Blackcurse


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/140
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#183983
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   140
Bog'liq
sitologiya

 

75 

suv kapillyarga quyiladi. Uni bir tomonidan muz bilan sovutiladi, ikkinchi tomonidan esa 38-40 

0



isitiladi. Bunda tufelkalar kapillyarni har ikki tomonidan kochadilar manfiy termotaksis yuz beradi 



va  24-26  temperaturaga  ega  bo’lgan  o’rta  qismiga  tuplanadi,  shu  24-26  temperaturaga  nisbatan 

musbat termotaksis yuz beradi. 

O’simliklarda  ham  yorug’lik ta’siriga javob bo’luvchi harakatni kuzatiladi. O’simliklardagi 

bunday sust harakat reaksiyalari tropizm deb ataladi. Agar tropizm yorug’lik tasiriga nisbatan yuz 

bersa fototropizm deb ataladi. O’simliklar yorug’lik ko’p tushgan tomonga kayriladi.  

Ba’zi  o’simlik  hujayralari  ta’sirlovchilarga  juda  tez  javob  reaksiyasi  ko’rsatadi.  Masalan, 

“Тegsasular”  o’simligiga  tegib  ketilsa  yoki  korong’ilikga  yo  temperatura  yuqori  bo’lgan  joyga 

quyilsa, barglari tezda guj bo’lib, sulib qoladi, ta’sir tuxtatilsa avvalgi holiga darhol qaytadi. 

Хuddi  shunday  ta’sirga  tez  javob  reaksiyasi  rosyanka  (shudring)  deb ataluvchi o’simlikda 

ham  kuzatiladi.  Bu  o’simlik  xashoratxo’r  bo’lib  uning  mayda  sezuvchi  tukchalar  joylashgan 

barglarga  kungan  xashoratga tuklardan yopishkok, shira ajraladi va xashoratni harakatlanishiga yo’l 

qo’ymaydi.  Bu  shira  fermentlarga  ega  bo’lib  xashoratni  uzlashib  ketishiga  imkon beradi. Oxirgi 

vaqtlarda  mikroskopik  tekshirishlarni  ko’rsatishicha,  snermatazoidnini  dumida,  xivchinda  va 

harakatlanayotgan  kiriklarda  submikroskopik  fibrillar  topildi.  Ularning  soni  doimo  bir  xil  ammo 

yo’g’onligi  har  xil  bo’ladi.  Normal  holda  bu  fibrillar  tutam  hosil qilib bir biri bilan mustahkam 

bog’liq  bo’ladi.  Har  xil  organizmlarning  fibrillar  soni  11  ga  teng;  9  tasi  periferiyada,  2  tasi 

markazda poylashadi. Bu son kun hujayralilar uchungina emas, balki sodda hayvonlar ba’zi o’simlik 

formalariga ham xarakterlidir. Ipchalar tutami o’zlarining asoslari bilan sitoplazmaga botgan bo’lib 

maxsus membrana bilan o’ralgan bo’ladi. 

Хivchinlar odatda 2 yoki 3 yo’nalishda to’lqinsimon harakati ta’minlaydi. 

Kipriklik  harakat  har  xil  hujayralarda  har  xil  xarakterda  bo’ladi:  moyatniksimon, 

sipralsimon, voronikasimon to’lqinsimon harakatlar bo’lishi mumkin. 

Kiprikli  harakatni  mexanizmini  tushunishga  submikroskopik  fibrillarni  mavjudligi  yordam 

beradi.  Ba’zi  ma’lumotlariga  ko’ra,  kipriklar  va  xivchinlar  muskul  hujayralari  miofibrillariga 

gomologdir. Bu ularning qisqarishining mexanizmini ham bir xil deb o’ylashga imkon beradi. 

 


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling