Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Loyiha deganda, ma’lum maqsadga erishish uchun qilinadigan resurslar investisiyasi tushuniladi. Investisiya


Download 1.6 Mb.
bet54/87
Sana16.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1489892
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87
Bog'liq
Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesn

Loyiha deganda, ma’lum maqsadga erishish uchun qilinadigan resurslar investisiyasi tushuniladi.
Investisiya daromad olish uchun qo’yiladigan kapital mablag’.
Investisiyalash bu kapitalni yaratish yoki kapital zaxirasini to’ldirish jarayonidir. Investisiyalash deganda, yalpi va sof investisiyalash tushuniladi.
Yalpi investisiyalash kapital zaxirasining umumiy o’sishidir.
Qoplash – asosiy kapitalning ishdan chiqqan qismini almashtirish.
Sof investisiya – yalpi investisiyadan qoplash uchun sarflanadigan mablag’ni ajratgandan keyingi qolgan qismi.
Sof investisiya = Yalpi investisiya – Qoplash.
Agar yalpi investisiya qoplashdan yuqori bo’lsa, sof investisiya musbat bo’ladi (bu holda kapital ko’payadi va ishlab chiqarish kengayadi). Agar yalpi investisiya qoplashdan kichik bo’lsa, sof investisiya manfiy bo’ladi (mavjud kapital kamayib boradi). Va nihoyat, yalpi kapital qoplashga teng bo’lsa, kapital hajmi o’zgarmaydi (bu holda kapital oddiy takror ishlab chiqariladi).
Jamg’arma va vaqt bo’yicha chekli tanlash normasi. Insonlar joriy va kelajakdagi iste’molni bir-biri bilan solishtirib, jamg’arish to’g’risida qaror qabul qiladilar. Odatda shaxs kelajakda ko’proq iste’mol qilish uchun bugungi kundagi bir so’mlik iste’molidan voz kechadi. Masalan, shaxsning bir yillik daromadi 100 ming so’m bo’lsin. Agar u ushbu daromadini joriy yilda to’liq iste’mol qilsa, uning jamg’armasi nolga teng bo’ladi. Shaxs ushbu daromadidan 10 ming so’mini jamg’aradi (10 ming so’mlik joriy iste’moldan voz kechadi), agar u kelajakda 10 ming so’mdan ko’proq iste’mol qilish imkoniyatiga ega bo’lsa, masalan 15 ming so’mlik. U holda uning vaqt bo’yicha chekli tanlash normasi MRTP quyidagicha aniqlanadi:

MRTP – vaqt bo’yicha chekli tanlash normasi, bu shaxsning umumiy turmush darajasi o’zgarmagan sharoitda bir birlik joriy iste’moldan voz kechish hisobiga bo’ladigan kelajakdagi qo’shimcha iste’mol qiymati bo’lib, u shu voz kechilgan birlik iste’molni qoplash uchun yetarlidir.
Vaqt bo’yicha tanlash investisiya qo’yishga jamg’arma orqali ta’sir qiladi. Lekin, joriy iste’mol hisobidan jamg’armani xohlagancha oshirish mumkin emas. Nega deganda, umumiy daromad cheklangan. Jamg’arma umumiy daromaddan iste’molni ayrilganiga teng.
S = I-C,
bu yerda S – jamg’arma; I – umumiy daromad; S – iste’mol.
Ma’lumki foiz stavkasi (i) qancha yuqori bo’lsa, jamg’arishga moyillik shuncha yuqori bo’ladi va aksincha.
Qiymatni diskontirlash. Bir yildan keyin beriladigan bir so’mning bugungi qiymati qancha bo’ladi? Bu savolga javob foiz stavkasiga bog’liqdir. Faraz qilaylik, foiz stakasi i bo’lsin. U holda biz bir so’mni jamg’aradigan bo’lsak, uning qiymati bir yildan keyin I ∙ (1+i) co’mga teng bo’ladi (agar foiz stavkasi I = 50 % bo’lsa,bugungi bir so’m bir yildan keyin 1,5 so’mga teng bo’ladi). Demak, aytishimiz mumkinki, bir yildan keyin olinadigan bir so’mning bugungi qiymati so’mga teng, ya’ni u bir so’mdan kichik bo’ladi. Xuddi shunday ikki yildan keyin to’lanadigan bir so’mning bugungi qiymati ga teng bo’ladi. Nima uchun deganda, bir so’m i foiz stavkasi bo’yicha investisiyaga qo’yilsa, ikki yildan keyin u (1+i) ∙(1+i) = (1+i)2 co’mga teng bo’ladi.
Umumlashtirib aytadigan bo’lsak, joriy diskontirlashtirilgan qiymat PDV (Present Discount Value), ya’ni boshlang’ich yilga keltirilgan qiymat – bu ma’lum muddat o’tgandan keyin to’lanadigan bir so’mning bugungi qiymati (narxi).
Agar muddat bir yilga teng bo’lsa, ga teng.
Agar muddat n yilga teng bo’lsa, ga teng bo’ladi.
Quidagi jadvalda (13.3-jadval) bir dollarning har xil foiz stavkalaridagi keltirilgan qiymatlari ko’rsatilgan.
17.3-jadval

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling