Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Download 1.6 Mb.
bet56/87
Sana16.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1489892
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   87
Bog'liq
Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesn

Daromadlar
turi

Yillar bo’yicha keltirilgan daromad

joriy yil

1-yil

2-yil

A

200

200

0

V

40

200

200

Quyidagi 13.5-jadvalda daromadlarning ikkala turi bo’yicha foizlar stavkasi 5, 10, 15, 20 % bo’lgandagi keltirilgan qiymatlari ko’rsatilgan.
17.5. –jadval

Daromad turi

Foiz stavkalarida diskontirlangan daromad, (so’mda)

i = 0.10

i = 0.10

i = 0.15

i=0.20

A

390,5

381,8

373,9

366,7

V

411,9

387,1

365,1

345,6

Jadvaldagi ma’lumotlardan ko’rish mumkinki, daromadlarni tanlash foiz stavkalariga bog’liq. Agar foiz stavkasi 10 % ga teng va undan kichik bo’lganda, shaxs «A» daromad turiga qaraganda «V» daromad turini tanlash yaxshiroq bo’lardi. Foiz stavkasi 15 % va undan yuqori bo’lganda, (A) daromad turi (V) daromad turiga nisbatan yaxshiroq bo’lar edi.
Investisiyaga talab funksiyasi berilgan loyiha investorlar tomonidan kapital mablag’ qo’yishi mumkin bo’lgan maksimal foiz stavkasini ifodalaydi. Yuqori foiz stavkasida yuqori foyda berishi mumkin bo’lgan loyihalar amalga oshiriladi. Foiz stavkasi kamayganda, kapital mablag’ qo’yish masshtabi kengayadi, ya’ni kam foyda beradigan loyihalar ham mablag’ bilan ta’minlanadi.
Inflyasiyaning ta’siri. Inflyasiya yoki narxlarning umumiy darajasining o’sishi joriy va kelajakda olinadigan mablag’lar nisbatini o’zgartiradi. Shuning uchun ham inflyasiya drajasi loyihalarni baholashda e’tiborga olinishi zarur.
Agar barcha tovarlarga, xizmatlarga va ishlab chiqarish resurslariga (ish haqiga ham) bo’lgan narxlarning darajasi o’sganda, ular o’rtasidagi nisbat o’zgarmasa, bunday o’zgarishga balanslashgan inflyasiya deyiladi.
Bunday holda, ya’ni narxlarning o’sish sur’ati bir xil bo’lganda loyihani tahlil qilishda inflyasiyani hisobga olmasa ham bo’ladi. Nominal narxlardan, nominal foiz stavkasidan foydalanib daromadlar va xarajatlarni hisoblab, ularni solishtirish mumkin. Foyda va xarajatlarni belgilangan (solishtirma) narxlarda ham hisoblash mumkin, lekin bunday holda real foiz stavkasidan foydalanish kerak bo’ladi.
Agar har bir tovar, xizmat va resurs o’zining narx o’sish sura’tiga ega bo’lsa, inflyasiya balanslashmagan bo’ladi. Balanslashmagan inflyasiya loyiha bo’yicha hisob-kitoblarni murakkablashtirib yuboradi.
Nominal foiz stavkasi – bu joriy pul birliklarida ifodalangan jamg’armaga yoki ssudaga bo’lgan daromad normasi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling