Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda


-rasm. Cho’kayotganni boshidan ushlab olib chiqish


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/34
Sana19.06.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1620483
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
Bog'liq
1-yordam

14-rasm. Cho’kayotganni boshidan ushlab olib chiqish. 


12 
- Qo’llaridan ushlab (15-rasm). Bunning uchun yordam berayotgan odam orqa 
tomondan suzib kelib, cho’kayotganni tirsaklaridan ushlab o’ziga tortib, qirg’oq tomon 
erkin holatda suzib borishi kerak; 
- Qo’l tagidan ushlab (16-rasm). Buning uchun yordam berayotgan odam 
cho’kayotganni orqa tomonidan suzib kelib, o’zini o’ng (chap) qo’li tagiga o’tqazib, 
boshqa qo’li bilan uni ikkinchi qo’lini tirsagi yuqorisidan ushlab o’ziga tortib, qirg’oq 
tomon yonboshlab suzish kerak. 
Hushidan ketib qolgan odamni, yordam beruvchi uni sochi yoki kiyimlari 
yoqasidan ushlab tortgan holda yonboshlab suzishi kerak. 
Hamma usullarda ham shikastlanganni qutqarganda, uni burni va og’zi suv 
yuzasidan balandda bo’lishi shart. 
Cho’kayotganni qayiq yordami bilan qutqarish. Cho’kayotgan odamni 
qutqarish uchun ketayotganda, qayiqda maxsus qutqarish vositalari bo’lmasa, u holda 
arqon, uzun tayoq va shunga o’xshash narsalar olish kerakki, ularni cho’kayotgan odam
15-rasm. Cho’kayotganni qo’llaridan ushlab olib chiqish. 


13 
16-rasm. Cho’kayotganni “qo’l tagidan” ushlab olib chiqish. 
a) ko’krak ustidan;
b) chalqanchasiga 
agar hushini yo’qotmagan bo’lsa, unga tashlash mumkin bo’lsin. 
Agar qayiqda faqat bir odam bo’lsa yaxshisi suvga sakrash kerak emas, chunki 
boshqarilmagan qayiqni oqim olib ketishi mumkin. Qayiqni cho’kayotgan odam oldiga 
yoni bilan emas, balki burni yoki orqasi bilan yaqinlashtirish kerak. Qayiq ag’darilib 
ketmasligi uchun, cho’kayotganni faqat qayiqni burni yoki orqa tomonidan chiqarib 
olish mumkin. Agar qutqarilayotgan ikkinchi odam cho’kayotganni qayiqning orqa 
tomonidan ushlab turishga imkoni bo’lsa, uni qayiqqa chiqazmasa ham bo’ladi. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling