Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/34
Sana19.06.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1620483
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Bog'liq
1-yordam

Paylar chozilganda (bo’g’inlar shikastlanganda) keskin og’riq paydo bo’lib, 
o’sha joy shishadi va bo’g’inlarni qimirlatish cheklanib qoladi. Birinchi yordam 
ko’rsatayotganda shikastlangan joyni qattiq bog’lab, tinch holatda qo’yish kerak. 
Shikastlangan joyga “sovuq” qo’yiladi. Shikastlangan oyoqni ko’tarib, qo’lni esa 
bo’yinga ro’mol bilan osib qo’yish kerak. 
Og’ir yuk bosib qolgan bo’lsa shikastlanganni og’irlik tagidan ozod qilib 
shikastlangan qo’l yoki oyoqni qattiq bog’langandan so’ng bir oz ko’tarib, tagigakiyim 
o’raminiqo’yish kerak. Shikastlangan joyga zaharki moddalarni tarqalib ketishini 
kamaytirish uchun bint ustidan “sovuq” qo’yish kerak. Qo’l yoki oyoq singan bo’lsa 
taxtakach qo’yish kerak. 
Agar shikastlanganda nafas olish va qon tomiri urishi bo’lmasa, darhol sun’iy 
nafas oldirish va yurakni uqalash zarur. 
8. KUYGANDA BERILADIGAN YORDAM. 
Badanning kuyishi har-xil sababdan bo’ladi; kimyoviy kuyishlar-kislota va 
ishxor (sheloch) hamda ayrim og’ir metallarning tuzi tasirida; elektirdan kuyish-elektir 
toki yoki elektir yoyi tasirida. Zararlanishning og’ir yengiligiga qarab hamma kuyishlar 
to’rt darajaga bo’linadi: birinchisi-teri qizaradi va bir oz shishadi; ikkinchisi – suv 
pufaklari paydo bo’ladi: uchinchisi – terining yuqori va chuqur qatlamlari jonsizlanib 
qoladi; to’rtinchisi – teri kuyib, mushaklar, tomirlar va suyaklar jarohatlanadi.
Termik va elektir tasirida bo’ladigan birinchi darajali kuyishni, odam badaniga 
ta’sir qilayotgan omillardan (olov, qizigan yuzalar, qaynab turgan suyuqliklar, gaz, bug’ 
va hokazolar) ozod qilingandan keyin badanning jarohatlangan joyida sovuq suv 
qo’yish yoki 15-20 daqiqaga qorga burkab qo’yish kerak. Bu og’riqni hamda 
to’qimalarni qizish vaqti va chuqurligini kamaytirib uning shishishini oldini oladi. 
Birinchi va ikkinchi darajali kuyish maydoni keng bo’lmasa terining kuygan joyiga 
sterilizatsiya qilingan material qo’yib, bint yoki doka bilan bog’lab qo’yish kerak. 
Shikastlanganga yordam berayotgan vaqtda uni zaharlashdan saqlash uchun 
terini kuygan joylariga qo’l bilan tegib bo’lmaydi. Turli xil yog’, surtadigan dorilar, 
vazilin hamda soda kraxmal sepish tavsiya etilmaydi. Hosil bo’lsan suv pufakchalarini 
ochish, kuygan joyga yopishib qolgan mastika, kanifol yoki boshqa smolali narsalarni 
ko’chirib olmang, chunki ularni ko’chirganda kuygan terini ham ko’chirib olish 
mumkin, bu holat esa zaharlanish uchun qulay sharoit tug’diradi. 
Kuygan joydan kiyim va poyafzalni yechib olmay qaychi bilan kesib, ehtiyotlik 
bilan yechish kerak. Agar kiyimning kuygan qismlari kuygan teri ustiga yopishib 
qolgan bo’lsa, unda ularning ustidan sterilizatsiya qilingan materiallardan qo’yib 
bog’lab, shikastlanganni tibbiyot muassasalariga yuborish kerak. 
Kuyish og’ir va kuygan joylari keng bo’lsa shikastlanganni toza choyshab yoki 
matoga o’rab, yechintirmasdan ustini issiqroq qilib berkitish, bir-ikkita analgin yoki 
amidoprin tabletkasini issiq choy bilan ichirib, vrach kelguncha tinchlik holatini 
ta’minlash lozim. 


31 
Kuyib qolgan yuzni sterilizatsiya qilingan doka bilan yopib qo’yish zarur. 
Shok holatining birinchi belgilari paydo bo’lib, shikastlanganning rangi 
o’chaboshlasa, nafasi yuzaki va tez-tez bo’lsa, tomir urishi susayib qolsa, unda tezlik 
bilan 20 tomchi valeriana dorisini ichirish kerak. 
Ko’zlar kuyganda bornaya kislota eritmasi (yarim choy qoshiq kislota bir stakan 
suvga) bilan malham qilish va tezlikda vrachga yuborish kerak. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling