Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Download 1.6 Mb.
bet57/87
Sana16.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1489892
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   87
Bog'liq
Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesn

Real foiz stavkasi – bu o’zgarmas (ya’ni, inflyasiya darajasiga ko’ra o’zgartirilgan) pul birliklarida ifodalangan jamg’arma yoki ssudaga bo’lgan daromad normasi.
Faraz qilaylik, i – nominal, Ye – real foiz stavkasi bo’lsin. p – inflyasiya darajasi sur’ati, ya’ni

bu yerda R0joriy narx darajasi;
R1 – ma’lum vaqt o’tgandan keyingi (bir yildan keyingi) narx darajasi;
Faraz qilaylik, qandaydir joriy qiymat M0 berilgan bo’lib, u bir yildan keyin M1 bo’lsin. U holda M1 = M0 ∙ (1+i) .
Pulning sotib olish kuchini aniqlaymiz. Bu yerda hozirgi sotib olish kuchi; - kelajakda sotib olish kuchi.
U holda

Bundan real foiz stavkasi quyidagiga teng.

ya’ni,
Inflyasiya darajasi (sur’ati) kichik bo’lganda real foiz stavkasi quyidagicha hisoblanishi mumkin:

Umuman olganda, firmalarning talabi moddiy kapital ne’matga (uskuna, texnoogik liniya) emas, balki vaqtincha bo’sh bo’lgan pul mablag’igadir. Ushbu pul mablag’ini moddiy kapitalga sarflab, ulardan foydalanish natijasida kelajakda oladigan foydaning bir qismini pul egasiga qaytarish kerak bo’ladi. Shuning uchun ham investisiyaga talab, bu pul jamg’armasiga bo’lgan talab, foiz to’lovi esa qarzga olingan pulning narxidir.
Misol. Nominal stavka i = 60%; -real stavka; - inflyasiya davrajasi; =90%.
Formulaga ko’ra quyidagini yozamiz:

yoki real foiz stavkasi = 15,8 %.
Zayomlarning qiymatini diskontirlash. Zayomlar to’lov majburiyati bo’lib, ularning mohiyati shundan iboratki, zayom beruvchi zayom oluvchiga (kreditorga) ma’lum muddat o’tishi bilan ma’lum summada pul to’laydi. Faraz qilaylik, davlat yoki biror korxonaning zayomi yaqin 10 yil ishlab chiqarishda har yilda 100 so’mdan daromad keltiradi, 10 yil o’tgandan keyin pirovard dividend 1000 so’m bo’lsin. Ushbu zayomga zayom oluvchi qancha to’lashini ko’rib chiqamiz. Buning uchun daromadlarning diskontirlangan summasini hisoblab chiqamiz.
(1)
Bu yerda ham zayom qiymati foiz stavkasiga bog’liq. 13.25-rasmda zayomning har xil foiz stavkalarida diskontirlangan qiymati keltirgan. foiz stavkasi qancha ko’p bo’lsa, zayomning qiymati shuncha past bo’ladi. Masalan, 5 foizli stavkada zayom narxi 1386 so’mni tashkil qilsa, 15 foizda u 747 so’mga teng bo’ladi.
Zayomlar muddatsiz bo’lganda zayom olgan shaxs cheklanmagan muddatda har yili ma’lum o’zgarmas summa olib turadi. 1000 so’mlik dividend beradigan cheksiz muddatli zayomning narxi quyidagiga teng:

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling