Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda


Qon oqish ichki tomondan bo’lganda


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/34
Sana19.06.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1620483
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
Bog'liq
1-yordam

Qon oqish ichki tomondan bo’lganda, hayot uchun juda xavfli bo’lib, qon 
ichki bo’shliqlarga oqadi va uni to’xtatishni iloji bo’lmaydi. Bu holat shikastlanganning 
tashqi ko’rinishidan aniqlanadi: rangi o’chadi, teri ustida yopishib qoladigan ter chiqadi, 
nafas olishi tez-tez va to’liq bo’lmaydi, qon tomirini urishi tez va kuchsiz bo’ladi. 
Shikastlanganni yotqazib yoki yarim o’tirish holatida qo’yiladi, umumiy harakatsiz 
holatni ta’minlab, taxminiy qon oqayotgan joyga “sovuq” (muz yoki sovuq suv solingan 
rezinkali idish) qo’yib, tezlikda tibbiy xodimlarni chiqarish kerak. Agar ichki a’zolar 
zararlanganligi to’g’risida shubha bo’lsa, shikastlanganga suv ichirish mumkin emas. 
Burundan qon oqganda, qon tomoqqa o’tib ketmasligi uchun shikastlanganni 
o’tkazib boshini oldinga bir oz engashtirib, yoqasi tugmalarini yechib, qanshariga (ikki 
ko’z orasiga) sovuq malham qo’yish kerak, burnini ichiga bir bo’lak paxta yoki dokani 
3% li pereoksid eritmasi bilan ho’llab kirgiziladi, hamda burun chetlarini 4-5 daqiqa 
davomida barmoqlar bilan qisib turiladi. 


26 
Og’izdan qon oqayotganda (qon bilan qusish bo’lganda) shikastlanganni 
yotqazib, boshini yoniga qaratib qo’yish kerak. 
7. SUYAK SINGANDA, CHIQQANDA, LAT YEGANDA VA 
PAYLARNING UZILISHIDA BERILADIGAN YORDAM. 
Suyakning butunligini buzilishi suyak sinishi deyiladi. Suyak singanda 
shikastlangan vaziyati: o’zgartirish uchun harakat qilganda keskin og’riqni sezadi, 
suyak bo’limlarini o’z o’rnidan siljishi natijasida hosil bo’lgan ko’zga ko’rinarli 
o’zgarishlar, shishishlar paydo bo’ladi. Suyak sinishlar ochiq va yopiq holatda bo’ladi, 
ochiq suyak sinishi teri qoplamini buzilishida kuzatiladi. 
Suyak singanda shikastlanganga singan joyni qimirlamay turishini ta’minlash 
kerak. Bu og’riqni kamaytiradi va singan suyak bo’limlarini siljishini hamda qon 
tomirlari va yumshoq to’qimalarining qayta yaralanishini oldini oladi. 
Suyakda ochiq sinish bo’lganda oldin qon oqishni to’xtatiladi va sterilizatsiya 
qilingan bint bilan bog’lab qo’yiladi. Singan joyni qimirlamaydigan qilib qo’yish uchun 
andozali yoki ixtiyorida bo’lgan materiallardan (fanera, taxta, tayoq va hokazolar) 
tayyorlangan taxtakachlardan foydalaniladi. 
Yopiq suyak sinishida shikastlanganning kiyimlarini yechmasdan – uning 
ustidan taxtakach qo’yish kerak. 
Og’riqni kamaytirish uchun singan joyga “sovuq” (rezinka idishga solingan 
muz, sovuq suv yoki sovuq malham va hokazo) qo’yish kerak. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling