Biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish


Download 290.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana18.06.2023
Hajmi290.27 Kb.
#1586996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu Biznesni tashkil etish shakllari

Chiziqli-funksional 
tarkibda asosiy 
boshqaruv 
chiziqli 
boshqaruv 
hisoblanadi. Hamma boshqaruv bosqichlari va uchastkalarni mustaqil boshqarishda 
chiziqli rahbarlar tayinlanadi. Ularga ishlab chiqarish xo'jalik faoliyatini 
yakkaboshchilik tamoyillariga ko'ra boshqarish huquqi berilgan bo'lib, ular olingan 
natijalarga to'liq javob beradilar. 
Boshqaruvnig chiziqli-funksional tarkib sharoitida ishlaydigan rahbarlarga 
malakali yordam ko'rsatish uchun funksional va idoraviy tashkilotlar tashkil etiladi. 
Bu tashkilotlarning vazifasi boshqaruv qarorlarini tayyorlash hamda rahbarlarga 
malakali yordam berishdan iborat bo'ladi. 
Mazkur tarkibning kamchiliklari: 
- chiziqli va fiinksional xodimlar o'rtasida kelishmovchiliklar paydo 
bo'ladi; 


- tadbirkorga 
fiinksional 
xodimlar 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish 
qiyinroqkechadi. 
Dasturli-maqsadli tuzilma. Hozirgi zamon korxonalari faoliyatidagi ko'pgina 
muammolarni hal etish gorizontal bo'yicha kelishib olish va muvofiqlashtirishni 
talab 
etadi. 
Masalan, 
korxona 
yangi 
xil 
mahsulot 
ishlab 
chiqarishgako'chadiganbo'lsa: 
- materiallarini sarflashning yangi me’yorini ishlab chiqish; 
- mehnat me’yorlarini qayta ko'rib chiqish; 
- turli kasbdagi ishchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash; 
- yangi materiallargaehtiyojnianiqlash; 
- yetkazib beruvchilar bilan aloqa o'rnatish; 
- yangi texnologiyalarni joriy etish va hokazolar talab qilinadi. Yuqoridagi
vazifalarni turli xizmat bo'linmalari bajaradi, ular 
bajaradigan ishlarning mazmuni va muddatlarini kelishib olishi, ishlab 
chiqarishning ko'pgina elementlarini tutashtirishi lozim. Goho funksional xizmatlar 
o'rtasidagi aloqalarda buzilish vujudga keladi, xizmatlar esa bahs va munozaralar 
bilan amalga oshiriladi. Chiziqli-tarkib rahbari esa ko'p sonli bo'linmalar ishini 
muvofiqlashtirishga juda qiynaladi. 
Bu muomalalarini yangi tashkiliy boshqaruv tarkiblarini tuzish yo'li bilan, 
aniqrog'i, chiziqli-funksional boshqaruv tarkiblariga tuzatishlar kiritish yo'li bilan 
hal etiladi. Bunday tarkib dasturli-ma qsadli tarkib deb ataladi. Boshqaruvning 
dasturli-maqsadli tarkibi quyidagi ikki ko'rinishda bo'ladi: loyiha bo'yicha va 
mahsulotga ko'ra boshqaruv. 

Download 290.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling