5
oddiy qyruq matoni tashlash ham mumkin. Qutqaruvchi rezina gilamcha,
quruq taxta
yoki elektr tokini o’tkazmaydigan buyumlar, quruq kiyimlar o’rami va hokazolar ustida
turib o’zini izolyasiya qilishi mumkin. Shikastlanganni tok o’tkazuvchi uskunalardan
ajratayotganda bir qo’l bilan harakat qilish kerak (4-rasm).
2-rasm. 1000 Voltgacha bo’lgan elektr qurilmalarda simni taxta bilan olib
tashlash yo’li bilan, shikastlanganni elektr toki ta’siridan ozod qilish
3-rasm. 1000 Voltgacha bo’lgan elektr qurilmalarda, shikastlanganni elektr
toki ta’siridan quruq kiyimidan tortib ozod qilish.
Agar elektr toki shikastlangan orqali yerga o’tayotgan bo’lsa
va u tok
o’tkazuvchi elementni (masalan simni) qo’lida qattiq ushlab olgan bo’lsa, tok ta’sirini
to’xtatish uchun uni yerdan ajratib olish kifoya (uni tagiga quruq taxta o’tkazib yoki
oyoqlarini yerdan arqon yoki kiyim yordami bilan tortib), albatta bu vaziyatda o’zini va
shikastlanganni himoya qilish uchun yuqorida ko’rsatilgan ehtiyot choralarini
unutmaslik kerak. Simni quruq yog’och dastali bolta (5-rasm) yoki dastasi izolyasiya
6
qilingan asboblar (qaychi, ombir) bilan uzish mumkin. Dastasi
izolyasiya qilinmagan
asboblardan ham foydalanish mumkin, faqat bu holda asbob dastasini quruq mato bilan
o’rab olish kerak. Simlarni har fazasini alohida-alohida uzish lozim va bu vaziyatda
albatta o’zingizni yerdan ajratishingiz, ya’ni quruq taxta-yog’och narvon va hokazolar
ustida turishingiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: