Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/34
Sana19.06.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1620483
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Bog'liq
1-yordam

Yonayotgan kiyimni o’chirish. Agar odamni kiyimi yonayotgan bo’lsa, uni 
mumkin qadar tez o’chirish kerak, bu vaziyatda alangani himoyalanmagan qo’l bilan 
o’chirish mumkin emas. 
Kiyimni yonayotgan odam odatda yugurib, o’zini har tomonga tashlaydi. Uni 
to’xtatish uchun eng qat’iy tadbirlar ko’rilishi kerak, chunki qilinayotgan harakatlar 
alangani kuchayishiga olib boradi. Alangalangan kiyimni tez yechib tashlash yoki suv 
sepish, qish paytida esa qor sepib o’chirish zarur. Alangani yerda dumalab o’chirish 
ham mumkin. Kiyimni yonib turgan odamning ustiga qalin mato, ko’rpa, brezent 
tashlab o’chirish mumkin va alanga o’chgach ularni tezda olib tashlash kerak, chunki 
ular odam terisiga bo’lgan termik (issiqlik) ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Kiyim yonib 
turgan odamning boshini o’rab qo’yish mumkin emas, chunki bunday holatda uning 
nafas olish yo’llari zararlanishi hamda yonishdan chiqqan zaharli moddalar bilan 
zaharlanishi mumkin. 
3. SHIKASTLANGANGA BIRINCHI YORDAM BERISH USULLARI. 
Birinchi yordam ko’rsatish usullari shikastlanganning holatiga bog’liq. 
Shikastlanganning sog’liq holatini tezda aniqlash belgilari quyidagicha: 
- hushi: tiniq, yo’q, buzilgan (shikastlanganning hushi susaygan yoki hayajonlangan); 
- terisi, lablari, ko’zlari atrofining ranglari: qizargan, ko’kargan, oqargan; 
- nafas olishi: odatdagidek tekis, yo’q, buzilgan (noto’g’ri, yengil-yelpi, xirallagan 
holatda); 


14 
- uyqu arteriyasining tomir urushi: yaxshi aniqlanadi (bir tekis yoki noto’g’ri), 
aniqlash qiyin, yo’q; 
- ko’z qorachig’i: kengaygan, toraygan. 
Yordam berayotgan odam o’zini yo’qotmay muayyan bilimlari asosida bir 
daqiqa ichida shikastlanganni holatini aniqlab, qaysi tartibda va miqdorda yordam 
berishni aniqlash kerak. 
Shikastlanganni hushi borligi, holati aniqlanadi. Bunga aniq ishonch hosil qilish 
uchun shikastlanganga ahvoli qandayligi to’g’risida savol berish lozim. 
Terisining rangi va nafas olayotganini ham aniqlanadi (ko’krak qafasining 
ko’tarilib va pasayib turishi). Og’zi va burniga oyna va boshqa narsalar qo’yib 
tekshirilsa qimmatli vaqt bekor ketadi. 
Uyqu arteriyasidagi tomir urushini aniqlash uchun shikastlanganni kekirdagiga 
barmoqlarni qo’yib, bioz yon tomonga Burgan holda bo’ynini ushlab ko’riladi
(17-rasm). 
Yumilib qolgan ko’zlar qorachig’i holatini quydagicha aniqlash mumkin
ko’rsatgich barmoqlarni ikkala ko’zning yuqori kipriklar tepasiga qo’yiladi va biroz 
bosib yuqoriga ko’tarish kerak. Shunda ko’zlar ochilib ko’zning oqi o’rtasida qorachiq 
ko’rinadi, uning holatini (kengaygan, toraygan) ko’zning oqi egalagan maydonga qarab 
aniqlanadi. 
Odamni hushini yo’qotish darajasining terisining rangi va nafas olish holatini 
tomir urishi bilan bir vaqtda aniqlash mumkin, bu esa bir daqiqadan ko’p vaqtni 
olmaydi. Ko’z qorachig’ini tekshirish bir necha soniyada o’tkaziladi. 
Shikastlangan odamdan elektr toki o’tgan bo’lsa yoki boshqa xavfli omillar 
ta’siri ostida badanida ko’zga ko’rinarli jarohatlangan joylari bo’lmasa ham harakat 
qilishda, ayniqsa ishni davom ettirishga ruxsat berish mumkin emas, chunki uning 
sog’lig’i bir ozdan so’ng to’satdan yomonlashishi mumkin. Faqat tibbiyot xodimlarigina 
shikastlanganni sog’lig’i to’g’risidagi savolni hal qilishi mumkin. 
Yashin urganda shikastlanganni yerga ko’mib qo’yish faqat zarar keltiradi va 
uni qutqarish uchun kerak bo’lgan qimmatli daqiqalarni yo’qotishga sabab bo’ladi. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling