Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Ijobiy va salbiy tashqi samaraga ta’sir qilish


Download 1.6 Mb.
bet60/87
Sana16.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1489892
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   87
Bog'liq
Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesn

3. Ijobiy va salbiy tashqi samaraga ta’sir qilish
Salbiy tashqi samaraga ega bo’lgan tovarlar va xizmatlarni ko’p ishlab chiqarilishini kamaytirish va ijobiy tashqi samarali tovarlar va xizmatlarni optimal hajmgacha oshirish uchun tashqi samaralarni ichki samaraga aylantirish (transformasiya qilish) kerak.
Tashqi samaralarni ichki samaraga aylantirish uchun xususiy chekli xarajatatlarni (vam os holda chekli yutuqni) ijtimoiy chekli xarajatlarga (chekli yutuqlarga) yaqinlashtirish lozim.
Ushbu muammoni yechish uchun soliqlardan va subsidiyalardan foydalanish A.S. Pigu tomonidan taklif qilingan.
Tartiblashtiradigan soliq – bu salbiy tashqi samaraga ega bo’lgan iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarishga qo’yiladigan va xususiy chekli xarajatni ijtimoiy chekli xarajatgacha ko’taradigan soliq.
Demak, yuqoridagi misolda soliq T tashqi chekli xarajatga teng bo’lsa, ya’ni T MES bo’lsa, bozor muvozanatini samarali muvozanatga yaqinlashtiradi:
MSB = MSS
Tartiblashtiruvchi subsidiya – bu ijobiy tashqi samaraga ega bo’lgan iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqaruvchilarga va iste’mol qiluvchilarga beriladigan subsidiya bo’lib, u xususiy chekli yutuqni ijtimoiy chekli yutuqqa yaqinlashtiradi.
Agar tashqi chekli yutuqga teng bo’lgan subsidiya (S= MEV) talabalarga yoki ilmiy xodimlarga berilganda edi, u talabalarning ta’lim xizmatiga talabini va ilmiy izlanuvchilarni ilmiy izlanishga talabini va ilmiy izlanuvchilarni ilmiy izlanishga talabini MSB = MSS tenglikni ta’minlaydigan darajagacha oshirgan bo’lar edi. Lekin, tartiblashtiruvchi soliqlar va subsidiyalar tashqi samara bilan bog’liq muammolarni to’liq yechishga yordam Ber olmaydi, nima uchun deganda, amaliyotda chekli yutuq va chekli xarajatlarni aniq hisoblash juda qiyin bo’lsa, ikkinchidan, ular yetkazadigan zarar miqdorini ham hisoblashda juda katta qiyinchiliklar mavjud.
Tashqi samara muammosini yechishning ngi yo’li R. Kouzning fikricha, ushbu muammo tomonlar uchun umumiy muammo bo’lib, uning yechilishi ikkala tomonning birgalikda ma’suliyatli harakat qilish bilan boqliq. Bu yerda e’tibor ikki tomondan qaysi biri ko’proq, qaysi biri kamroq yo’qotishga berilmasdan, ikkala tomondan mumkin bo’lgan jiddiy yo’qotishni oldini olishga berilishi lozimligi ko’rsatilgan.
A.S.Pigu tomonidantaklif qilingan yechimda alternativ xarajatlar prinsipidan foydalanilmagan va huquqiy omilga e’tibor berilmagan.
Kouzning ijtimoiy xarajatlar bilan bog’liq ishlarini umumlashtirib uni Dj. Stigler degan olim «Kouz teoremasi» deb atadi. Kouz teoremasiga ko’ra, agar barcha tomonlarning mulkiy huquqlari yaxshi aniqlangan bo’lsa, transaksion xarajatlar nolga teng bo’lsa, pirovard natija (ishlab chiqarish qiymatini maksimallashtiruvchi) mulkchilik huquqini taqsimlashdagi o’zgarishlarga bog’liq emas (agar daromad samarasi e’tiborga olinmaganda). Teoremadagi asosiy mazmun Dj. Stigler fikriga ko’ra quyidagicha «Mukammalashgan raqobat bozorda xususiy va ijtimoiy xarajatlar bir-biriga teng».
Kouz tashqi samara bilan bog’liq yo’qotishlarni hisobga olish mas’uliyatini o’z ichiga oluvchi narx belgilash tizimi bilan ushbu ma’suliyatni e’tiborga olmaydigan narx belgilash tizimini bir-biri bilan taqqoslab, quyidagi fikrga keladi, ya’ni, agar qatnashuvchilar tashqi samara muammosini xarajatlarsiz birgalikda kelishib olsa (kelishish bilan bog’liq transaksion xarajatlar nolga teng bo’lsa), u holda raqobatlashgan bozor sharoitida ishlab chiqarish qiymatini maksimallashtiradigan mumkin bo’lgan maksimal natijaga erishish mumkin.
Kouz quyidagi misolni keltiradi. Bir-biri bilan qo’shni bug’doy yetishtiruvchi va qoramollarni boquvchi fermerlar joylashgan. Mol boquvchi fermer vaqtiqvaqti bilan mollarni qo’shni fermer yerlariga qo’yib yuborib, uning bug’doylarini payhon qilib turadi. Ko’rinib turibdiki, bu yerda tashqi samara (eksternal samara) mavjud. Kouz ko’rsatganki, bu muammo davlatning aralashuvisiz ikkala fermerning kelishuvi asosida yechilishi mumkin.
Agar mol boquvchi ikkinchi fermerga keltirgan zarari uchun ma’suliyatini his qilsa, u ikki variantda yo’l tutishi mumkin: yo mol boquvchi yetkazgan zararini qoplaydi, yoki u ushbu yerni fermerdan ijaraga oladi (ijara haqi o’lab, agar bug’doy ekuvchi fermer ham yerni ijaraga olgan bo’lsa, unda yuqoriroq iajara haqi to’lab) pirovard natija ikkala holda ham bir xil bo’lib, ishlab chiqarish qiymatini maksimallashtirishga olib keladi. Agar yetkazilgan zarar uchun ma’suliyat sezilmasa tashqi vujudga keladi.
Transaksion xarajatlar nol bo’lganda fermerlarda o’zaro kelishish uchun iqtisodiy rag’batlantirish mavjud bo’ladi, nima uchun deganda, ikkala tomon ham o’z daromadlarining o’sishidan manfaatdor va ishlab chiqarish qiymatini maksimallashtirishdan manfaatdor. Lekin, tranaksion xarajatlar hisobga olinsa, yuqoridagiday samarali natijaga erishmasligi mumkin. Bu yerda transaksion xarajatlar, ya’ni axborot olishni qimmatligi, sud ishi xarajatlari, kelishuv xarajatlari, kelishuv bilan bog’liq yutuqdan oshib ketish mumkin. Bunga yarasha yetkazilgan zararni hisoblashda ham qiyinchiliklar tug’iladi (bittasi yetkazilgan zararni boshqa tomonga qaraganda katta baholashi mumkin). Ushbu farqlarni hisobga olib, Kouz teoremasiga daromad samarasi degan so’z kiritilgan. Bitta tomon yetkazilgan zararni ikkinchi tomonga nisbatan yuqori baholasa kelishish qiyin.
Eksperemental izlanishlar natijasi shuni ko’rsatadiki, Kouz teoremas kelishiladigan tomonlar cheklangan ikkita va uchta bo’lgandagina o’rinli. Tomonlar soni oshgan sari transaksion xarajatlar oshib boradi va ushbu xarajatlarni nolga tengligi to’g’risida faraz o’z kuchini yo’qotadi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling