25
tasma to’g’ri qo’yilgan bo’lsa, undan pastdagi qon tomirlarini urishi to’xtaydi, qo’l yoki
oqara boshlaydi.
Lekin juda qattiq siqilmasin, chunki qattiq siqilsa mushaklarni
zararlashga, asablarni qisib qo’yishga va qo’l yoki oyoqni shol bo’lib
qolishiga sabab
bo’lishi mumkin.
Agar ixtiyorida cho’ziladigan material bo’lmasa tasma sifatida galstuk, kamar,
o’ralgan rumol, sochiq va boshqa cho’zilmaydiganmateriallarni ishlatish mumkin.
O’rovga ishlatilayotgan material ko’tarilgan qo’l yoki oyoqni atrofidan, tagiga
qo’yilganqatlam ustidan o’ralib, tashqari tomondan tugib qo’yiladi. Shu tugun orasiga
yoki tagiga
tayoqgacha ushlash narsa tiqib, qon
oqishni to’xtatguncha buraladi (36-rasm). Kerakli
darajagacha burab qo’yib, tayoqchani o’zi
qayta
buralib ketmasligi uchun uni mustahkamlab
qo’yish kerak (qo’shimcha
tugun yoki bint bilan
o’rab qo’yiladi).
Havoning issiq paytida tasma yoki o’ramni
2 soatdan oshiq, sovuq paytda 1
soatdan oshiq
ushlash mumkin emas. Bu muddatdan oshiq vaqt
ushlansa qon bormagan
joylarni jonsizlanish xavfi
bor. Shuning uchun, qo’yilgan vaqtni nazorat qilib
turish uchun o’ram vaqti yozib qo’yilgan qog’oz
qistirib qo’yish yoki qog’ozni o’rov yonidagi
kiyimga o’rnashtirib qo’yish kerak.
Agar tasmani yana qotirish lozim bo’lsa,
qon tomirini barmoq bilan bosib turib, o’ramni 10-
15
daqiqaga yechish kerak, bunda qon bormay
turgan joylarga bir oz qon o’tish, so’ngra o’ramni
ilgari qo’yilgan joydan yuqori yoki pastroqqa yana
qo’yiladi.
36-rasm. Qon oqishini to’xtatish uchun o’rovni bog’lash:
a) o’rovni bog’lab qo’yish; b) tayoqcha bilan burab
qo’yish; c) tayoqchani maxkamlab qo’yish.
Shikastlangan odamni tasma qo’yilgan holda mumkin qadar
tezlik bilan tibbiyot
muassasalariga yetkazish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: