Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda
Elektr toki ta’siridan ozod qilish
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
1-yordam
Elektr toki ta’siridan ozod qilish. Elektr tokidan jarohatlanganda
shikastlanganni mumkin qadar elektr toki ta’siridan tez ozod qilish kerak, chunki jarohatni og’irligi tokni kishi a’zosidan o’tish vaqtiga bog’liq. Kuchlanish ostida bo’lgan tok o’tkazuvchi uskunalarga beixtiyor tegish, ko’pincha mushaklarni beixtiyor tortishib-qisqarishiga (tirishishga) va umumiy to’lqinlanishga olib boradi, bu esa nafas olishni va tomirlarda qon aylanishini buzilishiga va hatto butunlay to’xtalib qolishiga olib kelishi mumkin. Agar shikastlangan kishi simni qo’li bilan ushlab turgan bo’lsa, uning barmoqlari shunday katta kuch bilan siqiladiki, hatto uni simdan ajratib olish imkoniyati bo’lmaydi. Shuning uchun yordam berayotgan kishining birinchi harakati elektr uskunasining shikastlangan kishiga tegib turgan qismini mumkin qadar tezroq o’chirishi. 4 Elektr uskunani ajratgich (viklyuchatel), rubilnik yoki boshqa uzuvchi apparat yordami bilan o’chirish mumkin (1-rasm), shuningdek saqlagichni (peredoxranitel) olib qo’yish, shtepsel bilan ulangan ajratish joyidan uzish, havo tarmoqlari ustiga sim tashlash, sun’iy qisqa tutashuvni tashkil qilish yo’li bilan ham o’chirish mumkin. Agar shikastlangan kishi yuqorida bo’lsa, uskuna o’chirilgach, elektr toki ta’siridan ozod qilinadi, bu esa uni yuqoridan yiqilib tushishiga olib kelishi mumkin. Bunday vaziyatda qo’shimcha jarohatlanishdan saqlash uchun kerakli tadbirlar ko’rish lozim. Elektr uskinani o’chirganda, elektr chiroqlari ham o’chib qolishi mumkin, shuning uchun kunduzgi yorug’lik bo’lmasa, boshqa manbalardan yorug’lik berish yo’lini ko’rib qo’yish lozim (portlash, yong’inga qarshi va boshqa vaziyatlarni hisobga olgan holda favqulotda yorug’lik berish tarmog’ini ulash, akkumlyatorli fonarlardan foydalanish), bu ishlar uskunani o’chirishga va shikastlanganga yordam berishga xalaqit bermasligi kerak. Agar elektr uskunalarini tez o’chirish imkoniyati bo’lmasa, shikastlanganni tok o’tkazuvchi bo’limlarga tegib turgan joydan ajratish tadbirlarini ko’rish kerak. Shunday vaziyatlarda yordam beruvchi o’zini ham himoya qiluvchi tadbirlarni ko’rmasdan shikastlanganga tegishi mumkin emas, chunki bu o’zining hayoti uchun ham xavflidir. Bundan tashqari, u o’zini ham tok o’tkazuvchi uskunalarga tegib ketishdan saqlashi, hamda tokni yerga ulangan joydan tarqalib ketayotgan zonadagi qadamaro kuchlanishidan saqlashga e’tibor berishi kerak. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling