Biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish


Loyiha bo'yicha boshqaruv


Download 290.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana18.06.2023
Hajmi290.27 Kb.
#1586996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu Biznesni tashkil etish shakllari

Loyiha bo'yicha boshqaruv qisqa muddatda yangi texnika va texnologiyani 
joriy etish zarurati tug'ilgan hollarda qo'llaniladi. Bunda vaqtinchalik maxsus 
xizmat bo'limi tuzilib, unga resurslar beriladi. Bu bo'lim loyiha tuzadi va uning 
joriy etilishini nazorat qiladi. 
Loyiha bo'yicha boshqaruv muntazam rahbarlikni aniqlashtiradi, kichik 
bo'laklarga ajratadi yoki to'ldiradi. U loyihani bajarish uchun korxonaning barcha 
funksional xizmatlari va bo'linmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ 


hisoblanadi. Bu organga tegishli huquqlar beriladi. U vazifalarning bajarilishi 
uchun to'la javobgar bo'ladi. 
Bunday boshqaruv ko'p nomenklatura ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Loyiha 
rahbari maxsus vakolatga ega bo'lib, texnologik ishlarni zvenolar bilan ishchilar 
o'rtasida taqsimlaydi, uning bajarilishini o'z loyihasi doirasida nazorat qilib boradi. 
Chiziqli rahbarning shu ishlarga 
oid buyruqlari loyiha rahbari bilan kelishiladi. Bunda bajaruvchi kishi ikki va 
undan ortiq rahbarga ega bo lib, ularga bo'ysunadi. 
Mahsulotga ko'ra boshqaruv tarkibining afzalligi axborotlarning kelish 
yo'llari va oqimining qisqarishi, yakkaboshchilik tamoyiliga to'la rioya qilinishi, 
boshqaruvning yuqori bosqichlarini kichik joriy vazifalardan xalos etishda 
namoyon bo'ladi. Bunday tarkib bozorda talabning o'zgarishiga tezkor munosabat 
bildirishga qodirdir. 
Matritsali tuzilma. Matriuali tarkib bo'yicha boshqaruv ancha murakkab 
bo'lib, u mahsuloti nisbatan qisqa «umr» ko'radigan va tez-tez o'zgarib turadigan 
korxonalar tomonidan qo'llaniladi. Bu tarkib korxonada gorizontal aloqalarni yo'lga 
qo'yish va ularni zamonaviy kompyuterlar yordamida murakkab buyurtmalarini 
bajaruvchi turli korxonalar faoliyati bilan bog4ash, texnika sohasida yuqori malakali 
xizmat ko'rsatish va ekspertizani ta’minlashga qaratilgan. Ushbu tarkibni «tur» 
ko'rinishida tasavvur etish mumkin. U ikki turdagi tarkibning kombinauiyasini 
ifodalaydi. 
Boshqaruvning matriuali tarkibining mohiyati shundaki, unda har bir xodim, 
ayni bir vaqtning o'zida, loyiha bo'yicha boshqarish, shuningdek funksional organida 
xizmatda bo'ladi hamda ikki yoqlama bo'ysunadi. Bu tarkibning o'ziga yarasha 
afzalliklari bor. Bular quyidagilardir: 
- boshqaruv 
jarayonidagi 
(gorizontal) 
aloqalarning 
uzunligini 
keskin 
qisqartiradivatartibgasoladi; 
- qarorlar qabul qilishni tezlashtiradi va ularning mazmuni hamda 
natijalariuchunmas’uliyatnioshiradi; 
- korxonaning ichki va tashqi sharoitlariga ta’sir etuvchi omillarning 


o'zgarishiga tezda ko'nikma hosil qiladi va shunga muvofiq ravishda amal qiladi; 
- chiziqli bo'ysunish vositasida bo'lim ichida byurokratiyaga bo'lgan 
moyilliknibirqadarso'ndiradivahokazo. 
Shu bilan bir qatorda, matriuali tarkibning ham ayrim kamchiliklari bor. Bular 
tarkibning murakkabligi va boshqaruv organlarining real vakolatigaegaemasligidir. 
Boshqaruvning tashkiliy tarkiblari to'g'risida yakuniy xulosalarga kelar 
ekanmiz, boshqaruvning qarab chiqilgan tashkiliy tarkiblaridan birortasini ham 
rasmiy tarkib deb bo'lmaydi. Shu bois har bir korxona (firma) o'z oldidagi maqsad 
va iqtisodiy muhitining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, uning talablarini 
yuqori darajada qondiradigan tashkiliy tarkib turini tanlashi kerak. 

Download 290.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling