o’z vaqtida va samarali bo’lish uchun, xodimlarning doimiy 
navbatchilik joylarida quyidagilar bo’lishi kerak: 
- aptechka (yoki ish boshqa joyda bajarilayotganda brigada boshliqlari birinchi 
yordam xaltasi) ichida birinchi yordam ko’rsatish uchun zaruriy dorilar va yordam 
ko’rsatish usullarini tasvirlovchi va sun’iy nafas oldirish hamda yurakni tashqaridan 
uqalash (masaj qilish) usullarini tasvirlovchi plakatlar ko’zga ko’rinarli joylarga osib 
qo’yilishi kerak; 
- sog’liqni saqlash xonalari va aptechka turadigan joylarni oson toppish uchun 
ko’rsatkich va belgilar bo’lishi lozim. Boshqa tashkilot xodimlari ish bajarayotganda 
ularni aptechka va sog’liqni saqlash xonalari bilan tanishtirib chiqish lozim bo’ladi. 
Birinchi yordam ko’rsatishni to’g’ri tashkil qilish uchun hamma korxona, sex, 
tuman tarmoqlari bo’limida va hokazolarda quyidagi tadbirlar bajarilishi zarur: 
- aptechkalar va birinchi yordam ko’rsatish xaltalarini tegishli holatda bo’lishi, ularni 
saqlash, sarf qilingan dori va tibbiy vositalar o’rnini doimiy ravishda to’ldirib turish 
uchun shu ishga mavsul xodimlar tayinlash kerak. 
- birinchi yordamni to’g’ri ko’rsatish, shikastlanganlarni o’z vaqtida tegishli tibbiy 
dargohlarga yuborish, hamda aptechka va xaltalarni holatini, shuningdek, dori va 
birinchi yordam ko’rsatish uchun zaruriy vositalar bilan o’z vaqtida to’ldirib turish 
uchun doimiy qattiq nazorat qilishni tashkil etish kerak. 
Yordam berayotgan, inson a’zosining hayotiy muhim joylari shikastlangandagi 
asosiy belgilarini hamda shikastlanganlarni xavfli holatini aniqlashni, birinchi yordam 
ko’rsatish usullarini qaysi novbatda ishlatishni aniqlash, yordam ko’rsatish vaqtida, 
kerak bo’lganda, qo’l ostidagi uskunalarni ishlatishni va shikastlanganni kerakli 
manzilga olib borish yo’llarini bilishi lozim. 
Shikastlanganlarga birinchi yordam ko’rsatishda qilinadigan ishlar ketma-ketligi: 
1) shikastlanganning a’zosiga ta’sir qilayotgan xavfli va zararli omillardan ozod 
qilish (elektr toki ta’siridan ozod qilish, zaharlangan havodan olib chiqish, yonib 
turgan kiyimini o’chirish, suvdan chiqarib olish va hokazo); 
2) shikastlangan holatini aniqlash; 



3) shikastlanganni hayotiga katta xavf solayotgan jarohat ta’sirini aniqlash va uni 
qutqarish uchun navbatma-navbat qilinadigan harakatlarni aniqlash; 
4) shikastlanganni qutqarish bo’yicha bajariladigan kerakli tadbirlarni tezkorlik 
bilan amalga oshirish (nafas olish yo’llarini tiklash, sun’iy nafas oldirish, yurakni 
tashqaridan uqalash (masaj qilish), qon oqishini to’xtatish, singan joyni 
qimirlamaydigan qilib qo’yish; yaralangan joyni bog’lash va hokazolar); 
5) tibbiy xodimlari kelgunga qadar shikastlanganni asosiy hayot uchun muhim 
bo’lgan funksiyalarini saqlab turish; 
6) tez tibbiy yordamni yoki vrach chaqirish yoki shikastlanganni eng yaqin tibbiy 
muassasaga yetkazish tadbirlarini ko’rish. 
Hodisa sodir bo’lgan joyga tibbiyot xodimlarini chaqirishning iloji bo’lmasa, 
shikastlanganni eng yaqin tibbiyot muassasiga olib borishni tashkil qilish lozim. 
Shikastlanganni nafas olishi va tomir urishi barqaror bo’lgan holatdagina joyidan 
qo’zg’atish mumkin. 
Shikastlanganni holati uni joyidan qo’zg’atishga imkon bermasa, hayot uchun 
muhim asosiy funksiyalarini tibbiyot xodimlari yetib kelgunga qadar saqlab turish 
kerak. 
2. JABRLANUVCHINI SHIKASTLANTIRUVCHI 
OMILLARNI TA’SIRIDAN OZOD QILISH. 
Shikastlanganlarga yordam ko’rsatish uni shikastlantiruvchi omillarning 
ta’siridan ozod qilishdan boshlanadi: elektr uskunasini uzib qo’yish; tok uzatuv 
bo’limlardan kuchlanishni o’chirish yoki shikastlanganni ulardan ajratib olish; uni 
qadamaro kuchlanish zonasidan olib chiqish va hokazo; xatarli zonadan olib chiqish 
(gazlangan, changlangan, xavoning yuqori yoki past haroratli joyida olib chiqish va 
hokazo); ishlab turgan uskunalarni, harakat qilib turgan mashinka va mexanizimlarni 
to’xtatish, bug’ yoki suvni uzib qo’yish; suvdan olib chiqish; yonib turgan kiyimni 
o’chirish va hokazo. Shu ishlarni bajarish jarayonida, tegishli himoya qiluvchi 
vositalardan foydalanib, o’zini shikastlantiruvchi omillardan himoya qilishi kerak. 
Shikastlanganni, faqat unga yordam berish imkoniyati bo’lmagan holdagina
ya’ni, unga yoki yordam ko’rsatayotgan kishining hayotiga xavf solib turganda, 
masalan, machtada, ko’taruvchi mashina maydonchasida turib yurakni tashqi tomondan 
uqalash imkoni bo’lmasa, boshqa joyga ko’chirish lozim bo’ladi. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling