Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda
Suzayotib charchab qolgan odamga quyidagicha yordam berish mumkin
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
1-yordam
Suzayotib charchab qolgan odamga quyidagicha yordam berish mumkin.
Yordam berayotgan odam o’z yelkasini charchagan odamning cho’zib uzatilgan qo’llari 8-rasm. Suzayotganda charchagan odamga yordam ko’rsatish: a) orqasida tashish; b) oldida tashish. ostiga qo’yib ”brass” usuli bilan suzib, uni olib chiqishi kerak. Charchab qolgan odam oyoqlarni xarakatlantirib borsa qutqaruvchiga yelkasidan sirg’anib tushmasligiga e’tibor berish lozim. Cho’kayotgan odamni yopishib olishdan himoyalanish uchun uni orqa tomonidan kelib yordam berish kerak. Umidsizlik va qattiq qo’rqish doimo cho’kayotgan odamga katta kuch beradi, yordam beruvchining xayotiga xavf solgan holda unga yopishib olishi mumkin. Agarda cho’kayotgan odam yordam beruvchini ushlab olgan bo’lsa, unda qutqaruvchi chuqur nafas olib suv ostiga sho’ng’ishi kerak. Shunda cho’kayotgan odam suv ustida qolish uchun harakat qilib, qutqarayotgan odamni qo’yib yuboradi. Cho’kayotgan odamni ushlab olishidan ozod bo’lish uchun yana bir necha usullar bor; - agar cho’kayotgan odam yordam berayotganni oldi tarafdan – belidan yoki bo’ynidan ushlab olgan bo’lsa, bir qo’l bilan uni belidan ushlab turib, boshqa qo’l bilan uni dahaniga tralib, burnini barmoqlar bilan qisib, dahanni qattiq itarib yuborish kerak. Hech iloji bo’lmaganda yordam beruvchi cho’kayotganni qorni ostiga tizzasi bilan tralib, uni qattiq kuch bilan itarib yuborishi mumkin (9-rasm). - agar cho’kayotgan odam yordam beruvchini tomonidan tomog’idan-bo’ynidan ushlab olgan bo’lsa, cho’kayotganni panjasini bir qo’l bilan ushlab, boshqa qo’l bilan tirsagini itarib yuborish kerak, so’ngra uni qo’lini siltab bosh ustidan o’tqazib, qo’yib 10 yubormagan holda uni orqa tomoniga o’girib olish va qirg’oq tomonga suzib borish kerak (10-rasm) - agar cho’kayotgan odam yordam berayotganni qo’l panjalaridan ushlab olgan bo’lsa, panjalarni mushtiga siqib tashqari tomonga qattiq siltash lozim, shu bilan bir vaqtda oyoqlarni qorni oldiga buklab olib, cho’kayotganni ko’kragiga tirab uni o’zidan itarib yuborishi kerak (11-rasm). Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling