5. Biznes va tadbirkorlikda rahbarning boshqaruv uslubi
Rahbarning
boshqaruv uslubi deganda, boshqaruv jarayonida kelib chiqadigan
muammolarini hal qilish usullari majmui tushuniladi.
Biznes
va
tadbirkorlikda
rahbarlikning
quyidagi
boshqaruv
uslublaridanfoydalaniladi:
1. Xo'jalik ishlaridagi kamchiliklarga murosasiz bo'lish.
2. Jamoa va uning har bir xodimi to'g'risida qayg'urish.
3. Yuqori madaniyatli boshqaruvni tashkil etish.
4. Rahbarning yangilikni his etish qobiliyati.
Biznes faoliyatini boshqarishning bir necha pog'onalari mavjud.
Ularga ikki
pogonali, uch pogonali va ko'p pogonali boshqaruvni misol qilib ko'rsatish mumkin.
Biznes faoliyatini boshqarishda jahon amaliyotidan olingan va eng samaralisi
hisoblangan ikki pog'onali usul, ya’ni rahbar-bajaruvchi
usulidan keng
foydalaniladi.
Bu usulning samarasi uning oddiyligida, bajaruvchi va rahbar o'rtasidagi
munosabatlarning to'g'ridan-t o'g'ri bog langanligidadir.
Bu yerda nazoratning
yuqori samarasiga erishiladi. Pog onalar soni ortib borgan sari boshqaruv samarasi
kamayib boradi.
Qisqa xulosalar
Korxonani boshqarishning maqsadga muvofiq tarkibini vujudga keltirish
tadbirkor hal etishi kerak bo'lgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Biznes korxonalari boshqaruv tarkibining chiziqli-po g'onali,
chiziqli-shtabli,
funksional, chiziqli-funksimml, dastuili-ma qsadli, matriualituriari mavjud.
Biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishda jahon amaliyotidan olingan va
eng samarali usul bo'lib, ikki pog onali usul, ya’ni
rahbar-bajaruvchi usuli
hisoblanadi. Bu usulning samarasi uning oddiyligi hamda rahbar va bajaruvchi
o'rtasidagi munosabatlarning to'gndan-to'gri bog langanligidadir.