Blackcurse


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/140
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#183983
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140
Bog'liq
sitologiya

6.MUSKULLAR QISQARIShI 

Biologik  harakatning  turli shakllari ichida to’liqroq o’rganilgani muskullar qisqarishidir. Bu juda 

murakkab  xodisadir.  Bunda  nerv  impulsining  ta’siri,  muskul  oqsillarining  tarkibini  o’zgarishi, 

fermentativ  qanday  harakatni  ta’minlovchi reaksiyalar bilan o’xshashdir. Bu tasavvurni ko’pchilik 

tekshirishlar tasdiqlamoqda. 

 

6.1.MUSKUL QISQARIShI ENERGEТIKASI. 

Hujayraning  barcha  funksiyasi  kabi  muskul  hujayrasini  qisqarishi  uchun  ham  AТF 

parchalanishi natijasida ajraluvchi energiya kerak bo’ladi. Agar zaharlar yordamida hujayrada AТF 

sintezi tuxtatilsa hujayrada mavjud bo’lgan AТF tugaguncha muskul qisqaradi. Skelet muskullarida 

AТF ni mikdori 0,2  -0,4 %.Bu muskulni bir sekund davomida qisqarishini ta’minlaydi. Vaholanki 

hujayrada AТF doimo sintez bo’lib turgani uchun muskullar juda uzok vaqt qisqarish xususiyatiga 

ega bo’ladi (ayniksa yurak muskuli). 

Muskulda AТF ni yetarli konsentratsiyasini ushlab turishda kreatin fosfor kislotasi (KF) ni 

roli  katta.  Bu  AТF  parchalanib  ADF  hosil  bo’lganda  uni  qaytadan  AТF  ga  aylanishida  kerak 

bo’ladigan  bir  molekula  fosfor  kislotasini  beradi.  Bu  fosfokinaza  fermenti  yordamida  amalga 

oshadi. KF ni hujayradagi AТF regeneratsiyasi uchun zarur bo’lgan fosfat rezervi yoki zapasi deb 

qarash kerak.  



 



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling