Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Download 1.6 Mb.
bet52/87
Sana16.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1489892
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87
Bog'liq
Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesn

Nominal va real daromadlar. Nominal daromad – bu soliq va narxlarning o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan daromad darajasi. Real daromad – bu narxlarni va boshqa to’lovlarning o’zgarishini hisobga olgandagi daromad. Real daromadni aniqlashda umumiy daromaddan soliq va boshqa to’lovlarni ayirib, uni narxlar o’zgarishiga (inflyasiyaga) ko’ra qayta hisoblaydi.
Ish haqi – ishchi kuchidan foydalanganligi uchun to’lanadigan qiymat. Ish haqi stavkasi ham ish haqining bir turi bo’lib, ishchi kuchi mehnatidan foydalangan bir birlik vaqt uchun to’alanadigan ish haqi (bir soatlik, bir kunlik, bir oylik).
Iqtisodiy renta – cheklangan resursdan foydalangani uchun to’lanadigan narx.
Kapitalga daromad – bu foiz deyiladi. Amalda kapitalga daromad ikki xil bo’ladi. Agar kapital pul shaklida bo’lsa, pul beruvchilar ssuda foizi bo’yicha daromad oladi. Agar kapital buyumlashgan shaklda bo’lsa, u kapitalga ko’ra umumiy daromaddan ulush oladi.
Real foiz stavkasi nominal stavkadan (pulda ifodalangan stavkadan) inflyasiya darajasini ayrilganiga teng.
Tadbirkorlik daromadi – bu ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanganligi uchun tadbirkor oladigan daromad.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatlarda iqtisodiyotning noformal sektor, ya’ni yashirin iqtisodiy sektorda (rus tilida tenevaya ekonomika) yashirin daromad mavjud bo’ladi.
Yashirin daromad ham ikki xil bo’ladi. Birinchisi – pora olish (korrupsiya), giyohvand moddalar sotish, kontrabanda va boshqa soahalardan olinadigan yashirin daromad. Ikkinchisi – patentsiz va lisenziyasiz sotish faoliyati bilan shug’ullanishdan tushadigan daromad va soliq xizmatidan yashirilgan daromad.
Davlat o’zining daromad siyosatini amalga oshirishda aholini turmush darajasini ifodalovchi agregat ko’rsatkichlardan foydalanadi. Ana shunday ko’rsatkichlardan biri yalpi ichki mahsulotdir.
YaIM ni aholi jon boshiga hisoblangandagi ko’rsatkich aholini turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib, u har bir aholi jon boshiga jami ishlab chiqarilgan (bir yil davomida) mahsulotning qancha qismi to’g’ri kelishini ko’rsatadi. Lekin, bunday taqsimlanish aholi daromadining differensiallashganligini (har xil bo’lishini) ifodalaydi.
Aholining tarkibi har xil ijtimoiy qatlamlardan (ishchilar, qishloq xo’jaligidagi ishlovchilar, xizmatchilar, tadbirkorlar, o’qituvchilar, medisina xizmati xodimlari va hakazolar) iborta bo’lgani uchun ushbu guruhlardagi insonlarning daromadlari ham har xil bo’ladi. Aholi daromadining taqsimlanish dinamikasi iste’mol byudjeti orqali o’rganiladi. Iste’mol buyudjeti ham turli xil bo’lishi mumkin: o’rtacha oila byudjeti, yuqori darajada yetarli byudjet (bunga eng yuqori umumiy daromad oladigan oilalarni kiritish mumkin), minimal byudjet. Minimal byudjetli oilaga, oila a’zolarining (bir yillik yoki bir oylik) umumiy daromadlari minimal bo’lgan oilalar kiritiladi.
Jamiyatdagi barqarorlik va aholinining umumiy farovonligi ko’pincha ushbu aholi tarkibidagi o’rtacha sinfdagi aholining ulushi bilan ifodalandi deb qaraladi. O’rtacha sinfdagi aholining mamlakatni hozirgi ham siyosiy, ham iqtisodiy hayotidagi ahamiyati nihoyatda kattadir. Bozor talabini shakllantirishda, ishlab chiqarishdagi faollikni ta’minlash o’rta sinfga qarashli aholiga ko’proq bog’liq. Rivojlangan davlatlarga o’rta sinfga qarashli aholi umumiy aholinning 50 foizidan 70 foizigachasini tashkil qiladi.
Daromadlarni differensiyalashuvi (xilma-xil bo’lishi, tabaqalashuvi). Shaxsiy daromadlarning tabaqalashuvining asosida ish haqining har xil bo’lishi yotadi. Ish haqining har xil bo’lishi esa quyidagi omillarga bog’liq: shaxslar qobiliyatining har xilligi, bilim darajasi, malakasi, tajribasi, mulkning va qimmatbaho qog’ozlarning notekis taqsimlanishi, ko’chmas mulkning notekis taqsmlanishi, ya’ni jamg’armaning notekis taqsimlanishi va hakazolar.
Bulardan tashqari daromadlarning notekis taqsimlanishida omad, qimmatli axborotga ega bo’lish, tavakalchilik, shaxsiy va oilaviy munosabatlar ham ma’lum rol o’ynaydi. Ushbu omillarning ta’siri har xil, ba’zi hollarda ular daromadlarni taqsimlashga qaratilgan bo’lsa, ba’zi hollarda notekislikni kuchaytiradi.
Daromadlarning notekis taqsimlanishi darajasini, chuqurligini aniqlashda Lorens egri chizig’idan foydalaniladi. Lorens egri chizig’ni chizish uchun koordinata sistemasini chizamiz. Gorizontal o’q bo’yicha aholining yoki oilalarning foizlardagi ulushi ifolanadi. Vertikal o’q bo’yicha – daromadlar foizi ifodalanadi (13.19-rasm).
Odatda aholini besh qismga bo’ladi, ya’ni besh kvintelga. Har bir kvintelga (beshdan bir qismiga) aholining 20 foizi kiradi. Aholining qismlari koordinata o’qiga eng kam daromadga ega bo’lgan qismidan boshlab to eng ko’p daromad oladigan qismigacha bo’lgan ketma-ketlikda joylashtiriladi. Agar aholining barcha qismlari oladigan daromad bir xil bo’lsa, ya’ni daromad tekis taqsimlangan bo’lsa, u holda 20 foiz aholiga 20 foiz daromad to’g’ri keladi, 40 foiz aholiga 40 foiz daromad to’g’ri keladi va hokazo.
Progressiv, ya’ni o’sib boruvchi soliq tizimga ko’ra, aholining boy qismidan yuqoriroq foizda soliq olinsa, aholining kam daromadni qisimdan kamroq foizda soliq olinadi. Soliq to’lovlaridan tushgan daromadning bir qismi kam ta’minlangan aholini ijtimoiy himoya qilishga sarflandi. Deyarli barcha davlatlarda aholini ijtimoiy sug’urtalash va kam ta’minlanganligi aholiga yordam berish dasturlari mavjud. Ijtimoiy sug’urtalash dasturiga ko’ra nafaqaxo’rlar, aholining ishga yaroqsiz bo’lgan qismi, boquvchisini yo’qotgan oila, nogironlar ijtimoiy sug’urtalanadi. Davlatning aholini ijtmoiy himoya qilish dasturi bo’yicha ko’p bolali oilalarga yordam beriladi, oziqoovqat mahsulotlari ajratiladi va boshqa har xil imtiyozlar belgilanadi.
Davlatning daromadlarni qayta taqsimlash siyosati natijasida Lorens egri chizig’i to’g’rilanib OF chizig’i tomonga siljiydi, ya’ni Lorens egri chizig’i OAVSDF holatdan OA V S D F holatga siljiydi (13.20-rasm).
Bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat o’z a’zolariga keng va shu bilan birga teng imkoniyatlar yaratadi, lekin bu imkoniyatdan foydalanish har bir shaxsning o’ziga bog’liq.



Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling