Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
1-yordam
Suyakni chiqishi – bu suyaklarni o’z bo’g’inidan chiqib, bo’g’in bo’limlari
qisman yoki butunlay ajralib qoladigan ahvolga kelishidir. Suyak chiqqanda paydo bo’ladigan keskin og’riq keyin ham kamaymaydi. Suyak chiqqaning asosiy belgilari – bo’g’imlarni harakatlantirib bo’lmasligi, uning notabiiy holati va shishish paydo bo’lishidir. Suyak chiqqanda yoki singanda to’la holda qimirlamaslikni taxtakach yordamida ta’minlab, jarohatlangan joyga “sovuq” qo’yish kerak. Suyakni joyiga solish uchun harakat qilmasin, buni faqat vrach bajarishi mumkin. Shikastlanganni tibbiyot muassasalariga yetkazib borguncha uning jarohatlangan qo’l va oyoqlari yoki tananing boshqa joylarini qimirlatmay, tinch holatda bo’lishini ta’minlash kerak. Qo’l yoki oyoqlar singach yoki chiqqanda kamida ikki bo’g’inni – birini yuqoridan ikkinchisini pastdan taxtakach qo’yib qimirlamaydigan qilib qo’yish kerak. Agar yirik suyaklar singan bo’lsa, hatto uchinchi bo’g’inni ham taxtakachlanadi. Taxtakachni markazi singan joyga to’g’ri kelishi kerak. Taxtakach qo’yib bog’laganda yirik qon tomirlari, asablar va suyaklarning chiqib turgan joylarini siqib qo’ymaslikka ahamiyat berish lozim. Yaxshisi taxtakachni yumshoq matoga o’rab, bint bilan maxkamlab o’rash kerak. Taxtakachni bint, ro’mol, kamar va boshqa narsalar bilan mahkamlash mumkin. Agarda taxtakach bo’lmasa qo’lni tanaga, singan oyoqni ikkinchi oyoqqa bog’lab qo’ysa ham bo’ladi. Yelka suyagi chiqqanda yoki singanda taxtakachni qo’l tirsagi egilgan holda qo’yish kerak. Suyakning yuqori qismi jaroxatlanganda taxtakach ikki bo’g’inni – yelka va tirsak bo’g’inlarni, pastki qismi jarohatlanganda bilak bo’g’inlarni ham qoplashi lozim (37 rasm). Taxtakachni qo’lga bint bilan bog’lab qo’yib, qo’lni ro’mol yoki bint bilan bo’yiga osib qo’yish kerak. 27 Bilak suyaklari siganda yoki chiqqanda taxtakach (kaft kengligida) tirsak bo’g’indan barmoqlarning uchigacha qo’yiladi, shikastlanganning kaftiga paxta yoki bint o’ramini go’yo ushlab qo’ygandek joylashtirish kerak (38 rasm).Taxtakach bo’lmasa qo’lni bo’yinga ro’mol bilan osib qo’yish (39- rasm) yoki kostyum etagiga osib qo’yish mumkin (40- rasm). Agar qo’l chiqib tanadan ajralib turgan bo’lsa uning va tananing orasiga biron yumshoq (masalan kiyim o’rami ) narsa qo’yish lozim. Panja va barmoqlar suyagi singan yoki chiqqanda kaft kengligida bilakning o’rtasidan boshlab, barmoqlar uchigacha bo’lgan qisimning keng taxtagachka bint bilan bog’lab qo’yiladi. Jarohatlangan qo’lning kaftiga yumaloq qilingan paxta yoki bint qo’yish kerakki, barmoqlar bir oz egilib turishga imkon bo’lsin. Qo’lni ro’mol yoki bint bilan bo’ynga osib qo’yiladi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling